So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Muxlisdan savol. Temurxo'ja Abduxoliqov: “Futbolimiz tepasiga professionallar kelgani quvonarli” Yangiliklar

Muxlisdan savol. Temurxo'ja Abduxoliqov: “Futbolimiz tepasiga professionallar kelgani quvonarli”

O'zbekiston terma jamoasi va Toshkentning “Lokomotiv” klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov allaqachon tajribali futbolchiga aylanib ulgurgan.

“Paxtakor” va "Lokomotiv" bilan O'zbekiston chempioni bo'lgan Abduxoliqov chet elda ham to'p tepib qaytdi. 2014 yil Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasi safida faoliyat olib borgan hamyurtimiz 2017-2018 yillarda Qatarning "Al Sayliya" klubida o'ynadi. Bu yilgi mavsumning ortda qolgan 16ta turida Abduxoliqov raqiblar darvozasiga jami 10ta gol urishning uddasidan chiqdi. Biz hujumchiga muxlislardan kelgan qiziqarli savollar bilan murojaat qildik.

- Temurxo'ja Abduxoliqovning hayotdagi shiori qanday?

- Qo'limdan kelganicha foyda keltirish, yaxshilik qilish agar bu qo'limdan kelmasa hech bo'lmasa zarar etkazmaslik.

- Nimaga o'zbekistonlik futbolchilar tez charchab qolishadi deb o'ylaysiz?

- Tez charchash? To'g'risi bilmayman. Bizning kamchiliklarimiz juda ko'p, biroq kamchilik barchada bor.



- Idealingizdagi eng kuchli uch hujumchi kimlar?

- Braziliyalik Ronaldoni eng kuchli markaziy hujumchi deb bilaman. Yoshlikda uning o'yinlarini ko'rib katta bo'lganman. "CHelsi" sobiq vakili Dide Drogba ham mening sevimli hujumchilarimdan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda esa Polsha terma jamoasi hamda "Bavariya" klubi to'purari Robert Levandovskining o'yinlari menga maqul kelmoqda.

- Siz o'z vaqtida Xorvatiya va Qatar chempionatlarida o'ynagansiz. Tasavvur qiling, "Lokomotiv" ushbu chempionatlarda ishtirok etganida nechanchi o'rinlarni egallagan bo'lardi?

- Hozirgi "Loko" Qatarda menimcha kuchli uchlikda bo'lardi. Xorvatiya chempionatida esa o'rtamiyonalardan biri bo'lardi. Bu shunchaki mening shaxsiy fikrim xolos.

- Xo'jalik ishlaridan qaysi biri qo'lingizdan keladi? Masalan, elektr simlarini ulash yoki santexnika ishlari?

- Ko'p narsadan xabarim bor, lekin tan olaman ko'p narsa qo'limdan kelmaydi. Futboldan boshqa hech bir hunarni bilaman deb davo qila olmayman.

- Sizni o'z hissiyotlarini jilovlay oladigan og'ir bosiq futbolchi sifatida bilamiz. Aytingchi, "Surxon" bilan Toshkentdagi o'yindan so'ng termizlik muxlislarda qilgan harakatingizni qanday izohlaysiz? Umuman olganda tarbiya futbolchi uchun qanchalik ahamiyatli deb bilasiz?

- Tarbiya oiladan boshlanadi. Tarbiya kasbidan qati nazar har bir insonga kerak. "Surxon" muxlislariga ota-onalari hayot bo'lsa sog'lik va uzoq umr tilayman, agar vafot etganlar bo'lsa oxiratlari obod bo'lsin deyman.


- Ukangiz Orifxo'ja Abduxoliqov ham futbolchi va ayni paytda "Oq-tepa" klubida o'ynamoqda. U bilan qaysi jamoada tandem bo'lib o'ynashni xohlar edingiz.

- Albatta u bilan birga maydonga tushishni istayman. U O'zbekiston milliy terma jamoasida tandem bo'lib o'ynashni orzu qilaman.

- Agar sizga Malayziya yoki futboli u qadar rivojlanmagan mamlakatdan mo'maygina daromadli taklif tushsa rozi bo'larmidingiz?

- Ayni paytda Toshkentning "Lokomotiv" klubi azosiman va bundan xursandman. SHu bois bunday taklif bo'lsa yo'q deyman.

- Yaqindagina O'FA rahbariyatida o'zgarish sodir bo'ldi. Yangi rahbariyat haqida fikringiz qanday? Ular oldin bo'lmagan nimani o'zgartirishdi deb o'ylaysiz?

- Yangi rahbariyat haqida fikrim albatta ijobiy. CHunki futbolimiz tepasiga uning atrofidagi emas uning ichidagi insonlar, professionallar kelishdi. SHunisi quvonarli hol. Eng asosiy olib kelingan narsa bu professionallik va xotirjamlik. Bu juda ham muhim.




- Oddiy inson sifatida O'zbekistonning go'zal shaharlariga borganmisiz? Masalan, Samarqand, Buxoro yoki Xivadagi tarixiy qadamjolarni ziyorat qilganmisiz? Ular sizda qanday taassurot qoldirgan?

- SHukurki ona diyorimizning bormagan viloyatim, shahrim deyarli qolmagan. Bazi shaharlarga bir necha marotaba borganman xatto. Tassurotlar esa xilma-xil va bir olam. Doimo mana shunday ulug' zotlar yurtida tug'ilib o'sganimdan faxrlanaman.

- Aytingchi futboldagi eng katta orzuingiz nima? Jahon chempionatiga chiqishdan tashqari.

- SHunga o'xshagan savolga yuqorida ham javob berdim: ukam Orifxo'ja bilan birga milliy terma jamoada tandem bo'lib o'ynash va g'alabalarni qo'lga kiritish.



- Superligada o'zingiz o'ynagan klublardan tashqari qaysi klublarni yoqtirasiz?

- Qolgan klublarga hurmat saqlagan holda uchtasini sanayman: "Bunyodkor", "Nasaf" va "Navbahor".

- Kam maosh bo'lsa ham Evropada o'ynash uchun "Xayduk"ka o'tganman degan edingiz. Xorvatiyada maoshingiz qanchalik kam bo'lgan?

- Xorvatiya menga tramplin vazifasini o'tab berishi kerak edi, lekin ayrim sabablarga bu amalga oshmadi. Biroq ushbu klubda o'ynab ko'p narsa o'rgandim, mashhur murabbiy Igor Tudor bilan birga ishladim. Moliyaviy tomoniga kelsak O'zbekistondagi eng kam ish haqqidan ko'proq edi har holda (kuladi).



- Xorvatiya klubiga o'tishdan avval uch nafar agent bilan ishlayapman ularning har biriga Evropadan klub topish shartini qo'ydim. Qay biri Evropada yaxshi jamoa topsa aynan u mening agentim bo'ladi degan edingiz. U agentlar kimlar edi va qanday jamoalarni sizga taklif qilishgan?

- To'g'risi o'shanda agentlar uch nafar emas juda ko'p edi. Xatto ko'pini tanimasdim ham.

- Bir vaqtlar intervyulardan birida xayriya fondi ochish niyatidaman degan edingiz. SHu fond ochildimi?

- Buni yaxshi eslayman, hozir ham niyat va harakat bor. Biroq katta ehtimol bilan bu fond futbolni tugatganimdan keyin ochilsa kerak.


Narzulla Saydullaev tayyorladi



"Muxlisdan savol". Eldor SHomurodov: "Mashal"ga kelganimda butsalarim bo'lmagan" 

"Muxlisdan savol". Gadoevni kim kashf qilgan: Qosimov yoki Berdiev? Futbolchi javob berdi

"Muxlisdan savol". Jaloliddin Masharipov - Onasiga sovg'a qilgan Neksiya va nimadan juda qo'rqishi haqida        

"Muxlisdan savol". Ikrom Aliboev: “Futbol men uchun hamma narsa”         

Muxlisdan savol. Rustam Ashurmatov: “O'zbek futbolchilarining reklamasini ko'paytirish kerak” 

Muxlisdan savol. Arslanmirat Amanov: "To'pga zarba berishdan avval ichimdan gol urasan degan tuyg'u o'tadi"      

Muxlisdan savol. Otabek SHukurov: “Jarohat olganimda “SHarja” uchun qanchalik qadrli ekanligimni his qildim”         

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика