Muxlislarni qaytar oliy liga
03 fev 2017 17:43
Yangiliklar
Muxlislarni qaytar oliy liga
2016 yilgi chempionatimiz ayrim muxlislar uchun qiziqarli tuyilgan bo'lsa yana kimlardir uchun oddiy holdek ko'rindi. Hammasidan ham OAVning va O'zbekistondagi butun futbol muxlislarini Buxoroning “Buxoro” jamoasi xayratga soldi. Sababi, “Buxoro”ning o'yinlariga muxlislarning tashrifi eng kami 17 500 dan oshsa oshdiki lekin kamaymadi. O'tgan mavsumdagi chempionatimizda “Buxoro” jamoasining “Nasaf” bilan bo'lgan uchrashuvi barchani hayron qoldirdi. “Buxoro” markaziy stadioni 22 700 o'rindiqli bo'lsada, “Nasaf”ga qarshi uchrashuvni tomosha qilish uchun 24 104 muxlis stadionga tashrif buyurdi.
Bu 2016 yilgi chempionatimiz uchun rekord natija hisoblanadi. Endi esa o'tgan yilgi chempionatimizda eng kam muxlis qaysi uchrashuvlarga tashrif buyurganiga nazar solaylik. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, 17-turdan o'rin olgan “Bunyodkor”-“So'g'diyona” qarama-qarshiligida stadionga 515 tomoshabin tashrif buyurgan. “Metallurg”-“Neftchi” uchrashuviga 512, “Lokomotiv”-“So'g'diyona” 511, “Bunyodkor”-“Lokomotiv” 507, “Bunyodkor”-“Navbahor” 507, “Obod”-“Mashal” 471, “Obod”-Navbahor” 457, “Lokomotiv”-“SHo'rtan” 381, “Lokomtiv”-“Obod” 355, “Paxtakor”-“Obod” 352, “Olmaliq”-“Bunyodkor” 318 va “Paxtakor”-“SHo'rtan” uchrashuvini 204 muxlis stadiondan turib bevosita tomosha qilgan. Bu o'tgan yilgi chempionat bahslarini tomosha qilish uchun stadionlarga eng kam tashrif buyurgan muxlislar soni. Bundan ko'rinib turibdiki, xattoki markaziy o'yinlarga ham ko'pi bilan 500 nafar muxlis stadionga tashrif buyurgan. 500 nafar ishqibozning yarmidan ko'pi jamoalarning muxlislar klubi hisoblanadi.
Demak, o'tgan yilgi chempionat bahslari ko'pchilikda unchalik qiziqish xosil qilmagan ekanda? Bunga nima yoki kim sabab bo'lmoqda? Xo'sh, muxlislarni stadionlarga qaytarish uchun klublarimizdan yoki futbol mutasaddilaridan nimalar talab qilinadi? Televidenieku 1-2 ta uchrashuvlarni hisobga olmaganda qolgan o'yinlarni tungi soatlarda yozib olingan holda efirga uzatdi. Bu vaqtda hamma shirin uyquda bo'ladi. Ko'pchilik futbol muxlislari chempionat o'yinlarida kim bilan kim bahs olib borishini bilmaydiku qaysi stadionda qaysi vaqtda o'yin boshlanishini qaerdan ham bilsin. Yaxshiyamki biz hozir internet asrida yashayapmiz. Yaxshiyamki internet jurnalistikasida faoliyat yuritayotgan OAV vakillari bor. Ko'pchilik futbolga qiziqadigan yurtdoshlarimiz uyali aloqasidan internetdagi futbol saytlariga kirib u erdan bemalol qaysi o'yin qaerda va qachon bo'lishini bilib olishadin. Agarda shunday bo'lsa klublarning marketing bo'limini nima keragi bor? To'g'ri, marketing bo'limi harakat qilayotgandir, lekin natijasi qani? Bularning say-harakati 500 kishilik ishqibozlar uchunmi? Muxlislarni stadionlarga qaytarish uchun avvalambor klublar marketingida ishlayotganlar faol bo'lishi kerak. Faqat stadion atrofiga o'zlarining o'yinlari qachon bo'lishi to'g'risida yoki o'z klubiga tegishli rasmli banerlar qo'yish kerak emas, balki odamlar gavjum bo'lgan joylarda reklama banerlarini ilib qo'yishlari kerak nazarimda. Yoki bo'lmasam uchrashuvlar bo'lishidan 1-2 kun avval oynaijahon orqali ham reklama qilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ko'pchilik muxlislar aytishadi, “taqvim o'zgarishi va uchrashuvlar vaqti ish vaqtiga to'g'ri keladi” deb. O'tgan yili yoz oyida chempionat o'yinlari o'rtacha 17:00 ga belgilandi. shunday bo'lsada muxlislarning stadionga tashrifi sezilarli darajada oshmadi.
Yangi mavsumnining ilk rasmiy uchrashuvini Qarshining “Nasaf” jamoasi OCHLning “pley-off” o'tish bahsida Bahraynning “Al Xidd” jamoasiga qarshi bahs bilan boshlab berdi. Ushbu o'yin muxtasham “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 2888 muxlis tashrif buyurdi. Bu boshlanishi. Ichki chempionatimiz boshlangunicha yana 1 oy vaqt bor. Bu orada klublarimiz OCHL musobaqasida ishtirok etishadi. O'tgan yili oliy liganing 1-turida Namanganning “Navbahor” klubi o'z uyida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qilgandi. O'sha uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga kamida 18 000 ishqiboz tashrif buyurib o'z sevgan jamoasini qo'llab-quvvatlagandi. Har doim 1-turda mana shunday ko'rsatkich ayrim jamoalarda bo'lib turadi va chempionat yarmiga kelib qolganda o'z-o'zidan ushbu ko'rsatkich keskin darajada pasayib ketadi. Co'nggi yillarda muxlislarning stadionlarga tashrifi antirekordni qayd etmoqda. Klublarimiz tomonidan qanday qilib muxlislarni stadionlarga taklif qilish mumkin? Sovrinli lotereyalar tashkil etish kerakmi yoki boshqa yo'lini izlab ko'rish kerakmi? Nima bo'lganda ham muxlislarni stadionlarga qaytarish kerak. Buning uchun oliy ligadagi klublarning marketing bo'limlari tinmay ishlashi kerak.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar