Murod To'ychiboev: “Gruziya jamoalari bilan moliyaviy tomondan kelisha olmadik”
06 fev 2022 20:01
Yangiliklar
Murod To'ychiboev: “Gruziya jamoalari bilan moliyaviy tomondan kelisha olmadik”
O'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Surxon”da o'tkazgan himoyachi Murod To'ychiboev faoliyatini Qirg'iziston chempionatida davom ettiradigan bo'ldi. U “Oloy” klubi bilan shartnoma imzoladi. SHundan so'ng To'ychiboev yangi jamoasiga o'tishi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Oloy”ga o'tishim agentlar orqali amalga oshdi. Ushbu klub bosh murabbiyi tomonidan menga qiziqish bildirayotgani malum qilindi. Keyin esa “Oloy”dagi barcha sharoitlar bilan tanishib chiqdim. Menga barchasi maqul keldi. SHundan so'ng “Oloy” bilan yil yakuniga qadar mo'jallangan shartnomaga imzo chekdim.
To'g'risi, Qirg'iziston uyimga yaqinligi va tanlagan jamoam chempionatning eng yaxshi jamoasi bo'lgani bois ushbu jamoaga o'tishga qaror qildim. CHempionat yakunlanganidan so'ng Gruziyaning ikki jamoasidan ham taklif bo'ldi. Biroq biz moliyaviy tomonlama kelisha olmadik. Natijada, u erga qaytishim amalga oshmay qoldi.
“Navbahor” bilan o'yinda jismoniy holat ham sezildi. Qolaversa, tarkib butunlay yangilangan. Baribir saviya sezildi”, - deya so'zini yakunladi To'ychiboev.
Fikrlar