So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

Mutolaa uchun: "Oltin tomir" yoxud Daniya klubining futbol maktabidagi o'zgacha talim tizimi Yangiliklar

Mutolaa uchun: "Oltin tomir" yoxud Daniya klubining futbol maktabidagi o'zgacha talim tizimi

Daniyaning “Midtyullann” klubi har doim innovacion o'zgarishlarga moyil bo'lgan.

Klub 1999 yilda tashkil etilgan. Ortda qolgan 21 yil mobaynida u har doim o'zini “inqilobchi” deb atagan. Daniyaliklarning selekciya masalalari bo'yicha tahlillar va intellektual ishlovlarga bo'lgan munosabatlari har doim eng yaxshilar qatorida bo'lib kelgan. 

“Oltin tomir”ni dunyoga kelishi

2019 yilda Daniyaning 3 karra chempionlari yangi futbol maktab ochib, unga o'zgacha nom berishdi - Guldminen, yani “Oltin tomir”. Talim maskani mashg'ulotlar bazasi yonida joylashgan, unda o'qish esa bepul. Maqsad – “superatletlar”ni tarbiyalash. Bu maktabda 5dan 12 yoshgacha bo'lgan naq 75 nafar o'quvchi va o'qituvchi bor. 

“Niyatimiz – jahonning eng yaxshi futbolchisini etishtirish” , - deydi “Midtyullann” bosh direktori Klaus SHtaynlyayn. 

Xo'sh, bu voqea qachon sodir etilishi mumkin?

“2035 yili sayyoramizning eng yaxshi o'yinchisi aynan shu maskandan chiqadi. Tarbiyalagan o'yinchimiz “Oltin to'p”ni qo'lga kiritib, o'z nuqtini boshlab, bizga minnatdorchilik bildirganida hammasi juda yaxshi ko'rinishga keladi. Bundan tashqari, bizning maktabimizning qoidasi, futbolchilardan ham ko'ra, insoniylikni qadrlaydiganlarni etishtirib chiqarmoqchimiz. Boyliklari bilan kambag'allarga ko'maklashadigan ijrochilarni kashf qilmoqchimiz”, - deya so'zini davom ettiradi SHtaynlyayn. 

Bosh direktorning aytishicha, klubning asosiy maqsadi faqatgina sportchilarni etishtirib bilan cheklanib qolmaydi. Aksincha, o'sib kelayotgan o'spirinni to'g'ri yo'ldan borishi uchun intiladi. Buni maktab direktori Born Xolm ham tasdiqladi. 

“Tarbiyalanuvchilarimiz bosh direktorlikka tayinlanishlari, turli tarmoqlarda o'z ishining ustasi bo'lishlarini istaymiz. SHunchaki sportchi sifatida o'sishi emas, balki insoniylikni saqlash ham muhimdir. Tarbiyamizdagilar kelajakda biz kabi mehribon bo'lishlari tarafdorimiz”,  - deydi Xolm. 

Bu akademiyami yoki shunchaki internat maktabmi?

Yuqoridagi savol ko'pchilikni o'ylantirishi tabiiy. Xo'sh, “Midtyullann” asos solgan ushbu maskan qanday ishlaydi? Nike ramzi tushirilgan libosdagi o'quvchilar ertalabki soat 7:30da kelib, nonushta qilishadi. Soat 8dan bolalar va qizlar futbol o'ynashadi. Qizlar shuningdek, sportning gandbol turini ham tanlashlari mumkin. SHundan so'ng tamaddi qilishga vaqt ajratiladi, keyin esa darslar boshlanadi. Bu erdagi bolalar matematika, ingliz tili va boshqa fanlarni o'rganishadi. Lekin talim jarayoni davlat maktablaridagidan farqlanadi. Har bir bola malumotni o'ziga xos tarzda o'zlashtiradi, har bir o'quvchiga alohida yondashiladi.

Mazkur dasturni ishlab chiqishda talim, kommunikaciya va o'qitish bo'yicha ekspert Svend Erik SHmidt klubga yordam bergan:

“Boshqalarning tajribasini o'rgansangiz, tushunasiz, muvaffaqiyat borligini sezasiz. Futbolni yaxshi ko'radigan bolalarni topib, ularga orzularini sovg'a qilish qoladi”, - deydi SHmidt. 

 Tushlikdan keyin o'quvchilar jismoniy mashg'ulotlarn bajarishadi. Qizig'i shundaki, o'quvchilardan tanlash imkoni ham mavjud. Yani - yoga, dzyudo, raqslar, gimnastika...

“Boshqa maktablardan farqli ravishda, biz har bir bolaning ko'ngliga katta etibor qaratamiz. Kimning o'yinni qanchalik yoqtirishi, malumotlarni qay yo'sin o'zlashtirayotganini ko'ramiz. Boshqa talim maskanlarida zerikarli mashg'ulotlar, bolalarga yoqmaydigan narsalarga ko'p vaqt ajratiladi. Biz esa kichkintoylarga motivaciya berishga qodir muallimlarni ishga jalb qilamiz. O'quvchilar har hafta o'zlarining yangi maqsadlarini yozishadi. Uni maydonda bajarishadimi yoki uydami, farqi yo'q. Vazifa turlicha ko'rinish olishi mumkin”...

Kunlik darslar va mashg'ulotlar soat 15:30da yakunlanadi. Bolalarning o'qish va jismoniy mashqlardan zarda bo'lmaslik choralari ham ishlab chiqilgan. SHuni hisobga olgan holda kuniga 5 soat jismoniy mashg'ulotlar o'tkaziladi. 

Klub bosh direktori Klaus SHtaynlyayn so'zlariga ko'ra, mazkur holatda motivaciya juda muhim sanaladi. SHundoqqina derazadan klub bazasi ko'rinib turarkan, bundan ortiq ilhom manbai bo'lishi mumkinmi?

“Tarbiyalanuvchilarimiz kumirlari yaqinida o'qishlarini istaymiz. O'zlari yoqtirgan o'sha futbolchi hayotda oddiy inson ekanini his qilishini, ular qayd etgan muvaffaqiyatlarni takrorlay olishiga bo'lgan ishonchi paydo bo'lishiga intilamiz”,  - dedi Klaus. 

Darvoqe, “Oltin tomir” maktabiga asos solinishiga “Milan” himoyachisi Simon Ker hamda “CHelsi” ayollar jamoasi azosi Pernille Xarder ham sababchi bo'lishganini qo'shimcha qilish joiz.

Maktab direktori Born Xolm esa kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erisha olishiga hech qachon shubha qilmasligini takidladi:

“O'ylashimcha, biz yuksak saviyadagi o'yinchilarni etishtiramiz, bu borada hammadan oldinda bo'lamiz. Erishiladigan yutuqlar akademiya uchun ham, jamoa uchun ham yaxshi. Mazkur maktabning ochilishi - klub tarixidagi eng muhim voqea. “Ikast” va “Xerning Fremada”ning birlashishi 1999 yilga to'g'ri kelgan, akademiya esa 2004 yili ochilgan. Agarda menda yoshlik vaqtimga qaytish imkoni bo'lganida, ushbu maktabda bajonidil tahsil olardim”.

Xolmning orzusi “Liverpul” akademiyasida bo'lib, ularning ish jarayonini kuzatish hisoblanadi. 

“Bu hamon chekka joy, lekin ushbu hududda top darajadagi futbolchilar etishib chiqishi mumkin. Kelajadagi asosiy orzuimiz shu, uning ro'yobga chiqishini xohlaymiz. 1999 yili Evropadagi yirik klublardan biriga aylanishni niyat qilgandik. Hozir CHempionlar Ligasida qatnashyapmiz. Uolt Disney aytganidek, “nimanidir orzu qildingmi, demak uni ro'yobga chiqara olasan”. 


Samandarbek tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика