So’nggi yangiliklar

08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  0 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  7 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  5 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  232 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  8 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  3 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  14 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  22

Muxtor Qurbonov: "Sergeevning o'rniga yuguradigan futbolchini o'ynatish kerak" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Sergeevning o'rniga yuguradigan futbolchini o'ynatish kerak"

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Janubiy Koreya bilan o'ynaydi.

"Bunyodkor" stadionida kechadigan bahs soat 20:00da boshlanadi. Hozir barchamizning etiborimiz mana shu bahsga qaratilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi o'yindan so'ng jahon chempionatiga borish-bormaslik masalasi deyarli hal bo'ladi. 

Muxlislarimiz bugun faqat va faqat g'alaba kutishmoqda. SHundagina biz uchun jahon chempionati eshiklari ochiladi. Yaqin o'tmishning mohir yarim himoyachilaridan biri Muxtor Qurbonov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida bugungi o'yin oldidan o'z fikrini aytib o'tdi: 

- "Janubiy Koreya 5-10 yil oldingi jamoa emas. Ular bilan hozir bemalol o'ynasa bo'ladi. Agar Samvel Babayan oxirgi o'yin uchun tarkib tanlashda adashmasa va hadeb Sergeevga o'xshaganlarni maydonga tushiravermay, jon kuydirib yuguradiganlarni o'ynatsa natija bo'lishiga ishonaman. Bu oxirgi o'yin va oxirgi imkoniyat. Har bir futbolchi jonini berib o'ynashi shart". 

SHuningdek, Muxtor Qurbonov safarda Xitoy bilan bo'lgan bahs haqida ham fikr bildirdi: 

- "Xitoy bilan o'yinda yana tarkib tanlashda xatolik bo'ldi. Igor Sergeevning o'rniga boshqa futbolchilar ham bor edi. Masalan, Ivan Nagaevni chaqirishsa bo'lardi. Baribir bitta tarkibni hadeb o'yinga tushiravermasdan chiqmagan jondan umid deya bir-ikkita o'zgarishlarni qilib turish kerak. SHundagina umid qilsa bo'ladi". 


Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика