Murodbek Bobojonov va ukrainalik futbolchi "Neftchi" safiga qo'shildi
13 fev 2018 14:59
Yangiliklar


Murodbek Bobojonov va ukrainalik futbolchi "Neftchi" safiga qo'shildi
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilarni o'z safiga chorlamoqda.
Hozirgina "Neftchi" jamoasi qo'nim topgan Toshkentdagi "O'zbekiston" mehmonxonasiga 2 nafar yangi futbolchi tashrif buyurdi.
O'tgan mavsum Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida ijara asosida harakat qilgan mohir hujumchi Murodbek Bobojonov yana Farg'ona klubi safiga qaytdi.
SHuningdek, 1991 yili tug'ilgan ukrainalik hujumchi Oleksandr Derebchinskiy ham "Neftchi" tarkibiga qo'shildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar