So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Mutlaq rekordchi Nesterov yoxud finalda o'ynagan darvozabonlar haqida Yangiliklar

Mutlaq rekordchi Nesterov yoxud finalda o'ynagan darvozabonlar haqida

O'zbekiston kubogi finalidan oldin qiziqarli malumotlar xususida to'xtalib o'tishni joiz topdik.

Farg'onada bo'ladigan AGMK - "Paxtakor" finalidan oldin finalda o'ynagan darvozabonlarga oid statistikaga etibor qaratamiz.

O'zbekiston kubogi finallarida eng ko'p ishtirok etgan darvozabon Ignatiy Nesterov hisoblanadi. Nesterov hisobida 11 final mavjud. Ignatiy Nesterov darvozabonlar orasida O'zbekiston kubogida g'olib chiqish bo'yicha rekordchi sanaladi. Nesterov jami 11 marotaba billur sovrinni boshi uzra baland ko'tarishga muvaffaq bo'lgan. SHuningdek, tajribali posbon uchta jamoa ("Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv") safida kubok finalida o'ynagan va barcha klublari bilan O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan yagona darvozabon sanaladi.

Ignatiy Nesterov O'zbekiston kubogi finallarida jami 11 marotaba maydonga tushgan va o'z darvozasidan 10ta gol o'tkazib yuborgan.

Yana bir tajribali kiper Oleg Belyakov 4 jamoa safida finalda o'ynagan yagona darvozabon sifatida tarixda qolgan. Belyakov MHSK, "Navbahor", "Paxtakor" va "Bunyodkor" safida finallarda ishtirok etgan.

O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan birinchi darvozabon sifatida tarixda qolgan Dmitriy Bashkevich ("Navbahor") jami ikkita finalda maydonga tushgan va barcha o'yinlarda o'z darvozasini quruq saqlashga muvaffaq bo'lgan.

O'zbekiston kubogi finallarida eng ko'p gol o'tkazib yuborgan kiper esa "Neftchi" posboni Georgiy Zabirov hisoblanadi. Zabirov o'z darvozasidan jami 13 marotaba gol o'tkazib yuborgan. SHuningdek, Zabirov bir o'yinda eng ko'p gol o'tkazish bo'yicha ham anti-rekordchi. "Paxtakor" bilan o'tgan final o'yinida Zabirov o'z darvozasidan oltita to'p o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan.

"Paxtakor" sharafini himoya qilayotgan Eldorbek Suyunov agarda finalda maydonga tushadigan bo'lsa, unda finalda o'ynash borasida uchinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Hozircha bunday ko'rsatkichni Oleg Belyakov, Georgiy Zabirov, Temur Jo'raev va Murod Zuhurov qayd etgan. SHuningdek, Suyunov ikkita jamoa safida finalda o'ynagan oltinchi kiperga aylanishi mumkin.


Quyida finallarda ishtirok etgan darvozabonlar statistika bilan tanishishingiz mumkin:

(1992 yil)
Dmitriy Bashkevich ("Navbahor")
Narimon Osmonov ("Temiryo'lchi")

(1993 yil)
Pavel Bugalo ("Paxtakor")
Oleg Sirokvashko ("Navbahor" -3)

(1994 yil)
Narimon Osmonov ("Neftchi")
Marat Galimov ("Yangier" -1)
Aleksandr Semyonov (zaxiradan tushgan: "Yangier" -1)

(1995 yil)
Dmitriy Bashkevich ("Navbahor")
Oleg Belyakov (MHSK -1)

(1996 yil)
Vladislav Filippov ("Neftchi")
Pavel Bugalo ("Paxtakor")

(1997 yil)
Pavel Bugalo ("Paxtakor" -2)
Georgiy Zabirov ("Neftchi" -3)

(1998 yil)
Oleg Belyakov ("Navbahor")
Georgiy Zabirov ("Neftchi" -2)

(2000 yil)
Alisher Ahmedov ("Do'stlik" -1)
German Bezdenejnix ("Samarqand-Dinamo" -4)

(2001 yil)
Oleg Belyakov ("Paxtakor" -1)
Georgiy Zabirov ("Neftchi" -2)

(2002 yil)
Georgiy Zabirov ("Neftchi" -6)
Ignatiy Nesterov ("Paxtakor"-3)

(2003 yil)
Ignatiy Nesterov ("Paxtakor" -1)
Narimon Osmonov ("Nasaf" -3)

(2004 yil)
Ignatiy Nesterov ("Paxtakor" -2)
Andrey Baydishev ("Traktor" -3)

(2005 yil)
Ignatiy Nesterov ("Paxtakor")
Hislat CHilmatov ("Neftchi" -1)

(2006 yil)
Temur Jo'raev ("Paxtakor")
Pavel Butenko ("Mashal" -2)

(2007 yil)
Ignatiy Nesterov ("Paxtakor")
Temur Jo'raev (zaxiradan tushgan: "Paxtakor")
Pavel Bugalo ("Quruvchi")
Oleg Belyakov (zaxiradan tushgan: "Quruvchi")

(2008 yil)
Pavel Bugalo ("Bunyodkor" -1)
Ignatiy Nesterov ("Paxtakor" -3)

(2009 yil)
Temur Jo'raev ("Paxtakor")
Erkin Jabborov (zaxiradan tushgan: "Paxtakor")
Ignatiy Nesterov ("Bunyodkor" -1)

(2010 yil)
Ignatiy Nesterov ("Bunyodkor")
Mixail Alavidze ("SHo'rtan" -1)

(2011 yil)
Temur Jo'raev ("Paxtakor" -1)
Dmitro Kozachenko ("Nasaf" -3)

(2012 yil)
Ignatiy Nesterov ("Bunyodkor")
Murod Zuhurov ("Nasaf" -3)

(2013 yil)
Eldorbek Suyunov ("Nasaf" -2)
Murod Zuhurov ("Bunyodkor" -1)

(2014 yil)
Akbar To'raev ("Bunyodkor" -1)
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")

(2015 yil)
Eldorbek Suyunov ("Nasaf" -1)
Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor" -2)

(2016 yil)
Eldorbek Suyunov ("Nasaf" -1)
Mamur Ikromov ("Lokomotiv")

(2017 yil)
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor" -1)


Finalda eng ko'p o'ynagan darvozabonlar ro'yxati:

1. Ignatiy Nesterov ("Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv") - 11 o'yin, -10 gol
2. Pavel Bugalo ("Paxtakor", "Bunyodkor") - 5 o'yin, -3 gol
3. Oleg Belyakov (MHSK, "Navbahor", "Paxtakor", "Bunyodkor") - 4 o'yin, -2 gol
3. Georgiy Zabirov ("Neftchi") - 4 o'yin, -13 gol
3. Temur Jo'raev ("Paxtakor") - 4 o'yin, -1 gol
3. Murod Zuhurov ("Nasaf", "Bunyodkor") - 4 o'yin, -7 gol
4. Eldorbek Suyunov ("Nasaf") - 3 o'yin, -4 gol
4. Narimon Osmonov ("Temiryo'lchi", "Neftchi", "Nasaf") - 3 o'yin, -3 gol
5. Dmitriy Bashkevich ("Navbahor") - 2 o'yin
6. Oleg Sirokvashko ("Navbahor") - 1 o'yin, -3 gol
6. Marat Galimov ("Yangier") - 1 o'yin, -1 gol
6. Aleksandr Semyonov ("Yangier") - 1 o'yin, -1 gol
6. Vladislav Filippov ("Neftchi") - 1 o'yin
6. Alisher Ahmedov ("Do'stlik") - 1 o'yin, -1 gol
6. German Bezdenejnix ("Dinamo") - 1 o'yin, -4 gol
6. Andrey Baydishev ("Traktor") - 1 o'yin, -3 gol
6. Xislat CHilmatov ("Neftchi") - 1 o'yin, -1 gol
6. Pavel Butenko ("Mashal") - 1 o'yin, -2 gol
6. Erkin Jabborov ("Paxtakor") - 1 o'yin
6. Mixail Alavidze ("SHo'rtan") - 1 o'yin, -1 gol
6. Dmitriy Kozachenko ("Nasaf") - 1 o'yin, -3 gol
6. Akbar To'raev ("Bunyodkor")  - 1 o'yin, -1 gol
6. Mamur Ikromov ("Lokomotiv") - 1 o'yin


Hozircha o'tkazilgan 25 finalda jami 23 nafar darvozabonlar o'yinga tushishgan.


* Eslatma: 1999 yili O'zbekiston kubogi o'tkazilmagan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика