So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Mutolaa uchun. "Atalanta"ning muvaffaqiyat kaliti Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Atalanta"ning muvaffaqiyat kaliti

Bergamoga kuz fasli kirib kelgach, "Geviss" stadionida oxirgi o'zgarishlar amalga oshirildi.

Osib qo'yilgan olovlar, paydo bo'lgan yangi stendlar va yangicha fasad klub "uyini" yanada ochib yubordi. "Atalanta" qatorasiga ikkinchi mavsum Evropaning klublar o'rtasida eng muhim musobaqasi uchrashuvini qabul qilishga tayyorgarlik ko'rardi. 

Yangi mavsumga tayyorlanish uchun vaqt deyarli yo'q edi. Avgustda "Atalanta" PSJga "buyuk" SHupo-Moting tufayli mag'lub bo'lgan bo'lsa, oktyabrda guruh bosqichi va "Midtyulland" ustidan qozonilgan yirik g'alabaga (4:0) erishdi. Musobaqa autsayderlaridan biri ustidan qozonilgan g'alabani ham muxlislar katta sovg'adek qabul qilishdi. Sababi pandemiya davri muxlislar uchun juda og'ir o'tdi — bu erda hali ham son-sanoqsiz qabrlar va soat sayin o'sib borgan o'limlar sonini unutishmadi.

Ilk kasalliklar fevral oyida qayd etildi — o'shanda "Atalanta" muxlislar qalbini zabt etishda davom etayotgandi, to'xtash haqida esa gap-so'z yo'q edi. Italiyada virus o'choqlari esa aynan Bergamo va Lombardiya – mamlakatning shimoliy hududlari bo'ldi. COVID–19 o'z "sayrini" shu erdan boshladi va o'lim holatlari soni shu qadar tez o'sib bordiki, tasavvur qilish ham mushkul. May oyiga kelib esa faqatgina o'limlar soni 16000 oshib ketdi.

Rim papasi Ioanna XXIII shifoxonasi bosh shifokori Fabio Peccoli ham "Atalanta"ning ashaddiy muxlisi hisoblanadi — u atrofida bo'layotgan voqealardan tom manoda karaxt ahvolda qolgandi: "Bergamo farzandi bo'lgan Fabio harbiy mashinalar olib o'tayotgan tobutlar... Ularning soni shunchaki dahshat edi. Ushbu balo tufayli men ham oila azoimni yo'qotdim".

Doktor Peccoli "Atalanta" "Valensiya" ustidan g'alaba qozonganda (4:1) "San-Siro"da edi. Kalendarda 19 fevral, uchrashuvda esa taxminan 45000 muxlis to'plangandi. Ispanlar taslim etildi, bergamoliklar muxlislariga g'alaba va bir olam quvonch tortiq etishdi — muxlislar tabiiyki o'zida yo'q xursand, bir-birlarini quchoqlab, g'alaba nashidasini surardi. Xursandchilik soniyalar ichida stadion bo'ylab tarqalib ulgurdi, biroq virus undanda "chaqqonroq" harakat qilardi.

Bu holat shirin tushdan, qo'rqinchli haqiqatga aylanishi va keyinroq o'yin "biologik bomba" nomini olishini hech kim tasavvur ham qilolmasdi. Aynan o'sha bellashuv Bergamo mamlakatda epidemiya markazlaridan biri bo'lishini taminladi.

"Bu holatda men o'zimni noqulay sezyapman. Agar biz aybdor bo'lsak ham, hech birimiz buni bilmasdik, bilolmasdik ham", — xotirlaydi doktor Peccoli. – Bu chindan virusni yuqtirib olish o'chog'i edi, lekin... "Atalanta" Evropa CHempionlar Ligasida o'ynardi, qanday qilib bu o'yinni o'tkazib yuborishimiz mumkin edi?".

Nikolo Manklossi ham o'yinda edi. U yoshligidan bugungi kungacha (hozir u 30 yoshda) jamoaning birorta uy uchrashuvini o'tkazib yubormaydi. Nikolo stadionga otasi bilan birga bora boshlagan – "Atalanta"ga B Seriyada ishtirok etayotgan va ECHL pley-offi orzu bo'lgan vaqtlarda muxlislik qila boshlagan.

"Bu istalgan muxlis uchun ushalgan orzudek edi. O'n minglab muxlislar Bergamodan Milanga yo'l olishgan, bu bir mo'jiza edi", — deydi u. — Biz buning oqibatida bo'lgan ishlarni bilganimizda kech edi. Barcha narsa, hattoki, hayot to'xtab qolgandek tuyulardi". 

8 mart kuni Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte Bergamo va butun hudud to'liq yopilishi haqida elon qildi. Javob uchrashuvi bo'sh "Mestalya"da o'tdi va yakuniy 8:4 hisobi Bergamoda oxirgi kunlar bo'layotgan ishlarning butkul aksidek edi. 

O'yin yakunlangach futbolchilar shaharni qo'llab-quvvatlashlarini isboti sifatida futbolkalarini ko'rsatishdi. Unda: "Bergamo — bu sen uchun. Taslim bo'lma!" — deb yozilgandi. Ushbu voqea uzoq vaqt o'yinchilar o'z muxlislarini maydonda xursand qilishlari mumkin bo'lgan oxirgi harakat bo'lib chiqdi. Futbol ham boshqa turli sohalar kabi butkul to'xtatildi. Biroq ushbu mushkul davr klub va shahar o'rtasidagi munosabatlar qay darajada yaxshi ekanini ko'rsatib berdi.

"Atalanta" muxlisi bo'lish — bu Bergamo aholisi DNKsida bor hislat, — deydi mahalliy "Eco di Bergamo" gazetasi bosh muharriri Andrea Valezini. Qiyin davrda hech bir futbolchi shaharni tark etmadi va qiyinchiliklarga qarshi kurashda aholi bilan elkama-elka turadi".

Jamoa sardori va muxlislar yoqimtoyi Papu Gomes shifoxonalarga yordam berdi. Jumladan, futbolchi o'z hisobidan koronavirusga qarshi kurash uchun zarur tibbiy jihoz va asboblar, tibbiy niqoblar olib berdi, qolganlarni ham bu ishga jalb qilishda faol bo'ldi — bu esa tabiiyki, "Atalanta" va shahar aloqalariga ijobiy tasir ko'rsatdi. 

Klub muxlislari ham chetda qolib ketishmadi. Ular ochiq havodagi kasalxonalarni qurishda ishtirok etishdi. Natijada 200 o'rinli shifoxona 10 kunda foydalanishga topshirildi va virus yuqtirib olganlarni qabul qila boshladi. Italiya "ultrasi" u qadar yaxshi obro'-etiborga ega emasligi hech kimga sir emas. Ammo aynan ular shifoxonalar, tibbiyot xodimlarini ruhlantirishda, ertangi kunga ishonch bilan boqishda muhim rol o'ynashdi.

38 yoshli Marko Pirovano eng faol muxlislardan biri edi. U haftalab shifoxonaga, pandemiya bilan kurashayotganlar uchun egulik tashish bilan mashg'ul bo'ldi. "Men shahar uchun kerakli ishda imkonim darajasida qatnashdim. Bir-birimizga yordam berish qonimizda bor". CHindan Markoning bu so'zlari shunchaki balandparvoz gaplar emas, u hech kimga yaxshi ko'rinish uchun harakat qilmadi. 

Bergamo aholisi klubga aloqador hech bir narsani etiborsiz qoldirmaydi, ayniqsa klubning sobiq azosi va mahalliy ishbilarmon Antonio Perkassi 2010 yil ikkinchi bor klub prezidentligiga saylangach. O'shanda "Atalanta" V Seriyada to'p tepardi va iqtisodiy tomondan jiddiy muammolar girdobida qolgandi. Oradan 10 yil o'tdi va klub Italiyaning eng kuchlilari qatorida tilga olinmoqda. Endi "Atalanta" ko'hna qitaning istalgan grandiga qarshi ham qo'rqmay to'p tepa oladi.

"Biz Bergamoga ular loyiq bo'lgan "Atalanta"ni qaytarishga vada berdik. Bu oilaviy tarix", — qo'shimcha qildi prezident. Yangi lavozimga kelgan kunidan boshlab Perkassi shahar va klub o'rtasidagi aloqalar yanada yaxshilanishiga erishdi. U hatto mahalliy tug'ruqxonalarda yangi tug'ilgan chaqaloqlarga "Atalanta" futbolkalarini sovg'a qildi.

Lekin "Atalanta"ning muvaffaqiyatlarining asosiy "aybdori" murabbiy Gasperini desak mubolag'a bo'lmaydi. Tajribali mutaxassis sevimli taktikasi 3-4-3 yulduzlarsiz jamoada ham ish berishini isbotlay oldi. Murabbiy jamoani alohida shaxslardan ustun qo'ydi. Jan Pero kuchli bo'lmagan futbolchilardan kuchli jamoa shakllantirdi va mashhurroq bo'lgan raqiblar, "Roma" yoki "Milan" kabi jamoalardan barqaror o'yin ko'rsatib, kuchli to'rtlikka kirish uchun kurasha oladigan holatga olib keldi.

Bergamo ko'chalari bo'ylab sayr qilarkansiz — mahalliy aholi "Atalanta"ni juda-juda yaxshi ko'rishini anglash qiyinmas. Hammayoqda ko'k-qora bayroqlar, klub graffitilari va bannerlari.

Bu mavsum "Atalanta" A Seriyada 7 o'yinda 13 ochko to'pladi —  bu natija Italiyada kuchli oltilikka kirish uchun etarli bo'lib turibdi. CHempionlar Ligasidagi omadli debyutni "Liverpul"dan uchralgan yirik mag'lubiyat (0:5) "yuvib ketgandek bo'ldi". Biroq muxlislar o'z sevimlilariga ishonishda davom etishmoqda va yangi, yorqin g'alabalarni kutib qolishadi.

Uzoq tanaffusdan keyin qaytgan ECHL bahslari "Atalanta" va uning ishqibozlari uchun uchun o'ziga xos renessans bo'ldi. Bergamo mahalliy klub yana Evropaning eng kuchli jamoalariga qarshi maydonga tushishini uzoq kutdi. Muxlislar esa 24 minglik stadiondan bo'lmasa-da, o'z uylarida qolib, sevimli klublari o'yinlarini tomosha qilishlariga hech kim to'sqinlik qila olmaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика