So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Muxtor Qurbonov: "Maqsadimiz "SHo'rtan"ning oldingi qaddini rostlash" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Maqsadimiz "SHo'rtan"ning oldingi qaddini rostlash"

O'tgan mavsum "SHo'rtan"ni kuchlilar safiga olib chiqqan Muxtor Qurbonov bu yil murabbiy sifatida elitada debyut mavsumini o'tkazadi.
Aniqrog'i bugun Qurbonov uchun rasmiy bahslar boshlanadi. "Neftchi"ga qarshi bahs oldidan g'uzorliklarning murabbiyini suhbatga tortdik.

- Mamlakatimizda navbatdagi milliy chempionat o'yinlari boshlandi. Joriy mavsumdan murabbiy sifatida nima kutyapsiz?
- O'zingizga yaxshi malumki, bu yil oliy ligada 16ta jamoa ishtirok etadi. Bu esa qiziqishni yanada oshiradi. Futbolchilar ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Raqobat kuchayishi tabiiy. Bundan tashqari xalqaro maydonlarda to'rtta jamoamiz o'ynamoqda. Albatta bu ichki chempionatimiz saviyasini oshishida xizmat qiladi. Bundan  milliy va boshqa yoshdagi terma jamoalarimiz ham yutadi.
 
- Jamoangizni yangi mavsumga qay tariqa tayyorlay oldim deb o'ylasiz? Umuman tarkibdan ko'ngil to'qmi?
- O'ylaymanki mavsumga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi va biz tayyormiz. Ko'zlagan maqsadga erishdik. Qishki yig'inlar chog'ida o'zimiz rejalashtirgan nazorat o'yinlari va boshqa yumushlarni to'lig'icha bajardik. Transfer jarayonida o'zi tarkibda ko'rishni istagan futbolchilarni qo'lga kirita oldik. SHuningdek safimizga yangi kelib qo'shilgan o'yinchilar bir-biri bilan huddi aka-ukadek bo'lib ketdi. Futbolda bu juda muhimdir. Boshqacha aytganda tarkib borasida ko'ngil to'q. Kurashchan jamoani shakllantiri oldik deb o'ylayman.

- Bu yil murabbiy sifatida oliy ligada debyut mavsumingizni o'tkazasiz. Bunga qanday hozirlik ko'rdingiz? Qandaydir havotir yoki xadik yo'qmi?
- O'tgan mavsum birinchi ligada bosh murabbiy bo'lib ishladim. Mana bu yil oliy ligada debyut qilishga yaqin turibman. Albatta ligalar o'rtasida farq katta. So'z bilan ifodalab bera olmaydigan qandaydir hayajon bor. Lekin hadiksirash yo'q. Negaki bu yilgi yig'ilgan tarkibimiz bilan mavsumni ko'ngildagidek o'tkazishimizga ishonaman.

- Jamoaga yaratib berilayotgan sharoitlar xususida nima deysiz?
- Klubimiz rahbari Oblayor aka Rasulovga va bosh homiyimizga bu borada butun jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etildi. Bugungi kunda aytarli muammo yo'q.

- Debyut mavsumingiz oldidan muxlislarga nima degan bo'lardingiz?
- Maqsadimiz g'uzorlik muxlislarni mazmunli o'yinlar orqali xursand qilish. O'ylamanki yigitlar buni uddasidan chiqadi. Oliy ligada grand klublar qatoriga qo'shilish va "SHo'rtan"ning oldingi qaddini rostlash asosiy maqsadlarimizdan biridir.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика