So’nggi yangiliklar

23:20АПЛ. "Ливерпуль" - "Тоттенхэм" 4:2   0 23:15АПЛ. "Челси" - "Вест Хэм" 5:0   0 23:00"Рома" — "Ювентус". Дибала, Лукаку, Влахович ва Кьеза асосий таркибда  0 22:47Александр Стоймирович: "Таркибимизда йўқотишлар бор"  0 22:45Самвел Бабаян: "Исталган жамоа Наманганга келганида ҳимоявий услубда ўйнайди"  8 22:25АПЛ. "Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  11 22:07Гнабри "Реал" билан ўйин олдидан: "Ўйинни ўлдириш керак"  3 21:42Илёс Зейтуллаев: "Ҳозир камроқ гапириб, кўпроқ ишлашимиз керак"  10 21:23Роналду "Интер Майами"га ўтиши мумкин — журналист Абдулазиз Ал Осаими  19 20:55"Реал" ва Испания терма жамоаси собиқ бош мураббийи "Бавария"ни рад этди  0 20:27Суперлига. "Бунёдкор"нинг омадсизликлари давом этади, бу сафар "Сурхон"га имконият бой берилди  27 20:24"Атлетико" афсонаси Мадридда қоладими?  5 19:57АПЛ. "Челси" Лондон дербисида "Вест Хэм"га жавобсиз 5та гол урди  12 19:56Суперлига-2024. Бир киши кам бўлиб қолган "Локомотив" "Навбаҳор"га йирик ҳисобда ютқазди  63 18:54"Барселона" Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди, номзод сизни ҳайрон қолдиради  21

"Muxlislar "Neftchi"ning Superligaga qaytishini ko'zda yosh bilan kutdi, 2022 yil Farg'ona yili bo'ladi" - Nosir Otaqo'ziev Yangiliklar

"Muxlislar "Neftchi"ning Superligaga qaytishini ko'zda yosh bilan kutdi, 2022 yil Farg'ona yili bo'ladi" - Nosir Otaqo'ziev

Bugundan etiboran rasman joriy yilgi Superliga bahslariga start beriladi.

Neftchi

Shahzod Ubaydullayev - 89'

Superliga. 1-tur

02/03/2022, 18:30

0
:
1
Tugadi

Qo’qon-1912

45'
90'
17'  Oybek Qilichev
25'  Daniel Stoykovich
41'  Lutfulla To’rayev (Aleksandar Yeshich)
65'  Oybek Qilichev (Sirojiddin Qo'ziyev)
65'  Abbos G'ulomov (Sunnatilla Abdullazhonov)
65'  Ulug'bek Hoshimov (Marko SHarich)
78'  Izzat Abdullaev (Shahzod Ubaydullayev)
89'  Shahzod Ubaydullayev
90'  Shahzod Ubaydullayev
46'  Sanat Shixov (Sardor Azimov)
77'  Bilol Toshmirzaev (Jamshid Hasanov)
78'  Mo'min Meliev (Shahzodbek Nurmatov)
83'  Oybek Rustamov

Birinchi turning ilk kunida Farg'onada ikki azaliy raqib "Neftchi" va "Qo'qon-1912" to'qnash kelsa, ilk bor elitada ishtirok etayotgan "Olimpik" Toshkentda "Surxon"ni qabul qiladi. O'z-o'zidan malumki barchaning diqqat etibori Yaypanda bo'lib o'tadigan vodiy derbisiga qaratiladi. O'zbek futbolida o'z nomiga ega klub "Neftchi"ning uch yildan so'ng yana kuchlilar safiga qaytgani mahalliy muxlislarni xursand qilgani shubhasiz. SHu bois bugun Farg'onada haqiqiy futbol bayramini ko'rsak ajablanmaymiz. 

Albatta qura tashlangan vaqtdanoq hamma mazkur uchrashuv haqida turlicha fikrlar bildirdi, taxminlar yangradi. Biz esa mutaxassisga yuzlanishga qaror qildik. Bu borada o'z vaqtida ikki jamoada to'p tepgan, hozirda Farg'ona futbol associaciyasi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev mulohazalari bilan bo'lishdi. 

 - Bugun start oladigan mavsum murosasiz va juda qiziqarli o'tishi aniq. Har bir o'yinda jamoalar muxlislarni xursand qilish uchun harakat qiladi. Vodiy derbisiga esa ortiqcha tarif berish shart emas. Bir so'z bilan aytganda haqiqiy derbiga xos o'yin kutmoqda. 

Nosir Otaqo'ziev uchrashuv oldidan ikki jamoaning imkoniyatlarini chamalashga harakat qilib ko'rdi. Mutaxassis fikri davomida jamoalar amalga oshirgan transferlarga ham alohida to'xtaldi. 

 - Bugun birinchi tur. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Bir narsani aniq ayta olamanki, ikki jamoa bir-biriga murosasiz o'yin taklif qiladi. "Neftchi" qishda yaxshi transferlarni amalga oshirdi. O'ylaymanki, yangi qo'shilganlar o'zini oqlaydi. "Qo'qon-1912"ning yarim himoyasiga avval to'p tepgan etakchilar Quvondiq Ro'ziev, Javohir Sidiqov qaytdi. Tarkibida Murod Holmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov kabi tajribali futbolchilarni saqlab qoldi. "Neftchi" Lutfulla To'raev, Abror Ismoilov, Mirzohid G'ofurov singari ijrochilar bilan yuqori maqsadlar sari intiladi, deb o'ylayman. 

"Neftchi"ning Superligaga qaytishini futbol ommasi boshqacha kayfiyat va quvonch bilan qabul qildi, deya olamiz. Nosir Otaqo'zievning bu boradagi fikri qanday? 

- Butun Farg'ona xalqi, muxlislar ushbu voqeani 3 yil ko'zida yosh bilan kutdi. So'zsiz katta bayram bo'ladi. 2022 yil xudo xohlasa Farg'ona yili bo'ladi. Hammani Superliga starti bilan tabriklayman va omad tilayman.

Olimpik

Superliga. 1-tur

02/03/2022, 18:30

0
:
0
Tugadi

Surxon

45'
90'
46'  Temur Mamasidiqov (Bektemir Abdumannonov)
46'  Abubakrrizo Turdaliev (Muhammadqodir Hamraliyev)
58'  Farruh Muxtorov (Davron Anvarov)
74'  Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G'iyosov)
79'  Muhammadqodir Hamraliyev
23'  Baxtiyor Qosimov
55'  Boburjon Akbarov
61'  Luis Migel Kesada
64'  Nuriddin Hasanov (Miroslav Markovich)
69'  Luis Migel Kesada (Abdulaziz Yusupov)
69'  Murod Bobojonov (SHarofiddin SHobirov)

- Toshkentdagi "Olimpik" - "Surxon" uchrashuvi haqida gapiradigan bo'lsam, o'yin teng kurashlar ostida kechishi mumkin. CHunki termizliklar tarkibida tajribali futbolchilar ko'p. "Olimpik"da iqtidorli yoshlar jamlangan. Bu degani yoshlar ko'p harakatda bo'lishadi. Tajribali ijrochilar kam va aniq harakat qiladi. Bir narsani takidlashim shart, ilk turlarda kutilmagan natijalar guvohi bo'lishimiz hech gapmas.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика