So’nggi yangiliklar

14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  1 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  5 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  3 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  3 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1

Mutaxassis fikri - "Surxon" syurpriz ko'rsatishi mumkin. "Andijon"da kubok emociyalari kamaygan, bu o'yinda intriga yuqori emas Yangiliklar

Mutaxassis fikri - "Surxon" syurpriz ko'rsatishi mumkin. "Andijon"da kubok emociyalari kamaygan, bu o'yinda intriga yuqori emas

Bugundan Superligada 21-tur uchrashuvlari start oladi.

Derbilar va boshqa qiziqarli o'yinlar oldidan tajribali mutaxassis Abdumajid Toirovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Nasaf" - "Surxon"

- Ikki jamoa ham to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radi. Adashmasam, "Surxon" bu ko'rsatkichda Superligada "Olimpik"dan keyingi o'rinda turibdi. Umuman olganda qiziq o'yin kutyapman. Imkonyatlar haqida gap ketganda kichik ustunlikni "Nasaf"ga beraman. Jamoa o'z maydonida to'p tepadi. "Surxon" Superligadagi barcha o'yinlarini safarda o'tkazishiga to'g'ri kelmoqda. Bu ularga odat bo'lib ulgurdi va ruhan tayyorlar. "Surxon"dan esa syurpriz kutib qolamiz. 

"Lokomotiv" - "Bunyodkor"

- Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoalar qarama-qarshiligi. Bu erda "Bunyodkor"ning oxirgi o'yinlarini hisobga olish kerak. SHuning hisobiga ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida, chunki Ilyos Zeytullaev o'z falsafasini sekin-asta etkazib berdi. O'yinida mazmun paydo bo'ldi. Himoyada tartibli, hujumda kreativ harakat qilishmoqda. "Bunyodkor"ning o'yinlari barchaga yoqyapti.

"Metallurg" - "Andijon" 

- "Metallurg" uchun bu bahs juda muhim. G'alaba qozonsa xavfli zonadan chiqish imkoniyatlari ko'payadi. "Andijon"da kubokdagi chiroyli g'alabadan keyin emociyalar kamaygani bo'lishi mumkin. Imkoniyat bekobodliklar tomonida. "Andijon" standart vaziyatlarda xavfli. "Metallurg" bundan ehtiyot bo'lishi kerak bo'ladi. 

"Neftchi" - "Navbahor"

- Derbi har doim qiziqarli bo'lib kelgan. Qaysi o'rinda yurishidan qatiy nazar o'yin keskin kurashlarga boy o'tadi. "Neftchi"da uyda o'ynashi hisobiga imkoniyat biroz yuqoriroq. 

"Olimpik" - "Qizilqum"

- Intriga bo'yicha bu bahs turning eng pastki o'rinida turadi. "Olimpik" tarkibida muammolar bor. O'zining uslubi, o'yin surati o'zgarmagan. Mahoratli o'yinchilar kamligi hisobiga natija yo'q. "Qizilqum" mehmonda extiyotkor o'yin ko'rsatadi va kam imkoniyatlardan foydalanishga urinib ko'radi. Mazkur o'yinda durang bo'lishini taxmin qilaman. 

"So'g'diyona" - OKMK

- Turning yana bir qiziq bellashuvi. Ikk jamoa ham chempionlik uchun kurashyapti. Mazkur o'yinda ustunlik mezbonlar tomonida degan bo'lardim. "So'g'diyona" uyda agressiv futbol ko'rsatadi. Ayniqsa Yovovich, Doriev yaxshi taassurot qoldirmoqda. OKMK ham yaxshi futbol ko'rsatyapti.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика