So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Muxtor Qurbonov: “Sayt ijodkorlarining etiboridan mamnunman” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “Sayt ijodkorlarining etiboridan mamnunman”

“SHo'rtan”ni bir yillik tanaffusdan so'ng yana kuchlilar safiga chiqishida katta hissa qo'shgan bosh murabbiy Muxtor Qurbonov “SA” talqiniga ko'ra birinchi liga bo'yicha mavsumning “Eng yaxshi murabbiyi” nominaciyasi g'olibi bo'ldi.
SHu munosabat bilan Qurbonovni suhbatga chorladik.

- Kuni-kecha o'zimga yaqin insonlar bilan suhbatlashib o'tirganimizda bir tanishim birinchi ligada “Eng yaxshi murabbiy” bo'lganimni “championat.asia” saytidan o'qib berdi. Rosti bundan juda xursand bo'ldim. Sayt ijodkorlarining etiboridan mamnunman. Har qanday murabbiyga yoqimli va shu bilan birga yanada yaxshi ishlashga turtki beradi. Fursatdan foydalanib barchalaringa katta rahmat – deya gap boshladi Muxtor Qurbonov.

- “SHo'rtan” bilan chempionlikka erishib, o'z oldingizga qo'yilgan vazifani uddaladingiz. SHu bois “Eng yaxshi murabbiy” nominaciyasida g'olib chiqishingizni qanday qabul qildingiz?

- To'g'risi, bunday bo'lishini kutmagandim.

- SHaxsan o'zingiz bu borada kimlarga ovoz bergan bo'lardingiz?
- Nematulla Qutiboev bilan Dilshod Andaev. Negaki, Andaev Muborakda akademiya tarbiyalanuvchilaridan iborat kurashchan jamoa tuza oldi. Yoshlar va o'smirlar terma jamoasiga ham “Mashal”dan ko'plab nomzodlar bor. Bu esa u erda ish to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolatdir. Qutiboevga keladigan bo'lsak, u bilan ilgari “Neftchi”da va O'zbekiston milliy terma jamoasida birga o'ynaganmiz. Qanday harakterga ega ekanligini yaxshi bilaman. Nukusdagi kamtarona sharoitlarga ega bo'lsada, Nematulla kurashchan jamoa shakllantirgani tahsinga loyiq. To'g'ri, “Orol” moddiy jihat va sharoitlar borasida u qdar maqtana olmasligi mumkin. Lekin murabbiy mahalliy o'yinchilar ishtirokida yakdil jamoa tuzdi.

- Ortda qolgan mavsum siz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi desa bo'ladi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha, “SHo'rtan”ni yana elitaga olib chiqdik. Bunda klubning barcha hoimlarini xizmati boriligini aytib o'tgan bo'lardim. Rahbariyat imkon qadar sharoitlarni yaratib berdi va biz ham o'z navbatida vazifani bajardik. Murabbiy sifatida bu ilk yutug'im bo'ldim. Nasib qilsa oliy ligada ham o'zimni ko'rsatmoqchiman. Men kabi yosh murabbiy uchun bunday yutuqlar qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

- Kelgusi rejalar qanday?
- Hozircha rahbariyat bilan yangi mavsum tayyorgarligi borasida puxta gaplashib olganimiz yo'q. Oliy ligaga chiqqanimiz munosabati bilan yaqinda bayram dasturxoni yoziladi. Unda kichik oltin medallar ham topshiriladi. SHunda so'ng rejalar borasida fikr almashamiz. Menimcha 15 dekabrdan tayyorgarlikni boshlasak kerak.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика