Muxlislarimiz "Brisben" stadioniga piyoda borishadi
14 jan 2015 10:10
Yangiliklar
Muxlislarimiz "Brisben" stadioniga piyoda borishadi
Xabaringiz bor, bir necha soatlardan so'ng Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi o'yin boshlanadi.
Ayni paytda Brisben shahrida bo'lib turgan muxlislarimiz o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rishmoqda. O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi sardori uchrashuvdan oldin Abdurahmon Fozilov saytimizga qisqa intervyu berdi.
"Xitoyga qarshi o'yin biz uchun juda muhim hisoblanadi. Xitoylik muxlislar juda ko'p bo'lishi tabiiy, lekin biz oldin aytganimdek ulardan ham yaxshiroq muxlislik qilmoqchimiz! Muxlislar bilan kelishib mehmonxonadan stadiongacha bo'lgan 3 kilometr masofani piyoda bosib o'tmoqchimiz. Stadionga qadar barchamiz barabanlarni chalib, o'yin-kulgu bilan boramiz. Nasib qilsa O'zbekiston terma jamoasi bugun xalqimizni xursand qiladi", - deydi Abdurahmon Fozilov.
Eslatib o'tamiz, Xitoy - O'zbekiston uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 19:00da (Toshkentda 14:00 bo'ladi) boshlanadi.
Narzulla Saydullaev

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar