So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Mutaxassis fikri: "Qo'qon, Namangan va Toshkentda mezbonlar ustun keladi, "Neftchi" Qarshidan ochko bilan qaytadi" Yangiliklar

Mutaxassis fikri: "Qo'qon, Namangan va Toshkentda mezbonlar ustun keladi, "Neftchi" Qarshidan ochko bilan qaytadi"

Bugundan Superliganing 3-tur o'yinlariga start beriladi.

Bugundan Superliganing 3-tur o'yinlariga start beriladi. Mazkur turdan bir nechta qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuvlar o'rin olgan. Tajribali mutaxassis Abdumajit Toirov oldindagi bahslar oldidan fikrlari va taxminlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Mavsum startidagi o'yinlar, natijalardan so'ng biror bir o'yinga alohida to'xtalish qiyin. Qisqa qilib aytganda, "Qo'qon-1912", "Navbahor" va "Paxtakor" uydagi o'yinlarda g'alaba qozonishadi. Qolgan uchrashuvlarda mehmonlarning ustunligini taxmin qilishim mumkin. Masalan, "Buxoro" o'yin mazmuni bo'yicha ikkita turda raqibidan yaxshiroq ko'rindi. Qo'qon oxirgi o'yinda juda yaxshi harakat qildi, "Sho'rtan"ning birinchi turdagi bahsini kuzatdim. OKMK tarkib, o'yin tomonlama ham bugungi kunda navoiyliklardan ustun. "Navbahor" o'z muxlislarini xursand qiladi deb o'ylayman. "Bunyodkor" - "Surxon" bellashuvida durang va Termiz jamoasi ustun kelishi ehtimoli bor. "Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvida durang yoki farg'onaliklar g'alabasini taxmin qilaman. "Mashal" - "So'g'diyona"da mehmonlar kuchliroq. Toshkentda "Paxtakor" "Dinamo"dan kuchliroq kelsa kerak",- deydi Abdumajit Toirov.

 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика