Murod Xolmuhammedov "Bunyodkor"ni tark etdi va "Qo'qon-1912"ga qaytdi
04 fev 2020 11:47
Yangiliklar
Murod Xolmuhammedov "Bunyodkor"ni tark etdi va "Qo'qon-1912"ga qaytdi
Tajribali himoyachi Murod Xolmuhammedov "Bunyodkor" klubi bilan xayrlashdi.
Yaqinda "Qo'qon-1912" jamoasidan "qaldirg'ochlar" tarkibiga borib qo'shilgan Murod Xolmuhammedov yana qadrdon jamoasiga qaytib keldi. Har ikki klubning o'zaro kelishuviga ko'ra 30 yoshli futbolchi "Bunyodkor" jamoasiga OCHL pley-off bosqichida yordam berish uchun yil oxirigacha ijaraga o'tgandi. Malumki, Vadim Abramov boshqaruvidagi "Bunyodkor" OCHL yo'lidagi yurishi to'xtatdi. SHu bois Murod qo'qonliklar ixtiyoriga qaytib keldi.

Huquqiy jihatdan "Mashal" klubiga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Sardor Abduraimov bilan hujumchi Humoyun Murtazoev esa mavsum so'nggiga qadar "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qiladi.

O’xshash yangiliklar
23:31
Turdimurodov, Ibragimov, Esanov – milliy jamoaga nomzod futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda 1
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar