So’nggi yangiliklar

00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  0 23:52КЧЖ. "Сиэтл Саундерс" - ПСЖ, "Атлетико" - "Ботафого"  1 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  2 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  71 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  35 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  4

Muxlislarsiz futbol bir tiyinga qimmat Yangiliklar

Muxlislarsiz futbol bir tiyinga qimmat

Kecha "Liverpul" o'z uyida "Sanderlend"ni qabul qildi.

Qizillar o'yinni o'z ustozisiz boshlashdi. Uchrashuvdan oldin "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp o'zini yomon his qildi va u appendicit bo'lgani aniqlandi. Maydonga bosh murabbiysiz chiqqan Mersisayd klubi o'z muxlislari qo'llab-quvvatlashi bilan ajoyib o'yin o'tkazayotgan edi. Avvaliga biroz qiyinchilikka uchragan mezbonlar, ikkinchi bo'limda hisobni ochishdi. So'nggi bahslarda "Liverpul" ishqibozlarining yoqimtoyiga aylanib borayotgan Roberto Firmino Jeyms Milnerning to'p oshirishini golga aylantirdi.


10 daqiqa o'tib yana o'sha braziliyalik Firminoning say harakatlari bilan hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. "Xoffenxaym" sobiq yarim himoyachisi jarima maydonchasi ichida to'pni Lallanaga shunchalik qulay etkazib berdiki, Adam uni darvozaga burib yuborsa bo'ldi edi. Lallana bu ishni epladi. 


Hammasi joyida edi, ammo 77-daqiqada...


Bir necha kun oldin "Liverpul" muxlislari jamoaning kelasi mavsumdagi uchrashuv chiptalari 59 funtdan 77 funtga oshirilishidan norozi bo'lgan. SHu sabab, mersisayd ishqibozlari klub tarixida ilk bor namoyish o'tkazishga qaror qilgan edi. Bu oddiy namoyish bo'lmagan, muxlislar o'yinnig 77-daqiqasida "Enfild" stadioninin tark etishga kelishib olishdi va shunday bo'ldi ham.

76-daqiqada hisob 2:0 edi. Keyingi daqiqa boshlanishi bilan stadiondagi ko'plab muxlislar norozilik kayfiyatida xushtak chalishdi va asta-sekin tribunalar o'z egasidan ayrila boshaldi. Turli bannerlar, xushtakbozlik, so'kinishlar... 


"Liverpul" muxlislari hech qachon o'z sevimlilarini bunchalik oson tashlab ketmagan, xatto jamoa yirik hisobda mag'lub bo'layotgan paytda ham futbolchilarni bor ovozlari, qarsaklari bilan qo'llab turishgan. Bo'shab qolayotgan stadionni ko'rgan futbolchilarning kayfiyati ham tushib ketdi. So'nggi uchrashuvlarda birorta aniq zarbani bartaraf eta olmagan Minole bu safar ham o'z jamoasini qutqarib qola olmadi. Adam Jonson 82-daqiqada hisobni qisqartirdi.


Bahsning asosiy vaqti yakunlanishiga bir daqiqa qolganda Jermeyn Defo "qizillar"ga "tarsaki tushirdi" va hisob tenglashdi. Ehtirosli murabbiy va engilmas muxlislarisiz qolgan "Liverpul" hech narsa qila olmadi. O'yinda durang qayd etildi.

"Liverpul" rahbariyati bu muammoni hal qiladi degan umiddamiz, chunki ushbu klub muxlislariga butun dunyo havas bilan qaraydi. Muxlis mijoz emas-ku!


Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика