So’nggi yangiliklar

20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  20 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1

Murod Xolmuhammedov: Hamma aybni murabbiyga ag'darish insofdan emas Yangiliklar

Murod Xolmuhammedov: Hamma aybni murabbiyga ag'darish insofdan emas

Jahon chempionati sabab Superligada tanaffus yuzaga keldi.

Hozirdanoq aytish mumkinki, navbatdagi uchrashuvlar shiddat bobida birinchi davra o'yinlaridan ancha farq qiladi. Kuchli oltilikka kirish uchun kurash yanada keskinlashadi. O'z o'rnida turnir jadvalining ikkinchi qismida joylashgan jamoalar ham otga qamchini bosishadi.

Ana shunday klublardan biri «Qo'qon-1912»dir. No'mon Hasanov shogirdlari chempionat bahslarini yaxshi boshlashgandi. Lekin davra o'rtalariga kelib, ishlar orqaga keta boshladi.

Ikkinchi davra oldidan qo'qonliklar 14ta o'yindan 15 ochko to'plab, turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turishibdi. Biz jamoa sardori Murod Xolmuhammedov bilan bog'lanib, undan birinchi davra yakunlari va mavsumning hal qiluvchi qismigaolib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan intervyu oldik.

- Murod, dam olish qanday davom etmoqda? Futbolni bir zumga bo'lsada unutib, bor etiborni oilaga qaratdingizmi yoki baribir, xayolning bir chetida futbol turibdimi?

- Dam olish ko'ngildagidek o'tyapti. Oila azolarim bilan xorij safarida bo'lib turibmiz. Sohamiz - futbol, kasbimiz futbolchi bo'lgani uchun uni esdan chiqarishning sira iloji yo'q. Aksariyat hamkasblarim qatori men ham futbolni hayotimning ajralmas bir bo'lagi, deb bilaman. Istaymizmi yoki yo'q, baribir, mavzu aylanib futbolga taqalaveradi.

- Ushbu tatil birinchi davra yakunlari bo'yicha xulosa chiqarish uchun ham kerak. SHu manoda, ortga nazar tashlab, o'tkazilgan o'yinlar haqida nima degan bo'lardingiz?

- Menimcha, har bir futbolchi o'zicha xulosa chiqarib olishi shart. O'ziga «Birinchi davrada jamoamga yordamim tegdimi? Murabbiylarning aytganini qildimmi? Muxlislarning ishonchini oqladimmi?» kabi savollar berishi kerak. Yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarini bartaraf etish haqida bosh qotirishi lozim, deb o'ylayman. Xuddi shu savollarni men ham o'zimga berdim. O'ziga yarasha tegishli xulosalarni chiqaryapman. Ortda qolgan o'yinlarga to'xtaladigan bo'lsam, o'ylashimcha, bizga omad etishmadi. Salbiy tomondan pand bergan boshqa omilni ko'rmayapman.

- Jamoangiz 14ta o'yinda 15 ochko jamg'ardi va ayni payt 9-o'rinni egallab turibdi. «Qo'qon-1912»ning ichki potencialidan kelib chiqsak, bu nisbatan yaxshi natijami yoki aksincha, yomon?

- SHuncha o'yinda 15 ochko to'plash - bu juda ham qoniqarsiz natija. SHaxsan men shunday hisoblayman. Hozir turnir jadvalida egallab turgan o'rnimiz bizga umuman mos emas. Aslida, tarkibimizdagi futbolchilar bilan bemalol kuchli oltilikda yurishimiz kerak. Afsuski, o'z maydonimizda o'tkazgan o'yinlarda keragidan ortiq ochko yo'qotdik.  Mehmonlarga hotamtoylik qilib, ochko ulashdik. O'sha o'yinlarimizni tahlil qiladigan bo'lsak, qanday mag'lubiyatga uchragan yoki durang o'ynaganimizni tushunish juda mushkul. Ko'zingizga ishonmaysiz. Butun o'yin davomida to'liq ustunlikka ega bo'lganmiz. SHunchaki, yuzaga keltirilgan qulay vaziyatlardan oqilona foylana olmasligimiz natijasida qimmatli ochkolardan mahrum bo'lganmiz. Nachora, omad kelmasa qiyin ekan.

- Agar mavsumning bu qismini omadsiz deb hisoblasangiz, bunday bo'lishiga qanday omillar sabab, deb o'ylaysiz?

- To'g'risini aytsam, omadsizlikning asl sababi nimada ekanligini aniq ayta olmayman. Buni bitta gap bilan tushuntiri mushkul.

- Jamoada muxlislar bilmagan muammolar bormi?

- Fikrimcha, har qanday klubning o'ziga yarasha muammosi bo'ladi. Bu esa ichki sir sifatida o'sha jamoadan tashqariga chiqmasligi kerak. Qaysi klubda muammo yo'q? Manaman deganida ham moliyaviy tomondan bo'lmasa ham, boshqa masalalarda muammolar bor va bu normal holat. Bir tekis hayotdan ham odam zerikadi.

- Klub rahbariyati futbolchilar tatilga chiqib ketishi oldidan yig'ilish o'tkazdimi? Unda nimalar deyishdi?

- Biz Superligadagi hozircha so'nggisi bo'lib turgan uchrashuvni Namanganda «Navbahor» jamoasiga qarshi o'tkazdik. O'ziga xos «Vodiy derbisi» bo'lib o'tdi. Afsuski, bu o'yinda o'ta yomon natija ko'rsatdik. Yirik hisobda yutqazamiz, deb sira o'ylamagandik. Tabiiyki, uchrashuvdan so'ng klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilarning kayfiyati yo'q edi. SHu bois ham birinchi davra yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazilmadi. Kiyinish xonasining o'zida murabbiylar kichik yig'ilish o'tkazib, tatildan qaytgach, barchasini o'zaro gaplashib olishimizni aytishdi. Yangi rejalar taqdim etilishini takidlab, bizni tatilga kuzatishdi.

- Sardor sifatida birinchi davra uchrashuvlarida qaysi chiziq vakillari o'z imkoniyatidan past darajada o'yin ko'rsatdi, deb o'ylaysiz?

- Bizda jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bu tomonlama muammo kuzatilmadi. Faqat yuzaga keltirilgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirishda muammolarga duch keldik. Alohida bir chiziq vakillarini o'z salohiyati va imkoniyatidan pastroq darajada o'ynadi, deb ayta olmayman. Lekin bir narsani tan olish kerak, oxirgi 3-4ta uchrashuvda himoyachilarimiz murabbiylar kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi. Juda ko'p vaziyatlarda qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi. Buning natijasida qimmatli ochkolarni boy berib qo'ydik. Bu narsani hech ikkilanishsiz aytishim mumkin. Yani, so'nggi o'yinlarda himoyachilar pand berib qo'yishdi.

- SHu savolning mantiqiy davomi: qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerak, deb hisoblaysiz?

- O'ylashimcha, har bir poziciyada raqobat yuzaga kelishi lozim. «O'z darajamdan past o'yin ko'rsatsam, murabbiy mening o'rnimga boshqa futbolchini qo'yadi», degan fikr har bir o'yinchida bo'lishi shart. Agar qaysidir chiziq vakili raqobatdan holi bo'lsa, demakki, o'sha poziciya o'yinlarda pand berib qo'yadi. Ayni payt bizning hujum chizig'imizda raqobat yo'q. Murabbiylarimiz oldida turgan asosiy vazifa shu poziciyani kuchaytirish. Yana bilmadim, tarkib masalasidagi muammolar murabbiylarga ko'proq ayon. Ularning o'zlari ularning echimi haqida bosh qotirishayotgani aniq.

- Odatda, g'alaba futbolchiniki, mag'lubiyat esa murabbiyniki deyishadi. SHu manoda olib qarasak, «Qo'qon-1912»ning muvaffaqiyatsiz ishtirokida faqat bosh murabbiy va uning yordamchilari aybdormikan?

- Haqiqatan ham, siz aytgan jumla mana bir necha yildirki, futbolda ishlatib kelinadi. Lekin shaxsiy fikrimcha, mag'lubiyat va omadsizliklarga butun jamoa azolari birdek aybdor va javobgar deb hisoblayman. G'alaba ham, mag'lubiyat ham butun jamoaniki. Qaerdadir biz murabbiylar bergan vazifa va ko'rsatmalarni bajara olmadik. O'z imkoniyat darajamizdan past o'yin ko'rsatgan paytlarimiz bo'ldi. To'g'ri, murabbiylar natija uchun javobgar sanalishadi. Ammo hamma aybni murabbiyga ag'darish insofdan emas. Murabbiy o'zi maydonga tushib o'ynab bermaydi-ku!

- Vaziyatga real qarasak, «Qo'qon-1912» hozirgi holatida Superligadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashadimi yoki boshqa rejalari bormi?

- Menimcha, ha, yani o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashadi. Lekin hali hammasi oldinda. Ikkinchi davrada scenariy mutlaqo o'zgarib ketsa, ajabmas. Agar astoydil harakat qilsak, kuchli oltilikka ham kirib olishimiz mumkin. Ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Albatta, buni vaqt ko'rsatadi. Har doim ham o'ylaganingiz amalga oshavermaydi. Lekin hayotda kutilmagan holatlar ham uchrab turadi. Oldindan hech narsa deya olmayman. Eng muhimi, har bir sohada istak va ishonch bo'lishi kerak. Agar biz shu ishni bajaramiz, deb o'zimizni birinchi galda ishontira olsak, ajab emas, ehtimol, birinchi bosqichni kuchli oltilikda yakunlarmiz.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика