Muxlislarni 20 yil ortga chorlaymiz: JCH-2002 qanday xotiralar bilan yodda qolgan?
13 iyu 2022 17:04
Yangiliklar
Muxlislarni 20 yil ortga chorlaymiz: JCH-2002 qanday xotiralar bilan yodda qolgan?
Bundan 20 yil muqaddam ilk bor futbol bo'yicha Jahon chempionati Osiyo qitasida tashkil qilingandi.
Musobaqaga ikkita davlat - Janubiy Koreya va Yaponiya mezbonlik qilgani yodingizda bo'lsa kerak. Ushbu mundial bo'lib o'tganiga ham 20 yil to'ldi. Albatta, JCH-2002ni ko'rganlar undagi bir nechta qiziqarli voqealar guvohi bo'lgan.
Masalan, Senegal terma jamoasining qahramonligi, Turkiyaning sensaciya qayd etib uchinchi o'rinni egallashi, Devid Bekxemning Argentinaga penaltidan urgan goli, braziliyalik "so'yloq" Ronaldoning soch turmagi, Janubiy Koreya termasining Italiya va Ispaniya bilan kechgan o'yinlarda hakamlar ko'rsatgan hunar va boshqalar.
Xo'sh, 2002 yilgi jahon chempionati Siz uchun nimasi bilan yodda qolgan? Quyida o'z xotiralaringizni yozishingiz mumkin.
Fikrlar