So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  2 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  2 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

Murod Ismoilov: “Jamoamizning muvaffaqiyatli odimida barchaning mehnati bor” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Jamoamizning muvaffaqiyatli odimida barchaning mehnati bor”

Ortda qolgan aprel oyida “Neftchi”ning qayd etgan natijalari tahsinga loyiqdir. Farg'onaliklar 8-turdan keyin biror marotaba mag'ulb bo'lmadi va bunda tabiiyki bosh murabbiyning ham roli katta ekanligini aytish darkor.
“Neftchi”ning ushbu zafarli yurishi natijasida Murod Ismoilov UzPFL va “SA” so'rovnomasi bo'yicha aprel oyining “Eng yaxshi murabbiyi” deb topildi. SHu munosabat bilan “Neftchi” ustozidan intervyu oldik.



- Murod Muzaffarovich, avvalo aprel oyining “Eng yaxshi murabbiyi” laureati bo'lganingiz bilan tabriklaymiz. Haqiqatdan ham ortda qolgan oy Siz va boshqaruvingizdagi “Neftchi” uchun omadli o'tdi. Fikrimizga o'zingiz ham qo'shilsangiz kerak?
- Tabrik uchun sizga ham rahmat. Albatta “Eng yaxshi” bo'lish hamma uchun doimo yoqimlidir. Fursatdan foydalanib, kaminani ham ushbu yo'nalish bo'yicha g'olib deb topgan OAV xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Albatta, nafaqat aprel oyi balki chempionat biz uchun omadli o'tmoqda. Istardimki chempionatni huddi shunday yuqori notada yakunlashni. Buning uchun qo'limizdan kelganicha ishlaymiz. Bor kuch va bilimlarimizni amalda tadbiq etishdan sira ortga chekinmaymiz. Ko'z tegmasin hozircha natijalarimiz ko'ngildagidek kechmoqda. “Eng yaxshi murabbiy” bo'lishim zamirida ham butun jamoamizning azolarini mexnati yotibdi degan bo'lardim. CHunki zamonaviy futbolda murabbiyning bir o'zi chetda turib bir nimaga erishishi qiyin. Ko'p narsa murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajaradigan futbolchilarga bog'liq. SHu bois yana qaytaraman, yigitlarimizning mazmunli o'yin namoyish etishi muvaffaqiyatlar garovi bo'lmoqda. Qolaversa har bir o'yinimizga ashaddiy ishqibozlarimiz tashrif buyurib, qizg'in qo'llab-quvvatlamoqda. Ularning daldasi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Buning uchun barchaga rahmat.

- Ortda qolgan oyda jamoangiz o'tkazgan uchrashuvlar haqida nima deysiz?
- Oson o'yinlarning o'zi yo'q. Har bir bahs jiddiy kurashlarga boy tarzda o'tib kelmoqda. SHaxsan o'zim shuni bemalol ayta olamanki, “Neftchi” uchun har qanday uchrashuvning qiymati o'ta yuqori va unga doim jiddiy qaraydi.



- Aprel oyida Sizni xursand qilgan va aksincha xolatlar to'g'risida aytib o'tsangiz?

- Salbiy jihatlar aytarli bo'lmadi va bu haqda to'xtalishni ham istamayman. Quvonarlisi esa jamoamning ishtiroki biz kutgandek chiqayotganidir.

- Muvaffaqiyatli odimning yana boshqa sabablarini nimada ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Murabbiylarning shtabining juda yaxshi tuzilgani va futbolchilar o'rtasidagi munosabatning alo darajada bo'layotgani ham natijalarimizga ijobiy tasir o'tkazmoqda. Eng asosiysi tartib-intizom yuqori va ichki muhit ham ko'ngildagidek. Atrofimdagi murabbiylarning ham ko'magi sezilarli bo'lmoqda.

- Natijalar ijobiy bo'layotganidan keyin bu yil tarkibni shakllantirishda jiddiy xatoga yo'l qo'ymaganingizni tushunib etayotgan bo'lsangiz kerak?

- Albatta. Rahbariyat va murabbiylar shtabi bilan o'zaro maslahatlashgan xolda, bu yil kurashchan jamoa tuzishga urindik. Buning uchun bamaslahat tarkibni shakllantirib bordik. Qaysi futbolchini chaqirsak, biz kutgandek yordam qiladiyu, yana qaysilari bilan ko'zlagan maqsadimizga erisha olamiz. O'ylaymanki Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov va SHukurali Po'latovni “Neftchi”ga qaytarganimiz eng katta foydali transferlarimizdan biri bo'ldi. Aynan ularning atrofida jamoa tuzdik. Tajribali Akmal Xolmatov ham yoshlarga har tomonlama namuna bo'lmoqda. Vaziyatga qarab, uning ham xizmatidan foydalanib bormoqdamiz. Ushbu mahoratli o'yinchilar orqasida bir qator iqtidorli futbolchilar o'sib kelmoqda. Umid qilamanki, Xolmatov, Saidov hamda Yoqubov singari o'yinchilar hali yana o'z so'zini aytadi.  



- Oliy ligada bu yil hozircha mag'lubiyatga uchramagan jamoa birgina “Neftchi” bo'lib turibdi. Bunday paytda futbolchilarni o'yinga tayyorlash qiyin kechmaydimi?

- Bundan oldin ham aytganman, biz hozircha hech narsani qoyillatmadik. Hali oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlarimiz juda ko'p. Bosqichma-bosqich hammasini amalga oshirib boramiz. Mexnatimiz mahsulini esa mavsum so'nggida ko'ramiz. Futbolchilarga doim aytaman, har bir o'yinga, goh safar uchrashuvi bo'lsin, goh o'z maydonimizdagi bahs, qancha muxlis kelishidan qaytiy nazar chiroyli futbol namoyish etishlarini. CHunki stadionga kelgan ishqiboz ketgan vaqtiga achinmasligi kerak.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика