So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Muxlis fikri: "Xorijlik murabbiylar tez dangasa bo'lib qoladi" Yangiliklar

Muxlis fikri: "Xorijlik murabbiylar tez dangasa bo'lib qoladi"

Saytimizga kun davomida ko'plab murojaatlar, takliflar va fikrlar kelib tushadi.

Yaqinda tanish muxlislardan biri shunday fikr bildirdi va uning fikri boshqotirishimizga sabab bo'ldi. U shunday dedi:

"O'zbekistonga chet ellik murabbiylar qancha ko'p kelsa, shuncha yaxshi. CHunki shu orqali o'zbek futboliga rang-baranglik kirib keladi. Farqi yo'q, murabbiy evropalik bo'ladimi, osiyolikmi yoki Janubiy amerikalikmi - eng muhimi baribir nimadir yangilik olib kiradi". 

"Lekin muammo shundaki, bizga keladigan chet ellik murabbiylar tez dangasa bo'lib qolishadi. Negaki bizning rahbarlar ularga talab qo'yishni bilmaydi. Talab deganda faqat yutish emas, masalan murabbiy oldiga 2-3 yillik rejalar, jamoaning keyingi taqdiri qanday bo'lishi va kelajakda qanday o'yin namoyish etishi, xullas shu kabi vazifalar". 

"Aytaylik, SHota Arveladze keldi, chempion bo'ldi, Kubokni yutdi, keyin-chi? O'zidan nimadir qoldirib ketdimi? Klub strukturasi rivojiga qanday hissa qo'shdi? Yoki bo'lmasa oldin ishlab ketgan Skolari, Ziko borasida ham shu savollarni bersa bo'ladi. Bizning rahbarlar talab qilishni bilmagani uchun eng zo'r murabbiy ham O'zbekistonga kelib dangasa bo'lib qoladi. Hatto Srechko Katanec bilan ham shu holat ro'y berishi mumkin".

CHindan ham bu kabi fikrlar kishini o'ylashga undaydi. Xo'sh, Siz qanday fikrdasiz? Rostan ham bizga kelib ishlaydigan xorijlik murabbiylar dangasa bo'lib qoladimi? Ularni futbolimizdagi ichki muhit shunga o'rgatib qo'yadimi? Nahotki murabbiyni olib kelgan rahbarlar talab qilishni bilmasa?

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика