So’nggi yangiliklar

21:23Про лига. "Қўқон-1912" ва "Машъал"да ғалаба. "Бухоро" "Арал" билан дуранг ўйнади  0 21:14"Милан" АПЛда фаолият олиб бораётган мураббийни олиб келмоқчи, аммо...  1 20:30U-23 Осиё кубоги. ФИНАЛ. Ўзбекистон — Япония 0:0 (матнли трансляция)  86 20:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг чигил ёзди машқларидан ГАЛЕРЕЯ  2 19:54"Боруссия Дортмунд" мавсум охирида Ройс кетишини эълон қилди  4 19:42Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг стадионга етиб келишидан эксклюзив кадрлар!  5 19:20"Реал" "Ривер Плейт" билан Мастантуоно бўйича алоқага чиқди  2 19:07U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 термасининг Японияга қарши таркиби маълум  28 18:56Ўзбекистон ва Япония олимпия терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи. "Самурай"лар бизни мағлуб эта олишмаган  1 18:40Жассим бин Ҳамад номидаги стадион кийиниш хонасидан эксклюзив суратлар!  1 18:35Про лига. 10 киши қолган "Олимпик MobiUZ" 90+3 ва 90+6-дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  6 18:24U-23 Осиё кубоги. Финални икки киши шарҳлайди  36 18:17МЮ "Кристал Пэлас" вингери учун курашда етакчилик қилмоқда  0 17:40"Реал" хавбеки Испания чемпионатининг навбатдаги ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  1 17:00"Милан" Жирудан кейин яна бир футболчисини текинга қўлдан чиқариши мумкин  1

Mutolaa uchun. Buni Kalcho deydilar va u bizning qo'limizdan o'tadi Yangiliklar

Mutolaa uchun. Buni Kalcho deydilar va u bizning qo'limizdan o'tadi

Bu voqea birgina o'yin qanday qilib nafaqat sening, balki farzandlaring hamda nabiralaringning ham taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkinligi haqida.

Biz Kalcho sulolalarini nazarda tutyapmiz, bunda birinchi bo'lib, ko'pchilikning xayoliga Maccola, Keza va Maldini familiyalari keladi. Biroq men sizga aytib bermoqchi bo'lgan sulola tarixi ularnikidanda uzoqroq davom etgan. Bu oila vakillari futbolchi emas, ammo ular 1945 yildan buyon "Inter" qanday g'alabaga erishgan bo'lsa, qanday sovrin yutgan bo'lsa barchasida ularning "qo'li bor". Ha, adashmadim, aynan qo'li bor.

Gap fizioterapevt va massajchilar sulolasi Dellakasa oilasi haqida ketmoqda.

1908 yil tavallud topgan Bartolomeo Dellakasa ko'plab sohalarda, ish joylarida o'zini sinab ko'radi. Kazinodan tortib, havaskor bokschilar musobaqalaridagi shifokorlikkacha. Bu holat 1945 yilgacha davom etgan. Aynan o'sha tarixiy yilda Bartolomeo Streza shahridagi sanatoriyada, u erda qaxramonimiz massajchi bo'lib ishlardi, Milanning "Inter" klubining o'sha paytdagi prezidenti - Karlo Masseronini uchratadi. SHu tariqa qora-ko'k Dellakasa fiziterapevtlar sulolasi boshlandi.

Bartolomeo afsonaviy Elenio Errera bilan elkama-elka ishlash baxtiga muvaffaq bo'ldi. Elenio nafaqat taktik jihatdan o'ta kuchliligi balki, qattiqqo'lligi bilan ham nom chiqargandi: Dellakasa qatiy dietadan qiynalib qolgan futbolchilarning vaqti-vaqti bilan "mehmon qilib" turardi. Misol uchun, Fakketti yig'inlarda, Bartolomeo istiqomat qiluvchi xona doimo dori xidi bilan emas, proshutto (italyancha mashhur dudlangan go'sht) va shirinliklar isi bo'lardi. Oxir-oqibat Errera bunga chiday olmaydi va Bartolomeoga: "Men hammasini bilaman, lekin senga to'liq ishonaman", — deydi.

Keyinroq Bartolomeoning o'g'li ham shtab azosiga aylanadi, yosh Jankarlo uchun Erreradek inson bilan birga ishlash naqadar katta voqea ekanligini so'z bilan ifodalab berish qiyin. Jankarlo qiziq bir voqeani xotirlaydi: o'shanda "Grande Inter" "Sehrgar" (Errera Elenio) qo'l ostida ancha kuchsiz "Vichenca"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'layotgandi. Errera yosh shifokordan Guarneri o'rniga tushishga Burnichni tayyorlashni so'raydi. O'yinchi almashtirish vaqti kelganda futbolchilar bunga shunchaki etibor berishmaydi. Jahl otiga mingan Errera Jankarloga yana bir bor futbolchi almashtirish haqida ishora berishni aytadi, ammo futbolchilar ochiqchasiga buni etiborsiz qoldirishadi. Bu hol 5 marta takrorlanadi. SHundan keyingina jamoa sardori Armando Pikki "Sehrgarga" qarata: "Sen va seni bu erga taklif qilgan odam bilan yurtinga qaytib ket, yo'qol", — deydi. Errera karaxt holatga tushib qoladi, chunki unga hech kim va hech qachon ovozini balandlatib gapirmagandi. "Inter" o'sha uchrashuvni 2:1 hisobida yutadi, Pikki o'yindan keyin yosh shifokorni qo'llab, u hammasini to'g'ri qilganini aytadi.


"Inter" bilan muvaffaqiyatlardan tashqari Jankarlo Italiya termasi tarkibida Jahon CHempionati-1982 oltin medallarini qo'lga kiritgani bilan maqtana oladi. Skuadra Adzurra shtabiga uni afsonaviy "neradzurrilar"ning sobiq vakili Enco Bearzot taklif qiladi. Nomdor GFR (Germaniya Federativ Respublikasi)ga qarshi finalda mundial kashfiyotlaridan biri 17 yoshli Beppe Bergomi kimsan Kalle Rummenigge (o'sha vaqtda "Oltin to'p"ning amaldagi ikki karra sohibi)ga qarshi personal o'ynashi kerak edi. O'sha hal qiluvchi bahsdan oldin "Inter"ning bo'lajak sardori Jankarloning xonasiga keladi. O'shanda Dellakasa Beppega shunday deydi: "Sen emas, Rummenigge sen haqingda o'ylab, tashvishga tushishi kerak". Finalda Kalle gol urolmadi, qo'shimchasiga 70-daqiqada zaxiraga olindi. Oradan ikki yil o'tib, Rummenigge Bergomi va Dellakasaning klubdoshiga aylanadi.



90-yillarda Dellakasa sulolasining uchinchi avlodi davri keladi — Jankarloning aka-uka jiyanlari: kattasi — Massimo va kichigi — Marko. Marko hayotidagi eng qo'rqinchli sana 2000 yil 12 aprel kuni bo'lganini aytadi: "O'sha kuni bayram bo'lishi kerak edi, chunki barchamiz Fenomenning maydonga qaytishini kutardik. Buning o'rniga 6-daiqadayoq u maydonga quladi... O'sha lahzada "Olimpiko"dagi hamma jim bo'lib, nafas ham olmay qoldi. Barchamiz bunda malum darajada aybdorligimizni sezib turardik.

Massimo Dellakasa ko'plab futbolchilar uchun "svoy" bo'lgan. Misol uchun, Materacci, shifokor u haqida quyidagi voqeani eslaydi: "Marko iloji boricha tezroq safga qaytishga harakat qilar, buning uchun astoydil ter to'kardi va hattoki dam olishiga ham meni birga olib ketgandi. Rojdestvo tatilini ikkalamiz mashq zalida o'tkazdik. Biroq bularning hammasi Maldiv orollarida bo'lganini ham aytib o'tishim lozim. SHunday ekan, ko'p ham nolimasam bo'ladi". 2015 yil Massimo yuragi bilan bog'liq muammo sabab shifoxonaga tushib qolganda esa Milan derbisida to'p kiritgan urgan Fredi Guarin maxsus maykani ko'rsatib, golni shifokorga bag'ishlaganini ko'z-ko'z qiladi. "O'shanda ikkinchi bor yurak xuruji bo'lishimga bir bahya qolgandi", — keyinroq xotirlaydi Massimo.

Marko esa 2009 yil yozidagi boshqa bir voqeani esga oladi, ularning xonasiga Mourino kiradi va: "U oldimizga kirdi va Valter hamda Ivan (Samuel va Kordoba)ning qachon safga qaytishi haqida so'radi, biz Jozeni har ikki futbolchi yaqin kunlarda to'liq tayyor bo'lishiga ishontirdik. O'shanda murabbiy cho'ntagidan telefonini oldi va Morattining raqamini terdi hamda dedi: "Kafolat berasizmi yoki men qo'ng'iroq qilib, yangi himoyachi sotib olish zarurligini aytaveraymi?".

Endi Jankarlo davriga, aniqrog'i 1970 yilga qaytamiz. O'shanda "byankoneri"ni Armando Pikki boshqarayotgandi. 

"Armando (Pikki) bilan juda yaqin, do'stona munosabatda edik va u Turinga ko'chib o'tgach, meni o'z shtabiga taklif qildi. Men unga taklif uchun minnatdorchilik bildirdim va rad javobini berdim. CHunki o'shanda men Bartolomeo (Jankarloning otasi) o'g'li "yuventini" bo'lgani haqida o'ylab ko'rishini ham tasavvur qilolmadim.

Canale Sforzesco uchun Dmitriy Zolotenkov matni
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика