So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Mutolaa uchun. Messi kelajagini aniqlab oldi. U "Barselona"ga qaytmaydimi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Messi kelajagini aniqlab oldi. U "Barselona"ga qaytmaydimi?

Hozircha yo'q.


Leo va Ronaldu qarama-qarshiligining yangi epizodi bekor qilinmoqda

Lionel Messining PSJ bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Hozirdanoq argentinalik uchun faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlar muhokama qilinmoqda, ammo Leo uchun ular kerakmasdek. Jahon chempioni kamida yana bir mavsum qaerda o'ynashini aniqlab oldi.


Saudiya Arabistoni klublari Lionel Messini xarid qilishni xohladi

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" va "Al Ittihod" klublari Lionel Messini nishonga olgan. Marca'ning yozishicha, ikki jamoa ham argentinalikka bir mavsum uchun 350 million evro to'lashga tayyor, ammo ular bunda moliyaviy yordam uchun mamlakat hukumatiga murojaat qilmoqchi. SHu bilan birga, ikki klub ham hozirda FIFA sankciyalari ostida turli xil operaciyalardagi qoidabuzarliklar uchun kelasi yozgacha qadar bitimni amalga oshira olmaydi. "Mundo Deportivo" allaqachon Messiga "Al Hilol"ning qiziqishi haqida gapirdi, bu klub Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan "Al Nassr"ning asosiy raqibidir. Ularning qarama-qarshiligi mahalliy "klasiko" demakdir.



Messining ehtimoliy xaridini "Al Hilol" ijrochi direktori Fahad Al Mofarij shunday izohladi: "Bu Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolanganga o'xshaydi. Gap faqat klub va o'yinchi haqida ketmayapti. Barcha Saudiya Arabistoni jamoalari sport vazirining avvalroq aytgan so'zlaridan so'ng katta yangiliklarga tayyorlanmoqda".


Messi PSJda qoladi


Ammo kamida yaqin kelajakda Messining Ronaldu bilan qarama-qarshiligini ko'rmaymiz. Argentinaning "TyC Sport" nashri jurnalist Gaston Edulning takidlashicha, jahon chempioni PSJ bilan shartnomani 2024 yilning iyuniga (klub 2025 yilning yoziga qadar kelishuvni xohlagan bo'lsa ham) qadar uzaytirish borasida og'zaki kelishuvga erishgan. Muzokaralar yakuniy bosqichda va barchasi tezda yakunlanishi kerak. "Buni sizlarga Saudiya Arabistoni va AQSHdan bo'layotgan mish-mishlar fonida gapiryapman. Messi kelasi mavsum ham CHempionlar Ligasida o'ynamoqchi. PSJ bilan. Ammo u hali bir qarorga kelmadi [yangi shartnoma bo'yicha]", – deydi Edul o'z podkastida.

SHuningdek, jurnalist forvardning "Barselona"ga ehtimoliy qaytishi haqidagi mavzuga ham aniqlik kiritdi: "Lionel Messi ortiq hech qachon "Barselona" safida o'ynamaydi. Uning qaytishi bo'yicha muzokaralar yo'q va bo'lmagan ham".



Leoning ushbu mavsumdagi ishlari oldingisiga qaraganda ancha yaxshi ketmoqda. Hujumchi Argentina terma jamoasidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan tashqari, PSJ safida barcha musobaqalarda 20 ta (!) o'yinda 13 ta gol va 14 ta assist qayd etdi. Messi 2021/22 yilgi mavsum yangi klubga moslashishi juda ham oson bo'lgani yo'q, ammo u shunda ham Franciya chempioni, mamlakat Superkubogi sohibi bo'ldi va 34 ta o'yinda "gol+pas" tizimida "11+15" ball to'pladi. PSJ rahbariyatining 35 yoshida ham natija berayotgan forvardni saqlab qolishni xohlayotgani ajablanarli emas.


Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика