So’nggi yangiliklar

08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  0 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  1 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  3 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  10 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  1

Muxtor Qurbonov: "Muhim ochkolarni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Muhim ochkolarni qo'lga kiritdik"

"Mashal" - "SHo'rtan" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugungi o'yin dramatik tarzda o'tdi. Bunga hamma muxlislar guvoh bo'ldi. Birinchi bo'limda "Mashal" orqada harakat qilib birinchi gol urishdi. Biz o'yinga kelishdan oldin ham ular aynan shunday uslubni tanlashini bilgan edik. Penalti to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lganini bilmadim. Darvozabonimiz buni olib chiqdi. Keyin yigitlarni ruhi ko'tarilib , g'alabaga olib keldi. Juda ham muhim ochkolarni qo'lga kiritdik. Turnir jadvalida jamoalar zich ketmoqda. Yigitlarga rahmat aytaman. Bunday issiq ob-havoda maydonda yugurishdi. Katta mehnat qilishdi" , - deydi Muxtor Qurbonov.

"Penalti gol bo'lganida ? Bilmadim. Agar shu vaziyatda gol kiritilganda yigitlar ruhan mag'lub bo'lib qolishi mumkin edi. Xudoga shukur deyman bizga omad keldi"

"Qishgi yig'inlar davomida "Mashal" bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazdik, PFL kubogi finalida o'ynadik. Umuman olganda jamoa uslubini bilar edik. O'rta chizig'imizni zich qilib ularga erkinlik bermaslik harakat qildik. O'yin oxirida ham aynan o'rta chiziqni zich ushladik"

"Suhrob Berdiev "So'g'diyona"da o'ynagan vaqtida etakchi edi. "So'g'diyona" tarkib jihatidan bizga qaragandan kuchsiz jamoa bo'lgan edi va shu jamoaning etakchisi edi. U jamoada yaqqol u o'yinchi bilinar edi. Menimcha u jamoada o'zini yaxshi his qilmayapdi. O'ylaymanki u sekin-sekin kirishib ketishi kerak. Jamoamizda o'tgan yili o'ynagan futbolchilardan bitta qolgan. Birdan kuchli jamoa shakllantirish qiyin. Boymatov ham "Qizilqum"da lider edi bu ham xuddi shunday gap"

"Texnik nosozlik tufayli aftobusda muammo bilan keldik. Bundan tashvishda edim. G'uzorda o'yinlarni kech qo'yamiz. Futbolchilarga ham yaxshi muhit kerak"

"Futbolchilar jamoa tanlaydigan bo'lib qolgan. Ular birinchi liga jamoasi bilan o'ynasa kuchsiz o'ynaydi, kuchli klublar bilan o'ynasa kuchli o'ynaydi. Aynan mana shu o'zbek futbolining muammosidir. "Nasaf" bilan zo'r o'ynadik, "Mashal"ga qarshi unday emas. "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alaba ruhiy jihatdan bizga ijobiy tasir etdi. Umuman jamoalardan hujumchilar yo'q. Bugun Taran ham penaltidan urdi. Asosiy etiborimiz chempionatga qaratilgan. Har uch kunda maydonga chiqish bu juda og'irdir"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика