Murod Xolmuhammedov: “Jamoamga yordamim tekkanidan xursandman”
01 may 2016 09:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206640_original.jpg)
![](/upload/storage/206640_220.jpg)
Murod Xolmuhammedov: “Jamoamga yordamim tekkanidan xursandman”
Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan “Sug'diyona” - “Mashal” uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi.
Bahsdan so'ng yagona gol muallifi, himoyachi Murod Xolmuhammedov bilan suhbatlashdik.
- O'yin juda og'ir kechdi. Havo issiqligi bizga tasir qildi. O'yinchilar biroz charchashdi. Penaltidan kiritilgan gol bizni ruhlantirdi. 2-taymda biz ozroq ustunlikni berib quydik. Yutayotgan jamoa doimo o'z hisobini saqlab qolish uchun himoyalanadi. Biz ham shu taktikani qo'lladik. “Sug'diyona” jamoasiga kelib mahorat oshirib terma jamoada o'ynashni judayam xohlayman. Menga ishonch bildirayotgan murabbiyim Davron Fayzievga katta rahmat aytaman", - deydi Xolmuhammedov.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar