So’nggi yangiliklar

11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  0 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3

Mutolaa uchun. Hattoki muxlislarsiz o'tadigan APL o'yinini 300 odam stadiondan kuzatadi. Ular kimlar? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Hattoki muxlislarsiz o'tadigan APL o'yinini 300 odam stadiondan kuzatadi. Ular kimlar?

Teglar :  APL Koronavirus
Bir futbol o'yini o'tkazilishi uchun nechta odam kerak?

Ko'cha futbolidagi matchni o'tkazish uchun 22 odam etarmikin? Agarda bu APL o'yinlari bo'lsa, muxlislarsiz o'tadigan har bir o'yin uchun stadionda kamida 300 odam bo'ladi.

ESPN nashri muxlislarsiz o'tadigan APL o'yinlarida qancha odam stadionda ishlashini hisoblab chiqdi. Albatta, bu Angliya futboli, bu o'zgacha olam. Hatto CHempionship o'yinlarida kamida 150 kishi stadionda ishlaydi. Ular kimlar va nima ishlar qilishadi?

Jamoalar

Har bir jamoa o'yinga 18 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazadi, undan tashqari murabbiylar shtabi ham bor. Odatda Angliyada bosh murabbiy o'z yoniga 2 yoki 3 yordamchi oladi. SHuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy ham ishlaydi, APL klublarida esa bunday murabbiy bir nafar bo'lmaydi. "Man Siti" press-lojasida kamida 6 nafar video-tahlilchi ishlaydi va ular Gvardiolaning asosiy yordamchilari hisoblanishadi.

SHuningdek, jamoa tarkibida vrach va massajchilar bo'ladi, tabiiyki, ularning soni 4-5 nafardan ko'proq. Yana bir texnik odamni kiritamiz - ekipirovkachi (bizning til bilan aytganda administrator). Demak, bir jamoada kamida 30 nafar odam bo'ladi, ikki jamoada 60 nafar.

Hakamlar brigadasi

Bosh hakam va uning 2 yordamchisi - bu klassika. Biroq Premer-ligada "Goal Line" hamda VAR texnologiyalari ishlatiladi. Ushbu texnologiyalarning normal holatda ishlashi uchun kamida 40 kishi kerak. Ha, ular texnik personallar deyiladi. Masalan, "Goal Line" texnologiyasi ishlashi uchun darvozalar yonida 7tadan kamera ishlaydi, ularning barchasi har bir zarbani tezkorlik bilan taxlil qilib, xatolarni o'yin davomida to'g'rilab boradi. Demak, hisobimizga yana 40 kishini qo'shamiz: ana holos, raqamlar koronavirusdan zararlanayotganlar kabi tezkorlik bilan o'smoqda - bizning hisobimizda 100 nafar odam bo'ldi!

Texnik personallar

Ekipirovkachi yodingizdami? Uning ajoyib afzallik tomoni tomoni bor, u doimo jamoa yonida, yulduz murabbiy va futbolchilar bilan birga o'tiradi. U texnik ishlarni bajaradi va bunday ishni qiladiganlar kam bo'lishmaydi. Masalan, maydon sifatini to'g'rilash uchun stadionda qo'lida asbob-uskunalari bor 20dan oshiq ishchilar xizmat qilishadi, odatda televizorda reklama bo'layotgan payti ularni ko'p ko'ramiz. SHuningdek, katta guruh reklama bordlari, tablo va yoritishga javob beradi. Albatta, farroshlar, yuk tashuvchilar, haydovchilar (klub avtobuslari haydovchilari ham)siz o'yinni tasavvur qilib bo'lmaydi. Ular taxminan 50 kishini tashkil qiladi. Hisobimizda 150 kishi bo'ldi.

Extiyot bo'ling, bolalar!

Siz telekompaniyalar milliardlab foyda qiladigan futbolchilarning maydonda yugurib yurganini ko'rsatish uchun katta pul to'laydi, deb hisoblaysizmi? Hozir tushuntiramiz, futbol muxlislarsiz o'tishi mumkin, biroq bolboy va bolgerlsiz bo'lmaydi! Stadionning kattaligiga qarab har bir o'yinga 12dan 20ga qadar shunday to'p olib kelib beruvchilar o'yinga olib kelinadi. 170!

Mamuriyat

Albatta, APL o'yinlarini Premer-liganing maxsus vakillari va klublarning rasmiy shahslarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Agarda qarshi bo'lmasangiz, 10 kishini qo'shamiz - 180!

Ayrim xizmatchilar

Dunyo futboli reglamentiga ko'ra, futbol o'yinini qabul qilayotgan tomon 4 nafar shifokor va 2 tez tibbiy yordam mashinasini olib kelishi kerak. Muxlislarsiz o'tsa ham, stadionning xavfsizligiga 25dan oshiq tartib posbonlari ishlashadi. +30=210

Televideniedagilar

Telekompaniyalarsiz futbolni tasavvur qilishning iloji yo'q, ular ushbu o'yinni olib ko'rsatish uchun katta summa to'lashgan. ESPN nashrining yozishicha APLning bir markaziy o'yinida kamida 120 nafar teleuzatuvchi ishlaydi. Masalan, "Etixad" stadioniga doimiy ravishda 38ta kamera joylashtiriladi.

Keling hisoblab olamiz: operatorlar, texniklar, rejisserlar, efirchilar, elektriklar va haydovchilar, reporterlar va ekspertlar. Biroq o'rtacha hisoblaydigan bo'lsak, bu raqam 90ni tashkil qiladi. Ux, biz 300lik dovondan o'tib ketdik.

Ha, maydondagi 22 nafar milliarderning o'yinini yoritgani shunday katta guruh ishlaydi va stadionda mehnat qiladi. Umid qilamizki, APL to'xtab qolmaydi!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика