So’nggi yangiliklar

16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  5 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10

Muxtor Qurbonov: "Hujumchilarimizga sovuqqonlik etishmayapti" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Hujumchilarimizga sovuqqonlik etishmayapti"

"Qizilqum" - "SHo'rtan" jamoalari uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugungi o'yinda bizga omad kulib boqmadi, - deya so'z boshladi Muxtor Qurbonov. - Jamoamiz uchrashuvni yomon boshlamagandi. Hisobni ochishga muvaffaq bo'lgandik. Ammo yigitlar butun o'yin davomida bir maromda harakat qila olmadilar.

Umuman olganda, uchrashuvda yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanish borasida jamoamiz azolariga sovuqqonlik etishmadi. Bugun ham Suhrob Berdiev, Laziz Ubaydullaev, Igor Taranlar bir qator golli imkoniyatlarni havoga sovurishdi. Afsuski, bu holat yangilik emas. Avvalgi o'yinlarda ham aynan hujum chizig'imizda muammolar ko'zga tashlangandi. Bu borada "Qizilqum" hujumchilariga havas qilsa bo'ladi. Bahriddin Vahobov bejizga to'purarlar bahsida etakchilik qilmayotganligini namoyish etdi. Himoyachilarimizning ishonchsiz va palapartish xatti-harakatlari yakunda natijaga salbiy tasir o'tkazdi va navbatdagi mag'lubiyatni tan oldik.

Hayot esa davom etadi. Endigina o'n birinchi tur o'yinlari ortda qoldi. Bizning zaxiramizda esa "Bunyodkor" bilan qoldirilgan uchrashuv ham bor.  Mavsumning qolgan uchrashuvlarini muvaffaqiyatli o'tkazish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz.  Bugungi  o'yinni hali tahlil qilamiz va zarur xulosalar chiqaramiz, degan umiddaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика