So’nggi yangiliklar

10:26"Бунёдкор" ярим ҳимоячиси "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Бугун U-17 Осиё кубогига қуръа ташланади  0 09:35"Ал Аҳли" Винисиус Жуниор учун 350 миллион евро таклиф қилишга тайёр  4 09:05“Машъал” жамоасининг украиналик ёрдамчи мураббийи Микола Тишченко клубни тарк этди  0 08:40Про-лига дебютанти ўз етакчиси билан шартномани узайтирди  0 08:15"Бунёдкор"дан кетган дарвозабон фаолиятини Осиёда давом эттиради   2 07:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   47 07:15МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   48 03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  11 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда икки тўп фарқини бой берди ва ПСЖга мағлуб бўлди  79 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  62 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  23 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  3 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  16

Mutolaa uchun. "Arsenal" yana sovrinlar uchun kurasha oladimi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Arsenal" yana sovrinlar uchun kurasha oladimi?

Yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirayotgan "to'pchilar"ning imkoniyatlarini baholab chiqamiz.

O'tgan mavsum startiga qadar "Arsenal" chempionlik uchun kurashda "Manchester Siti" bilan asosiy raqobat qilishini hech kim kutmagandi. "Kanonirlar" dastlabki 5 o'yinda g'alabaga erishdi, ammo ilk jiddiy raqibdan mag'lub bo'ldi. 6-turda "Arsenal" safarda "Manchester Yunayted"ga 1:3 hisobida yutqazdi. Mikel Arteta jamoasi yosh va iqtidorli bo'lsa-da, etarlicha barqaror emasdi. SHu sababli "Arsenal"ning kuchli to'rtlikdan o'rin olishini taxmin qilishdi.

MYUga qarshi o'yin 4 sentyabr kuni bo'lgandi. SHundan keyin jamoa 5 oy davomida APLda mag'lub bo'lmayotgandi, ammo "Everton"dan (0:1) uchralgan mag'lubiyatdan keyin tushunmovchiliklar boshlanib ketdi. Keyinchalik "Manchester Siti"ga (1:3) yutqazgan londonliklar ko'chasida ogohlik qo'ng'irog'i chalina boshlandi. "Kanonirlar" mavsumning katta qismini liga peshqadami sifatida o'tkazishdi, ammo ketma-ket uch durang va keyin "Manchester Siti"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgan jamoa chemionlikni boy berdi.

Alam qilarli jihat shundaki, barchasi "Arsenal"ning qo'lida edi. Bir tomondan olib qaraganda, buni proval deyish mumkindir. Ammo boshqa tomondan olib qaraganda, jamoa tarkibining yoshligi uchun bu holat juda yaxshidek ko'rindi. Gari Nevill intervyulardan birida "Arsenal" bosimga to'laqonli dosh bera olmasligini aytgandi. Yakunda shunday bo'ldi ham. Ammo bazida omadsizliklar ham bo'lib turishi kerak. Mavsum yakunida Arteta matbuot anjumanida katta tezlik olish uchun balki, ortga bir qadam tashlash kerakligini aytgandi. Biroq mutaxassis bu so'zlari orqali jamoaga yanada bosim berib qo'ydi va undan tashqari, buni juda jiddiy qabul qildi.

SHunday yuqori darajada mavsumni o'tkazgan jamoadan navbatdagi mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilmaslik juda qiyin. Undan tashqari, mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun transferlarga 200 mln evro ajratildi. "CHelsi" Kay Xavertc "Arsenal"ga olib o'tildi. Transfer uchun "to'pchilar" 70 mln evro to'lashdi. Agarda ECHL finalida urgan golini inobatga olmasak, germaniyalik futbolchining "ko'klar" safidagi faoliyatini unchalik yorqindek ko'rib bo'lmaydi. Xavertc markaziy va hujumkor yarim himoyachi, o'ng qanot vingeri hamda markaziy hujumchi rolida o'ynay olishini ko'rsatdi.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismida natijalarning yomonlashishiga jarohatlar ham sabab bo'lganini inobatga olsak, ushbu futbolchi jamoa uchun juda foydali bo'lishi mumkin. Ayniqsa, u Deklan Rays bilan birga juftlik hosil qiladigan bo'lsa. Nemis va ingliz "Arsenal" markazidagi Granit Jaka hamda Tomas Partining o'rnini yopadi. Ulardan biri "Bayer"ga ketgan bo'lsa, ikkinchisining "Arsenal"dan ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. Ikkisi ham 30 yoshga kirgan. Ularning o'rniga "Arsenal" yoshroq va sifatliroq futbolchilarni tarkibiga qo'shib olmoqda.

Yaqindagina klub Yurrien Timberning "Ayaks"dan 40 mln evro evaziga sotib olinganligini ham malum qildi. U kelasi yili jamoadan ketadigan Rob Xolding bilan raqobat qiladi. Hujumda Xavertc biroz oldinroq o'ynasa, Rays unga yordam berib turadi, Timber o'ng qanot himoyasida ham o'ynay oladi. SHu orqali Rays nafaqat markaziy yarim himoyachi, balki, markaziy himoyachi joyiga ham tushib olishi mumkin. Biroq Timber tarkibdan tashqarida qolib ketmaydi.

"Arsenal" ushbu transferlar bilan tinchib qolmasligi mumkin, biroq tarkibdagi shu futbolchilarning o'zi ham etarli bo'lishi ehtimoli ham yo'q emas. Ushbu mavsum startiga qadar "Arsenal"ning tarkibi yanada yaxshiroq bo'ldi, bu esa Artetaga tajribalar o'tkazishiga ham yordam berishi mumkin. Undan tashqari, "Reyms"ja ijarada o'ynagan Folarin Balogun ham tarkibga qaytdi. O'tgan mavsum Franciya jamoasi tarkibida 39 o'yinda 22 gol va 3 assist qayd etgan futbolchi, chempionat to'purarlari reytingida kuchli beshlikdan o'rin oldi.

"Reyms"dan qaytgan Balogun ijaraga ketishni istamayotganini aytib o'tdi. Demak, endi u Arteta jamoasida imkoniyatga ega bo'lmasligi qiziqarli holat bo'lishi mumkin. Ko'plab klublar hozir o'zlariga hujumni yakunlaydigan hujumchilarni izlamoqda. Artetada esa bunday futbolchi tayyor turibdi. SHuningdek, Angliya OAVsining malum qilishicha, London klubi bilan 2 yillik shartnomasi bo'lishiga qaramay, futbolchining "Arsenal"dagi kelajagi hali ham so'roq ostida turibdi.

Muhim jihati shundaki, "Arsenal" o'tgan mavsum "bo'ynidan baland sakrab yuborgan" jamoaning poydevorini saqlab qoldi. Aaron Remsdeyl, Bukayo Saka, Gabriel Martinelli, Uilyam Saliba, Gabriel Magalyans kabi futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirildi. Ular "Arsenal"ning hozirgi tarkibidagi eng muhim futbolchilar sanalishadi. SHartnomaning uzaytirilishi esa Artetaning qo'lida ishlangan yaxshi loyiha borligini bildirib turibdi. SHuningdek, jamoa sardori Martin Edegor bilan muzokaralar olib borilmoqda. Katta ehtimol bilan tomonlar kelishuvga ham erishishsa kerak.

"Arsenal" ortga qadam tashlayotgani yo'q. "Kanonirlar" katta maqsadlarga ega bo'lgan yosh va iqtidorli jamoaga aylanmoqda. Bu navbatdagi mavsumda o'tgan safargi muvaffaqiyatsizliklarni takrorlamaslik uchun xizmat qilishi kerak. SHuningdek, "Arsenal" endi ECHLda o'ynaydi. Hozircha ularninig xalqaro maydondagi ishtiroki yuqori baholanmayotgan bo'lsa-da, APLda sovrin uchun davogarlar qatorida bo'ladi. Buning uchun klubda barcha narsa bor.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика