So’nggi yangiliklar

16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  0 15:59Халқаро турнир. Хитой U-16 — Ўзбекистон U-16 ўйини учун таркиблар маълум  0 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  6 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  17 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  3 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   34 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  24 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  8

Mutolaa uchun. Nima sababdan "Bolton" Pikedan kechirim so'radi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Nima sababdan "Bolton" Pikedan kechirim so'radi?

Runidan insayd malumotlar.

Angliyada koronavirus sababli karantin davri davom etmoqda. Ayrimlar vaqtini mashg'ulotlar bilan o'tkazayotgan bir paytda Runi katta muallifga aylandi: u "The Times" nashriga "Manchester Yunayted"dagi faoliyatida bo'lgan bir muhim voqeani aytib berdi.

Runi bunga qadar Park Ji Sun "Manchester Yunayted"ga Ronaldu kabi muhim bo'lganligini aytgandi. Keyinchalik Jerar Pike nima sababdan Angliyada o'ynab keta olmaganligini tushuntirdi. Runining fikriga ko'ra, 2007 yili "Bolton"ga qarshi o'yin ispaniyalik himoyachi faoliyatida muhim ahamiyatga ega.

Gari Megson jamoasi (Sem Ellardays o'sha yilning bahor oyida ketgandi) 10-daqiqadayoq Pikening xatosidan keyin gol urgandi. Jarimadan uzatilgan to'pga Pike peshvoz chiqdi, biroq qaytarish uchun sakramadi. Natijada to'p Anelkaga kelib tushdi va osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi.

Bu gol esa uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi: tanaffusda Klattenburgga tashlanib qolgani uchun Fergyusonni ham chetlatishdi, Teves bir metrdan gol ura olmadi, Yussi Yaskelaynen barcha zarbalarni qaytardi. Pikeni 59-daqiqada almashtirishdi.

"Haligacha o'sha to'pning uchib kelishi hayolimdan o'tadi, - deb eslaydi Pike "Players’ Tribune"ga. - Nikolya Anelkani yopib turgandim, shu boisdan u to'pga tegmaydi deb o'ylagandim. Men mutlaq nohaq bo'lib chiqdim. Ortimga qarasam, dahshatli voqealar bo'lyapti. Anelka to'pni qabul qilib oldi va osonlik bilan uni to'rga yo'lladi. Agarda yosh himoyachi shunday xatolikka yo'l qo'ysa, murabbiyning ishonchidan chiqishi tabiiy holat. O'sha vaqtning o'zidayoq men murabbiy va muxlislarning ishonchini yo'qotganimni bilib bo'lgandim. Mavsum boshida ser Aleks menga kamida 25 o'yinda qatnashishimga vada bergandi, yakunda esa atigi 12 uchrashuvda o'ynadim".

Biroq Runining fikri boshqacha, gap Pikening xatosida emas, ispaniyalik futbolchi juda ham kuchsiz bo'lgan va buni ser Aleks ham bilardi.

"U juda yosh edi - "Bolton" futbolchilari uni istagancha itarishdi, yiqitishdi, tortishdi. Menimcha Fergi o'shanda Pikening jismoniy holati APLga tortmasligini tushungan".

O'zi uchun kunni omadsizga aylantirgan Pikeni Vidich almashtirdi - uni raqiblari deyarli osonlik bilan o'tayotgandi.

"Bolton"ga qarshi safar o'yinida Vidich qay tariqa tayyorlangani yodimda. O'yinga 2-3 kun qolganida u asosan mushaklariga ishlov berishni boshlagandi. SHuningdek, u bir yo'la Dide Drogbaga qarshi o'yinga ham shaylanayotgandi. Boltonga safarlar doimo og'ir kechgan: g'alaba uchun avvaliga kurashlarda g'oliblikka erishish kerakligini barcha tushunardi".

"Bolton"dagi o'yinlarni jamoaning yana bir himoyachisi yomon ko'rardi - Patris Evra. Runining aytishiga ko'ra, barchasiga Kevin Devisning o'z qanotida raqiblarini tirsagi bilan yuziga urib qarshi olishi va oyog'ini tikka tashlashi sabab bo'lgan.

Tabiiyki, Fergyusonning chetlatilishi ham Devisning qo'pol o'yini tufayli bo'lgan. Evraning aytishicha, butun bir faoliyatidan ko'ra, aynan o'sha o'yinda oyog'iga ko'proq hujum bo'lgan. Patris Evra esa maydonda Kevindan nima sababdan shunday qattiq o'ynayotganini so'raganida: "Menga umuman yoqmaysan", - deb javob bergan ekan.

"Bolton"dan keyin Pike atigi 2 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi: "Arsenal" va "Bolton"ga qarshi uy o'yinida. Ikki o'yinda ham MYU g'alabaga erishdi, ammo inglizlar ushbu g'alabalarda Pikening hissasini etirof etishmadi, chunki uning yonida Vidich va O'SHi bor edi. Katta ehtimol bilan Pike o'shanda ikkinchi imkoniyatdan ham foydalana olmadi.

***

Pike 2004 yilning yozida "Yunayted"ga o'tgandi - klubi "Barselona"ga himoyachi uchun 5 mln evrodan ko'proq pul to'ladi. Jerar Angliya klubi tarkibida 23 o'yinda qatnashdi, chempionlar kubogini qo'lga kiritdi, 2008 yilda esa u Kataloniyaga qaytdi (roppa rosa 5 mln evro evaziga) - o'zining jamoasi tarkibida u 28 sovrinni qo'lga kiritdi.

"O'sha xato mening faoliyatimni tugatgandek ko'ringandi. Menga "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi: tushunmadim, nima uchun ular, men "Yunayted"da deyarli o'ynamayapmanku. Ser Aleks bilan oldimda juda og'ir suhbat kutib turgandi, u men uchun ko'p narsalar qilgandi. Uzoq va ochiq suhbatdan keyin u meni o'z uyimga qo'yib yuborishga rozi bo'ldi".

Oldinroq aynan "Bolton" bu borada Pikedan kechirim so'ragandi.

"Bolton" Pikega: "Yunayted"dan ketib, o'tkazgan ajoyib faoliyating uchun uzr" 

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика