Muxtor Qurbonov: “Jamoamga barqarorlik etishmayapti"
30 okt 2015 21:23
Yangiliklar


Muxtor Qurbonov: “Jamoamga barqarorlik etishmayapti"
"Lokomotiv" - "SHo'rtan" (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Muxtor Qurbonov qatnashdi.
Avvalo “Lokomotiv”ni ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Raqib bugun bizdan ustun ekanini namoyish eta oldi. O'yinimiz o'xshamadi. Mavsum boshida o'ntalikka kirishni maqsad qilgandik. Ammo so'nggi uchrashuvlarni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapmiz. Jamoamga barqarorlik etishmayapti. Bugun futbolchilarim birinchi gol o'tkazib yuborgach o'ynashni to'xtatib qo'yishdi.
Tojiboev jarohat olgani uchun tanaffusda uni almashtirdik. SHifokorlarimiz u tizzasidan jarohat olganini aytishdi.
Natija yomonligi moliyaviy muammolarga ham bog'liq bo'lishi mumkin. Bizda kichik moliyaviy muammolar bor. SHu jihat ham futbolchilarning ruhiyatiga tasir etgan ko'rinadi, - deydi Qurbonov.
O’xshash yangiliklar
18:10
QPL. "Turon" mehmonda "Ulitau"ga mag'lub bo'ldi, mehmonlar safida uch o'zbekistonlik harakat qildi 0
22:11
QPL. "Turon" o'z uyida "Tobol"ga mag'lub bo'ldi, mezbonlar safida uch o'zbekistonlik harakat qildi 0

Fikrlar