So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  12 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

Mutolaa uchun. "Avtobus"lar "katenachcho"dan kelib chiqqani haqida bilasizmi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Avtobus"lar "katenachcho"dan kelib chiqqani haqida bilasizmi?

Bir vaqtlar biz SHarqiy Evropa klublari CHempionlar Ligasidagi o'yini va Greciya Evro-2004 finali oxirida qanday o'yin namoyish qilgani haqida bilmasdik.

Qolaversa, u aksariyat muxlislarga yoqmasligini bilardik-ku, lekin u qanday nomlanishi ko'pchilikka malum emas edi. 

Barchasi 2004 yil kuzda Mourinyu Angliyaga kelgach o'zgardi. APLning 6-turida uning jamoasi "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushdi, ammo unga qarshi oxirgi yillardagi yorqin, hujumkor o'yin namoyish etadigan jamoa emasdi. "SHporlar" himoyada berkinib oldi va "0:0" uchun o'ynadi.


O'yindan so'ng Mourinyu "yonib ketgudek" edi:

"Portugaliyada bunday hollarda "Tottenxem" darvozasi oldiga "avtobus" qo'yib oldi deyishadi. Men uchrashuv chiptasi uchun 50 funt to'lab, uchrashuvga kirgan muxlis bo'lsam, bunday o'yindan hafsalam pir bo'lib uyga qaytardim. "SHporlar" himoyalanish uchun kelishibdi. Biz gol urishni istagandik, ular esa yo'q. Biz futbol o'ynamoqchi edik, ular — yo'q. Ular to'pni shunchaki to'g'ri kelgan tomonga tepib yuborishdi va xuddi o'layotgandek yiqilishdi. Bir necha bor shifokor maydonga tushishini so'rashdi. Timote Atuba kamida 5 daqiqa yotdi, yana 5 daqiqa maydondan chiqib ketishiga ketdi. Men juda xafaman. "Tottenxem" loyiq bo'lmagan bir ochkosini qo'lga kiritdi.

O'yin so'ngida biz hamma hujumchilarni maydonga tushirdik: Kejman, Daff, Drogba, Gudonsen. Raqibingiz g'alaba qozonishni xohlayotganini bilsangiz, hech qachon bu qadar ko'p forvard bilan o'ynamaysiz. Keyingi safar biz Gallas va Smertinning o'rniga Mutu va Robbenni qaydnomaga kiritamiz. Bizga himoyachilar kerak emas ekan".

Javob ham o'zini kuttirmadi. "Tottenxem" murabbiyi Jak Santini futbolchilar mahorati va imkoniyatlar teng emasdi. SHu sabab top-klublarga qarshi himoyadan o'ynaymiz, boshqa raqiblarga qarshi bunday harakat qilmaymiz-ku. Ammo jamoatchilik uning so'zlariga unchalik etibor bermadi. 


"Avtobus" — bu taktika emas, shunchaki jon saqlash. Mourinyuning ikkinchi "CHelsi"si va Berdiev "Rubin"i shunday o'ynagan  

Keyinchalik Jozening gaplari salbiy manoda ishlatila boshlandi va himoyaviy o'yin namoyish qilgan, ko'proq vaqtini himoyada o'tkazgan har qanday jamoaga "avtobus" deb tarif bera boshlashdi. Jamoa o'zi istamay himoyalansa ham, uni ayab o'tirishmadi (Gvardiola davridagi "Barsa"ning aksariyat raqiblari buni yaxshi bilishadi). Biroq bu noto'g'ri.

Avtobus — bu shunchaki himoyaviy futbol emas, bu jon saqlash usuli. To'p chizig'idan orqadagi 10 futbolchi, 3ta kuchli himoya bloklari, to'pga tashlanish yo'q va vaqtni imkon qadar cho'zish — o'tkazib yuborilgan gollar grafasidagi "0" uchungina o'ynaladigan futbol. "Avtobus"da hammasi oddiy, unda ortiqcha narsa o'ylab topishingizning keragi yo'q. Qolgan himoyaviy taktikalardan farqi ham shunda. Ular qanchalik himoyaga asoslangan bo'lmasin, olib qo'yilgan to'pdan tezroq qutulish, duch kelgan tomonga tepib, darvozadan uzoqlashtirishnigina o'ylamaydi. 

Haqiqiy "avtobus"lar futbol tarixida u qadar ko'p bo'lmagan. To'g'ri, vaziyatdan kelib chiqib hatto, top-klublar ham bazi o'yinlarda hamda hal qiluvchi pallalarda shunday harakat qilishgan. Ammo bu to'laqonli "avtobus" hisoblanmaydi. Faqatgina "avtobus" o'ynaydigan jamoa deyarli yo'q. Sababi, bu ish berib, gol qo'yib yubormagan taqdirda ham, jamoa juda ko'p duranglari bilan baribir chempionatni tark etadi (misol uchun, Greciya-2004 "avtobus"dan emas, katenachchoning o'ziga xos turidan foydalangan va faqat zarur pallalarda "avtobus"ga murojaat qilgan). SHu sababli, "avtobus" deb markaziy o'yinlarda muntazam himoyaga "yotib oladigan" jamoalarni aytsak to'g'ri bo'ladi.

2000 yillardagi "Rubin" shunday edi — kim biladi, balki o'sha jamoa hamon Messining qo'rqinchli tushlariga kirib chiqar... Olti nafar himoyachi, deyarli har bir hududda son jihatdan ustunlik, to'p oshirish uchun deyarli variant qoldirmaslik rossiyaliklarga hatto "Kamp Nou"dan ochko olib ketish imkonini bergan. "Rubin" Gvardiola qo'l ostidagi "Barselona"ni o'yin davomida 3 bor zarba berib, yutib ketgan. RPLning 2010 yilgi mavsumida 30 o'yinda 16ta gol qo'yib yuborgan.

Mourinyuning "CHelsi"ga qaytishi birinchisi kabi yorqin bo'lmadi. Londonliklar endi Evropaning eng yorqin, vertikal o'yin namoyish etadigan jamoalari qatorida bo'lishni istamadi — buning o'rniga Joze qachonlardir "Tottenxem"ni bunday ayblagan "avtobuslar"ga murojaat qildi. CHempionlar Ligasi yarim finalida Madridga kelgan Mourinyu "Atletiko"ni bir yarim soatga "Barsa"ga aylantirib qo'ydi: El CHoloning kurashuvchan yigitlari to'pga to'liq egalik qilishdi, "CHelsi" esa jarima maydonchasi oldiga 5 nafar himoyachi qo'yib, butun o'yinda 2ta zarba berib, Ispaniya poytaxtidan 0:0 hisobidagi durangni olib ketdi.


"Avtobus"lar "katenachcho" taktikasidan kelib chiqqan. U ham himoyaviy bo'lgan, ammo kuchli qarshi hujumga tayangan

Himoyaviy jamoalar o'yini "avtobus" deyilgunga qadar, bu kabi "maqtovlar" "katenachcho"ga aytilardi. Uni ham ko'pchilik xushlamasdi, lekin "avtobus"dan farqi, undan qo'rqishar edi. "Katenachcho" o'z darvozasini himoya qilishdan tashqari, kezi kelganda raqibnikiga tahdid solardi.  

Bugungi "avtobuslar" "katenachcho" tufayli yuzaga kelgan. Barchasi 1930 yillarda, avstriyalik murabbiy Karl Rappan tushida jamoasining mag'lub bo'lganini ko'radi. Uning himoyasini tezkor futbolchi "yorib o'tadi" va birorta raqib uni to'xtata olmaydi. SHundan so'ng, Rappan yangi himoyaviy taktikani ishlab chiqadi — verrou. Karl bitta yarim himoyachini olib, uning o'rniga uchala himoyachidan ham orqaroqda o'ynovchi markaziy himoyachini qo'yadi; jamoa joylashuvi 1-3-3-3 kabi ko'rinish oladi. Futbolda "tozalovchilar" paydo bo'ldi.

1940 yillar oxirlarida italiyalik Nereo Rokko 1-3-3-3 taktik sxemasini oladi va uning asosida "katenachcho"ni o'ylab topadi. 

Ko'l bo'yidagi holatdan so'ng unda shunday g'oya tug'iladi: tajribali ovchilar ikkita asosiy to'r ortidan, uchinchisini boylashdi — dastlabki ikki to'siqdan o'tgan baliq xavf ortda qoldi deb bo'shashadi va qo'shimcha to'rga ilinadi. O'ylab qarasa to'g'ri-da, raqib gol urolmasa, g'alaba qozonmaydi. Rokko shafqatsiz himoyaviy usul yaratadi. "Katenachcho" bir nechta principlar asosida paydo bo'lgan:

• bir nechta blokdan iborat chuqur himoya, deyarli barcha himoyalanishda ishtirok etadi;

• o'z yarim maydoni kuzatuvini qo'lda ushlab turish va har bir raqib bilan maksimal darajada yaqin, "qattiq" o'ynash;

• himoyachilar ortidagi "tozalovchi";

• to'pni olib qo'yilishi bilan uzun pas yordamida tezkor hujum.

Parallel ravishda bu usulni "Inter" bosh murabbiyi Elenio Errera ham rivojlantirib borardi. Uning talqinida kutilmaganda hujumda paydo bo'ladigan himoyachi bor edi. 60-yillarda "katenachcho" butun dunyoga mashhur bo'lib, tarqalib ketdi. Errera va Rokko ikki bor CHempionlar Kubogini qo'lga kiritdi. 1990 yillar boshida Fabio Kapello "katenachcho"ni yanada takomillashtirdi va tarixdagi eng sovuqqon "mashina"ni yaratdi: "Milan" 1993/94-yilgi mavsumda 34 o'yinda 36ta gol urib chempion bo'ldi. Lekin eng muhimi jamoa o'sha mavsum bor yo'g'i 15ta gol qo'yib yuborgan.

"Katenachcho" kuchsizlar uchun umid "farishtasiga" aylandi: buning uchun katta xarajatlar talab qilinmas, minimal byudjet bilan ham katta natijalarga erishish imkonini berardi. Lekin vaqt o'tishi bilan jamoalar ushbu usulning muhim jihati — qarshi hujumlar ekanligini unuta boshlashdi. Biroq himoyaga mustahkam "yotib olishni" yaxshi o'rganishdi.

"Meni uslubimni ko'chirgan aksariyat murabbiylar buni noto'g'ri bajarishdi, — noroziligini bildiradi Errera. — Ular "katenachcho"ning muhim bo'lagi, qarshi hujumlar haqida unutishdi. Ha, men "tozalovchi" bilan o'ynaganman. Lekin menda Fakketti, hujumchilardan ko'p gol urgan himoyachi, ham bor edi".

Qaysidir manoda "avtobus"lar — "katenachcho"ning omadsiz nusxasi. U taktik himoyadagi harakatlarni — bir nechta blokli chuqur himoya, deyarli barcha futbolchilarning himoyalanishda ishtirokini yaxshi o'zlashtirdi. Ammo hal qiluvchi narsani etibordan chetda qoldirdi. "Katenachcho"da hujum himoya orqali qurilardi. To'pni olib qo'ygach, jamoa bir nechta vertikal to'p oshirishi bilan oldinga "uchardi". Agar buning imkoni bo'lmasa, himoyaga yaqin hududda to'pga egalik qilish orqali, Bonuchchi usulida raqib jarima maydonchasiga uzun to'p oshirishni hozirlaydi.

Eng muhimi, "katenachcho" g'alabaga intiladi. "Avtobus"lar esa durangga rozi...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика