Mushukni oynadan otib yuborgan futbolchilar jamoadan quvib yuborildi

Mirjalol Normatov
5 apr 2018, 14:23
Venesuelaning "Suliya" jamoasi rahbariyati Eduin Kuero va David Barreto bilan shartnomani bekor qilishdi.

Internetda ularning baland qavatli bino derazasidan mushukni otib yuborgan videosi tarqaldi. Shu boisdan jamoa rahbariyati futbolchilar bilan xayrlashdi.

Ma'lumot uchun, himoyachi Eduin Kuero 1997 yilda tug'ilgan, bu mavsumda 4 uchrashuvda maydonga tushgan. Yarim himoyachi Davide Barreto ham 1997 yilda tug'ilgan, biroq u hali uchrashuvda maydonga tushmagandi.

"Suliya" Venesuela chempionatida 10 turdan keyin 3 g'alaba, 5 durang, 2 mag'lubiyat qayd etgan holda 7-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun