So’nggi yangiliklar

11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  0 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  1 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  0 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  2 10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  9 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  5 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  1 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  2 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  4 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  33 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  34

Mutolaa uchun. "Arsenal"dan oltin tomon katta qadam: 90-daqiqadagi gol evaziga MYU ustidan yorqin g'alabaga erishildi Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Arsenal"dan oltin tomon katta qadam: 90-daqiqadagi gol evaziga MYU ustidan yorqin g'alabaga erishildi

+5 va zaxiradagi o'yin.


Ajoyib "Arsenal" "Man Yunayted"ni taslim etdi – qo'shnilar chempionlik poygasida "Siti"ga yordam berishmadi.

Mikel Arteta ushbu o'yinni eng muhimlaridan biri sifatida belgilab oldi va "Yunayted"ga alohida reja tayyorlagani aniq, sababi hozirda Erik ten Xag jamoasi alohida etiborga loyiq. Teng hisob bilan o'yin so'nggiga qadar ajoyib o'yin bo'ldi va yakunda londonliklar g'alabani ilib ketishdi.


→ VIDEO  APL. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" 3:2


Bahs "Arsenal" uchun qiyin boshlangani haqiqat. Bukayo Saka o'z yarim maydonida to'pni yo'qotdi, Tomas Parti noaniq pas berdi – Markus Reshford esa bundan foydalandi va Brunu bilan ajoyib tarzda bir-birini tushungan holda uzoqdan aniq zarba berdi. Angliyalik hozirda top-formada: JCH-2022dan so'ng deyarli barcha o'yinlarda gol urdi – bu bosqichda unda allaqachon to'qqizta gol bor.

"Arsenal" tezda hisobni tenglashtirdi, ikkinchi taym boshida esa oldinga chiqib oldi. Saka o'ng qanotdan markazga o'tgan holda, to'pni David de Xeaning uzoq burchagiga yo'lladi. Bu yosh angliyalik uchun APL doirasida MYUga qarshi ketma-ket uchinchi o'yindagi goldir, bunga qadar klubda bunday seriyaga faqatgina Freddi Yungberg va Terri Anri ega bo'lgan.



Ammo, bu etarli bo'lmadi. "Yunayted" besh daqiqadan so'ng javob qaytardi – darvozabon Aaron Remsdeyl muvaffaqiyatsiz chiqdi, 178 santimetr bo'yga ega bo'lgan argentinalik Lisandro Martines esa sakradi va boshi bilan to'p kiritdi.

Ammo, MYU etakchi bilan ehtiyotkorlik bilan harakat qilgan bo'lsa-da, durangni saqlab qola olmadi.

Eddi Nketia yakunga olti daqiqa qolganda deyarli gol urgandi, ammo De Xea fantastik seyv ijro etdi. Ammo, forvard tinchlanmadi va qo'shimcha daqiqalarda baribir maqsadiga erishdi: Martin Edegorning zarbasidan so'ng yuzaga kelgan rikoshetga oyog'ini vaqtida qo'ydi. Avvaliga Nketia ofsaydda turgandek ko'rindi, ammo stop-kadrda Van-Bissakaning yaqinroq ekani sezildi.



Hakam Entoni Teylor VAR yordamida golni hisobladi, MYU esa ikkinchi bor hisobni tenglashtirishga ulgurmadi.

"Bundan yaxshisini o'ylab topish qiyin, – deb tan oldi Arteta o'yindan so'ng. – Ajoyib o'yin, ayniqsa bizning ikkinchi taymdagi o'yinimiz. Biz tartibli va qatiyatli bo'ldik, vahimaga tushmadik va g'alabaga ishondik. Ko'p marta raqib jarima maydonchasida sovuqqonlik bilan harakat qildik, ammo to'p darvozaga kirmadi. Baxtimizga yakunda to'p darvoza ichiga kirdi. Joriy mavsumni shunday boshlaganimiz ajoyib, biz bunga o'yinimiz sabab loyiq bo'ldik. Ammo, ko'plab jabhalarda sezilarli darajada kuchayishimiz mumkin".

Aytgancha, "Arsenal"ning raqib jarima maydonchasi ichiga kirishi haqida: Opta manbasiga ko'ra, londonliklar o'yin davomida raqib jarima maydonchasida to'pga 63 bor tegishgan – bu Angliyada mavsum rekordi.


"Arsenal" taqibchisidan 5 ochkoga ilgarilab ketdi. SHuningdek, zaxira o'yini ham mavjud


Londonliklar etakchilik qilishda davom etishmoqda. Yig'ilgan ochkolar bo'yicha farq beshtani, yo'qotilganlari bo'yicha esa sakkiz ochkoni tashkil etadi, sababi jamoaning zaxira o'yini mavjud.

• "Arsenal" APLning birinchi yarmida 50 ochko jamg'argan to'rtinchi klub. Oldinlari 38talik o'yin mavsumida atigi beshta shunday holat ro'y bergan: "Man Siti" (2017/18) va "Liverpul" (2019/20) – 55 ochkodan, "CHelsi" – 52 (2005/06) va yana "Liverpul" – 51 (2018/19).



• "Arsenal" bunday natijaga APLda 13ta o'yindan beri yutqazmayotgani sabab erishdi, bu payt jamoa 11ta g'alaba va ikkita durang qayd etdi. Faqatgina mehmonda "Sautgempton" bilan durangda va uyda "Nyukasl" bilan o'yinda ochkolarni yo'qotdi.

• Londonliklarda uyda "Yunayted" bilan yoqimli statistika bor: to'rt yildan beri mag'lubiyat yo'q. O'zlariga hatto shubhali vaziyatlarda ham yutqazishni ravo ko'rishmadi, hozir esa umuman boshqa vaziyat. 2019 yilning yanvaridan va kubok doirasidagi 1:3dan so'ng to'rtta g'alaba va bitta durang.

"Arsenal"da bunday buyog'iga qiyin taqvim: avvaliga Kubokda "Man Siti" bilan o'ynash, so'ngra APLda "Everton" va "Brentford" bilan bahs – birinchidan ular ligada qolish uchun kurashishmoqda, ikkinchidan grandlardan ochko olishni yaxshi ko'rishadi. So'ngra "Siti" bilan chempionatda etakchilik uchun jang.

"Man Siti" uchun vaziyat esa hatto og'irroq: "Arsenal" bilan ikki o'yindan tashqari "Tottenxem" va "Aston Villa" bilan bahs. Xoland ajoyib formada, ammo Pep havotir olmoqda va jamoa bunday o'yin bilan Arteta bilan o'yinga qadar chempionlik poygasida qolmasligini aytmoqda.


"Arsenal" – "Manchester Yunayted" 3:2 (1:1, 2:1)

Gollar: 0:1 – 17 Reshford, 1:1 – 24 Nketia, 2:1 – 53 Saka, 2:2 – 59 Martines, 3:2 – 90 Nketia.

"Arsenal": Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 46), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Parti, Edegor (Xolding, 90), Saka, Nketia, Martinelli (Trossard, 82).

"Manchester Yunayted": De Xea, Uan-Bissaka, Varan (Garnacho, 90), Martines, SHou, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktomini, Vegorst, Reshford, Antoni (Fred, 71).

Ogohlantirishlar: Uayt (19), Arteta (33), Antoni (47), SHou (83).

Arsenal

Edward Nketiah - 24', Bukayo Saka - 53', Edward Nketiah - 90'

Premier League . 21-tur

22/01/2023, 21:30

2
:
3
Tugadi

Manchester United

Marcus Rashford - 17', Lisandro Martinez - 59'

Stadion: Emirates Stadium, 60325 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
19'  Ben White
24'  Edward Nketiah
24'  Granit Xhaka
46'  Ben White (Takehiro Tomiyasu)
53'  Bukayo Saka
53'  Takehiro Tomiyasu
82'  Gabriel Martinelli (Leandro Trossard)
90'  Edward Nketiah
90'  Martin Oedegaard (Rob Holding)
17'  Marcus Rashford
17'  Bruno Fernandes
47'  Antony
59'  Lisandro Martinez
71'  Antony (Fred)
83'  Luke Shaw
90'  Raphael Varane (Alejandro Garnacho)


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика