Mutolaa uchun. Janjallar, omadsizlik va ahmoqlik: Obameyang qanday qilib boshi berk ko'chaga tushib qoldi?
30 jan 2023 14:10
Yangiliklar
Mutolaa uchun. Janjallar, omadsizlik va ahmoqlik: Obameyang qanday qilib boshi berk ko'chaga tushib qoldi?
Per-Emerik faoliyati davomida ko'plab klublarda o'ynashga ulgurdi. Uning Evropadagi yo'li Franciyaning yoshlar jamoalaridan boshlandi, rostakamiga esa Dortmundning "Borussiya"si tarkibida tanildi. Hujumchi nemis klubida 5 yilni o'tkazdi. U "arilar" safida 215ta o'yinda maydonga tushib, 141ta gol va 36ta assist qayd etdi. Bu markaziy hujumchilar uchun yaxshi ko'rsatkich.
Ehtimol Obameyang "Borussiya"da ko'proq o'ynashi mumkin edi, ammo gabonlikning nemis klubidagi faoliyatini janjallar barbod qildi. Futbolchini bir necha bor intizom bilan bog'liq sabablarga ko'ra jamoa bilan mashg'ulotlardan chetlatishdi. Hujumchi yakunda "arilar" safidan ketish xohishini ochiqchasiga bayon qildi. "Borussiya"ning o'sha paytdagi sport direktori Mixael Cork bunga javoban ommaviy ravishda o'yinchini tanqid qildi. Klub uning nomaqbul hatti-harakatlariga toqat qila olmasligini bildirdi.
Obameyangning "Borussiya"dagi tarixi janjallar va "Arsenal"ga ketish bilan yakunlandi. Tomonlar shunchalik bir-birlarining jonlariga tegishdiki, mavsum o'rtasida yo'llar ayrildi. Dortmundliklar futbolchini 2018 yilning yanvarida "kanonirlar"ga 63 million evroga sotishdi. Forvard yaxshi formada bo'lgani sabab nemislar uning sotuvidan yaxshi pul ishlab olishdi. Bu APL tarixidagi qishki eng qimmat beshinchi transferdir. "To'pchilar"ni hujumchi "Borussiya"dan qanday ketgani o'ylantirmadi. Ular klub tarixidagi eng qimmat transferlardan birini amalga oshirishga qo'rqishmadi.
Obameyang tezda "Arsenal"ga moslashib ketdi. Gabonlik Premer-ligaga ilk kelganidanoq yarim mavsumdagi 13ta o'yinda 10ta to'p kiritdi. Forvard keyingi ikki mavsum "kanonirlar"ning eng yaxshi to'purari bo'lgan holda, 22tadan gol urdi. 2020/21 yilgi mavsum hujumchining samaradorligi sezilarli ravishda pasaydi. U butun mavsum davomida APLda faqatgina 10ta to'p kiritdi va jamoaning eng yaxshi to'purari maqomini Aleksandr Lyakazettga berib qo'ydi. O'yindagi muammolardan so'ng futbolchining klubdagi o'rni yomonlasha boshladi.
Obameyang 2020 yilning sentyabrida "to'pchilar" bilan shartnomasini uzaytirdi. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta gabonlikni qolishga va jamoaning etakchisi bo'lishga ko'ndirdi. Ammo, mutaxassis 2021 yilning dekabrida forvarddan sardorlik bog'ichini olib qo'ydi. Hujumchi belgilangan muddatda klub ixtiyorida bo'lmadi. Aslida, futbolchi ko'p ham kech qolmagandi, ammo Arteta baribir intizomiy choralar qo'llashga qaror qildi va uni "Sautgempton"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritmadi. Bu esa o'yinchiga yoqmadi. O'shandan buyon u va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar yomonlashaverdi.
Kelishmovchilik yo'q joydan chiqdi, ammo Arteta jamoada barcha teng ekanligini ko'rsatish uchun principlariga ko'ra ish tutdi. Obameyang esa jamoa oldida aybini tan olgan holda, uzr so'ramadi. SHu bilan barchasi yakunlandi. Forvard 2022 yilning yanvarida "Arsenal"ni erkin agent maqomida tark etdi. Bundan tashqari, "kanonirlar" shartnoma erta bekor qilingani sabab yana 7 mln funt ham to'lashdi. Hujumchi yana janjal markazida bo'ldi va yana bir klubni mavsum o'rtasida tark etdi.
Erkin agentlarga etibor qaratayotgan "Barselona" Obameyangga etibor bermay qola olmasdi. Gabonlik intizom borasidagi barcha muammolar bilan ham yuqori darajali o'yinchi bo'lib qolgandi. Forvard 2022 yilning yanvarida rasman Kataloniya klubiga o'tdi va birdan ishga kirishdi. Hujumchi "Valensiya"ga qarshi o'yinda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va xet-trik qayd etdi. Futbolchi shuningdek o'zining ilk va yagona El-klasikosida 2ta gol urdi. Obameyang 2021/22 yilgi mavsum La ligada jami 17ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va "ko'k-anorranglilar"ning ikkinchi eng yaxshi to'purari bo'ldi.
Gabonlikning "Barselona"da bo'lishi samarali, ammo uzoq bo'lmadi. Kataloniyaliklar o'tgan yozda "Bavariya"dan Robert Levandovski bilan shartnoma imzolashdi. Obameyang klub kimni birinchi o'ringa qo'yishini tushundi va zaxira o'yinchisi bo'lishni xohlamadi. Va "CHelsi" paydo bo'ldi. "Ko'klar"ning o'sha paytdagi ustozi Tomas Tuxel "Borussiya"da ishlagan futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qaror qildi. Hujumchi Londonga qaytishga qaror qildi. Forvard oldida yaxshi imkoniyatlar ochildi, sababi u nemis qo'l ostida ehtimol faoliyatidagi eng yaxshi davrini o'tkazgandir.
Obameyangga omad umuman kulib boqmadi – "CHelsi"ga o'tganidan so'ng Tuxelni bir haftadan so'ng istefoga chiqarishdi. "Ko'klar"ning hozirgi murabbiyi Grem Potter gabonlikka qandaydir daqiqalarni bermoqda, ammo unga uzoq muddatli kelajakda ishonch bildirmayapti. Londonliklar yosh o'yinchilarga etibor qaratilgan yangi loyiha qurishga kirishishdi. 33 yoshli hujumchi "aristokratlar"ning koncepciyasiga to'g'ri kelmasligidan tashqari, yomon formada bo'lib turibdi. Forvard joriy mavsum APL doirasidagi 11ta o'yinda faqatgina 1ta gol urdi.
Oldinroq, Obameyangning "Barselona"ga qaytish xohishi haqida xabarlar yangradi, ammo bu kataloniyaliklar xohlagan taqdirda ham, amalga oshirib bo'lmaydigan ish. La Liga qoidalariga ko'ra, klublar mavsum davomida bir o'yinchini ikki bor ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin emas. SHunday qilib, yulduz forvard boshi berk ko'chaga tushib qoldi. U hozirda "Arsenal" bilan Angliyada, yoki "Barselona" bilan Ispaniyada chempionlik uchun kurashishi mumkin edi. Ammo, kataloniyaliklar safida o'ynagan taqdirda, sezilarli ravishda o'yin amaliyoti qisqarishiga rozi bo'lishi kerak edi. Obameyang esa buning o'rniga hech bo'lmasa o'yinning so'nggi 15 daqiqasida maydonga tushish uchun kurashmoqda.
Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar