So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  7 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  13 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  99 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1

Muxtor Qurbonov: “SHo'rtan”ni oldingi qaddini rostlash asosiy maqsadimiz" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “SHo'rtan”ni oldingi qaddini rostlash asosiy maqsadimiz"

O'tgan mavsum “SHo'rtan”ni kuchlilar safiga olib chiqqan Muxtor Qurbonov bu yil murabbiy sifatida elitada debyut mavsumini o'tkazadi.
Aniqrog'i bugun Qurbonov uchun rasmiy bahslar boshlanadi. “Neftchi”ga qarshi bahs oldidan g'uzorliklarning murabbiyini suhbatga tortdik.

- Mamlakatimizda navbatdagi milliy chempionat o'yinlari boshlandi. Joriy mavsumdan murabbiy sifatida nima kutyapsiz?
- O'zingizga yaxshi malumki, bu yil oliy ligada 16ta jamoa ishtirok etadi. Bu esa qiziqishni yanada oshiradi. Futbolchilar ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Raqobat kuchayishi tabiiy. Bundan tashqari xalqaro maydonlarda to'rtta jamoamiz o'ynamoqda. Albatta bu ichki chempionatimiz saviyasini oshishida xizmat qiladi. Bundan  milliy va boshqa yoshdagi terma jamoalarimiz ham yutadi.

- Jamoangizni yangi mavsumga qay tariqa tayyorlay oldim deb o'ylasiz? Umuman tarkibdan ko'ngil to'qmi?
- O'ylaymanki mavsumga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi va biz tayyormiz. Ko'zlagan maqsadga erishdik. Qishki yig'inlar chog'ida o'zimiz rejalashtirgan nazorat o'yinlari va boshqa yumushlarni to'lig'icha bajardik. Transfer jarayonida o'zi tarkibda ko'rishni istagan futbolchilarni qo'lga kirita oldik. SHuningdek safimizga yangi kelib qo'shilgan o'yinchilar bir-biri bilan huddi aka-ukadek bo'lib ketdi. Futbolda bu juda muhimdir. Boshqacha aytganda tarkib borasida ko'ngil to'q. Kurashchan jamoani shakllantiri oldik deb o'ylayman.

- Bu yil murabbiy sifatida oliy ligada debyut mavsumingizni o'tkazasiz. Bunga qanday hozirlik ko'rdingiz? Qandaydir havotir yoki xadik yo'qmi?

- O'tgan mavsum birinchi ligada bosh murabbiy bo'lib ishladim. Mana bu yil oliy ligada debyut qilishga yaqin turibman. Albatta ligalar o'rtasida farq katta. So'z bilan ifodalab bera olmaydigan qandaydir hayajon bor. Lekin hadiksirash yo'q. Negaki bu yilgi yig'ilgan tarkibimiz bilan mavsumni ko'ngildagidek o'tkazishimizga ishonaman.

- Jamoaga yaratib berilayotgan sharoitlar xususida nima deysiz?
- Klubimiz rahbari Oblayor aka Rasulovga va bosh homiyimizga bu borada butun jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etildi. Bugungi kunda aytarli muammo yo'q.

- Debyut mavsumingiz oldidan muxlislarga nima degan bo'lardingiz?
- Maqsadimiz g'uzorlik muxlislarni mazmunli o'yinlar orqali xursand qilish. O'ylamanki yigitlar buni uddasidan chiqadi. Oliy ligada grand klublar qatoriga qo'shilish va “SHo'rtan”ni oldingi qaddini rostlash asosiy maqsadlarimizdan biridir.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика