So’nggi yangiliklar

17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  1 17:32Про-лига. "Дўстлик" - "Олимпик Mobiuz". Асосий таркиблар маълум  0 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  9 16:44"Реал" бугун "Барселона"дан ўтиб кетиши ва навбатдаги рекордларни ўрнатиши мумкин  6 16:16ОЧЛ-2. "Насаф"нинг эҳтимолий рақиблари маълум  16 15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  1 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  7 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  11 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  7 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  13 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  9 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  8 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  12 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  12

Muxtor Qurbonov: “Har ikkala jamoa ham bir xil saviyada o'ynadi” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “Har ikkala jamoa ham bir xil saviyada o'ynadi”

Kecha bo'lib o'tgan “Qo'qon-1912” – “SHo'rtan” uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi. Uning birinchi qismida g'uzorliklar ustozi Muxtor Qurbonov ishtirok etdi.
- O'zinglarga yaxshi malum, biz muddatidan avval oliy ligaga chiqdik. Bugun Qo'qonda qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Ochig'ini aytganda, bugun g'alabaga ko'proq maydon egalari haqli edi. CHunki bu jamoa ham oliy liga yo'llanmasini rasmiylashtirish yo'lida harakat qilmoqda. Bugun mezbonlar haqli ravishda yutdi – deya gap boshladi Qurbonov.

- O'yin yaxshi o'tdi. Muxlislarga ham yoqdi deb o'ylayman. Keyingi yilda “SHo'rtan” va “Qo'qon-1912”ga omad. Nasib qilsa kelasi mavsum ham ishqibozlarimizni xursand etamiz degan umiddaman.

- Muddatidan oldin elitaga chiqqaninglar, bugungi mag'lubiyatga sabab bo'ldi deb o'ylaysizmi?
- To'g'ri savol berdingiz. Sportda xususan futbolda sal ilgarilab ketsangiz yigitlar tezlikni biroz pasaytirib yuboradi. Lekin men futbolchilarga uchrashuvdan oldin aytgandimki, stadionga ko'plab muxlislar kelishini va ular uchun mazmunli o'yin namoyish etishlarini. CHempion bo'ldik deya engil tortish ham yaramaydi. Oldimizda yana 3ta o'yin turibdi. Keyingi turda “Obod” mehmoni bo'lamiz va so'ngra ikkita o'yinni o'z maydonimizda o'tkazgan holda, chempionatni yakunlaymiz.

 - Qanday fikrdasiz, bugun “Qo'qon-1912” kuchli o'ynadimi yoki “SHo'rtan” o'z darajasida o'ynay olmadimi?

- Bugun har ikkala jamoa ham deyarli bir xil saviyada o'ynadi. “Qo'qon-1912”da ko'proq golli vaziyatlar bo'ldi. Lekin ularning ko'pidan foydalana bilishmadi. Bizda Viktor Klishin birinchi bo'limda juda chiroyli gol urdi. Raqib jamoa bilan o'tkazgan birinchi uchrashuvimizda ham ular yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Vaziyatga real baho berib aytadigan bo'lsak, “Qo'qon-1912” va “SHo'rtan”dan tashqari oliy ligaga yaqqol davogarlik qiladigan jamoa yo'q hisobi.

Futbolchilarga yaratib beriladigan sharoitlarda ham farq katta. O'zinglar yaxshi bilasizlar, birinchi ligada ko'p jamoalarda mablag' etishmovchiligi bilan bog'liq muammolar uchrab turadi. O'yinchilar saviyasi ham biznikiga nisbatan ancha pastroq. Mavsum boshida bizning jamoadan tashqari “Qo'qon-1912”, “Xorazm” oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygandi. Ayrim sabablarga ko'ra urganchliklar yarim yo'lda bu maqsaddan qaytdi. Keyin “Oq-tepa”ni ham elataga chiqish uchun kurashishi aytildi. Mana vaqt ko'rsatdi hammasini. CHempionat poyoniga etib kelayotgani sari hammasi oydinlashib bormoqda. Aslida ham shu ikki jamoa elitaga chiqishga har jihatdan haqli edi deb hisoblayman.

- “SHo'rtan” kelasi mavsum yana oliy ligada ishtirokini davom ettiradi. Homaki rejalar qanday?

- Elita yo'llanmasini rasmiylashtirganimizdan so'ng, yigitlarga qolgan 4ta o'yinda hech qanday bosimsiz o'ynab, o'zlarini ko'rsatishlarini uqtirdim. Mana shu o'yinlar orqali o'zidan ijobiy taassurot qoldirgan o'yinchilar bilan kelasi mavsumda ham hamkorligimiz davom etishini aytdim. Ayni damdagi tarkibdan 50-60 foizini saqlab qolgan xolda, kelasi yilga yana tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. Kerak bo'lsa xorijlik futbolchilarni ham sinovdan o'tkazib, tarkibga jalb etamiz. Albatta o'zgarishlar qilinadi. Lekin sir emaski, futbolchi masalasi O'zbekistonda qiyinlashib qoldi. Endi mana ko'proq yoshlar o'ynatilmoqda. Xususan “Bunyodkor”da yoshlar harakat qilmoqda. Umuman ko'p jamoalarda yoshlarni vaqti vaqti bilan maydonga tushirib o'ynatishmoqda. Biz ham yoshlar bilan bir qatorda tajribali va legioner o'yinchilar ishtirokida raqobatbardosh jamoa shakllantirishga harakat qilamiz. Sababi G'uzorda futbolni yaxshi ko'rishadi. Umuman Qashqadaryoda futbolni ardoqlashadi. Bekorga u erda oliy ligada 3ta jamoa bo'lmayapti. “Nasaf”, “Mashal” va “SHo'rtan”. 

- Sizningcha birinchi ligada qaysi mintaqa jamoalari kuchli?
- Birinchi bosqichda “G'arb” mintaqasi jamoalari bilan ham o'ynadik. Ikkinchi bosqichda esa “SHarq” vakillari bilan kuch sinashdik. Rostini aytganda, bizning mintaqamizdagi jamoalarni kuchli deb bo'lmaydi. Yirik hisobdagi g'alabalarimiz soni ko'p bo'ldi. “SHarq”da esa aksincha “Paxtakor-2”,  “Oq-tepa” va “Qo'qon-1912” bilan o'yinlarda mag'lub bo'ldik. Qolaversa “NBU-Osiyo” va “Obod”ni ham aytib o'tish kerak.

- Nima deb o'ylaysiz, birinchi ligani o'tkazish tizimi shunday qolgani maqulmi yoki 18ta jamoa qilib xuddi oliy liga singari o'tkazish foydaliroqmi?
- Ilgari 18-20ta klubdan iborat ikki davralik chempionat o'tkazilgan. Huddi oliy ligadagi kabi. Menimcha yana shunday formatda musobaqa tashkil etish kerak. Lekin bu ko'proq moddiy sharoitga bog'liq. Misol uchun Surxondaryodan jamoalar vodiyga kelib ketishi kerak yoki aksincha bo'ladi.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика