So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  10 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Muxlislar olqishiyu duosini olgan maydondagi "Tiko" Andrey Akopyanc bugun 42 yoshga to'ldi Yangiliklar

Muxlislar olqishiyu duosini olgan maydondagi "Tiko" Andrey Akopyanc bugun 42 yoshga to'ldi

Tavallud ayyomlarini nishonlayotgan futbol ahlini hayotlaridagi unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun o'zbek futbolida yorqin iz qoldira olgan yarim himoyachilardan biri, xalqimiz orasida "Tiko" laqabi bilan mashhur bo'lgan, tezkor harakat va betakror driblingga ega futbolchi Andrey Akopnyac o'z tavallud kunini nishonlamoqda. Akop bugun 42 yoshga to'ldi. 

Andrey Akopovich Akopyanc - 1977 yil 27 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Faoliyatining ilk yillarida Toshkentning "CHilonzor" va "Istiqlol" jamoalari to'p tepgan. Andrey 1996 yili 19 yoshida "Paxtakor" klubi bilan shartnoma imzolaydi. To'rt mavsum davomida shonli klub sharafini himoya qilgan Akopyanc 1998 yilda O'zbekiston chempioni bo'lgan. Oradan bir yil o'tib esa mamlakatimizning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 

"Paxtakor"dagi yorqin o'yinlari sabab unga Rossiya klublari qiziqish bildira boshladi. Uning agentlari "Zenit", "Krilya Sovetov" klublari bilan muzokara olib borgan bo'lsa-da, yakunda yarim himoyachi "Rostselmash" (hozirgi "Rostov") jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. U 2000-2005 yillar oralig'ida rostovdonliklar safida 116 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan. Akopyanc 2006 yilgi mavsumni Rossiyaning yana bir klubi "CHernomorec" tarkibida o'tkazdi. 2007 yili yarim mavsum Belarusning "Darida" klubida o'ynagan futbolchimiz keyin Latviyaning "Daugava"siga ko'chib o'tdi. Bu jamoada u bir yil o'ynadi. SHundan so'ng yana jonajon "Paxtakor" jamoasiga qaytdi. Lekin u Toshkentda uzoq qolmadi. 2009 yilgi mavsumni Samarqandning "Dinamo"sida o'tkazgach, yana Rossiyaga yo'l oladi. U erda FNL klublari - "Nijniy Novgorod", "Luch-Energiya", "Fakel", "Ximik" safida to'p tepadi. 2014 yilda "Buxoro" jamoasi Andreyni o'z safiga qo'shib olgan. Yarim mavsum buxorolik libosida harakat qilgan Akopyanc ikkinchi davrada "Neftchi"da o'ynaydi. Aynan farg'onaliklar tarkibidagi o'yinlari bilan O'zbekistondagi faoliyatini yakunlaydi. 

SHundan so'ng Akopyanc o'zi uchun qadrli bo'lib qolgan, qaysidir manoda ikkinchi uyiga aylangan Rostov-Donga qaytdi va 2016 yilgacha Rostov viloyati chempionatining turli klublarida to'p tepdi. Aynan o'sha yili Rostov-na-Donuning "Arsenal 2005" klubida murabbiylikdagi faoliyatini boshladi. Andrey Akopyanc bugungi kunda oilasi bilan Rostovda yashayapti. Faxriylar jamoasida hamon to'p tepyapti. 

Andrey Akopyanc O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan. "Paxtakor" va terma jamoa libosidagi yorqin o'yinlari sabab u muxlislar yoqimtoyiga aylangan. Jussasi kichik, ammo maydonda juda tez harakatlangani uchun muxlislar uni "Tiko" deb chaqirishardi.      

- O'zbekiston chempionatidagi muxlislar olqishini sog'inaman. Fursatdan foydalanib, ularga sog'inchli salom yo'llayman. Hayot kutilmagan voqealarga boy. Qachonlardir O'zbekistonga qaytishim mumkinmi? Hech qachon hech qachon dema, - deydi Akopyanc. 


Biz ham muxlislar qalbida chuqur joy qoldirgan Andrey Akopyancni bugungi tug'ilgan kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Albatta, bu tilaklarga saytimiz o'quvchilari, Akopyancni sog'ingan yurtdoshlarimiz ham qo'shilishadi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика