So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Murod Ismoilov: "Xorijda yig'in o'tkazgandan ko'ra, yangi, sifatliroq libos kiyishni afzal ko'rdik" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Xorijda yig'in o'tkazgandan ko'ra, yangi, sifatliroq libos kiyishni afzal ko'rdik"

"Qo'qon-1912" klubi ayni paytda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.


Biz ijodiy guruhimiz bilan qo'qonliklar mashg'ulot o'tkazayotgan CHilonzor sport majmuasiga bordik va "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Murod Ismoilovni suhbatga tortdik.


- Avvalo jamoaning tayyorgarlik bosqichi haqida qisqacha to'xtalib o'tsangiz?

- Kecha kechqurun jamoa bilan Toshkentga keldik. Bugun ertalab jamoa azolari tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bugundan CHilonzordagi suniy qoplamali maydonda mashg'ulotlarga kirishdik. Toshkentda 21 yanvarga qadar yig'in o'tkazamiz. Yig'in doirasida to'rtta nazorat o'yini o'tkazishni rejalashtirib qo'yganmiz. Hozircha uchta sparring raqiblar aniq. "So'g'diyona", "Buxoro", shuningdek birinchi liga vakillaridan biri "Lokomotiv BFK" yoki "NBU Osiyo" bilan o'ynashni kelishib olganmiz. 

- Jamoa mashg'ulotida yangi futbolchilarni ham ko'rish mumkin...

- Jamoamiz bilan birgalikda Alibobo Rahmatullaev, Tohir SHamsiddinov, SHarif Mirzaev kabi futbolchilar shug'ullanishmoqda. Ularni mashg'ulotlarda ko'zdan kechiramiz. Mashg'ulotlar davomida ular bizga maqul bo'lsa, futbolchilarga esa bizning sharoitlar yoqadigan bo'lsa, ular bilan ham rasman shartnoma imzolaymiz. Jamoadagi ko'plab futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirdik. Bazi futbolchilar bilan esa og'zagi kelishuvimiz bor. 

- SHuningdek, darvozabon G'ayrat Hasanov ham jamoa bilan birga shug'ullanayotganiga ko'zimiz tushdi. Bunga ham aniqlik kiritib o'tsangiz?

- G'ayrat Hasanov oldimizga kelib o'zini sinab ko'rish istagi borligini aytdi va biz unga imkoniyat berdik. Hozir bizda legioner kiperlarga o'ynashga ruxsat yo'q. SHu sababli asosiy etiborni mahalliy darvozabonlarga qaratamiz. G'ayrat Hasanovning harakatlarini kuzatamiz. Bu darvozabonning faoliyatida ayrim sabablarga ko'ra biroz tanaffus yuzaga kelgandi. O'ylaymanki, Hasanov hali o'z formasini tiklab oladi va jamoamizga foydasi tegadi. 

- Jamoaning qaysi chizig'i sizni ko'proq bezovta qilmoqda?

- Meni ko'proq himoya chizig'i tashvishga solmoqda. SHu chiziqni kuchaytirishimiz lozim. Kamida ikkita himoyachi olishimiz zarur deb o'ylayman. Keyin o'rtada yaxshi ijrochi bo'lsa foydadan xoli bo'lmasdi. Hujumda Nosir Otaqo'ziev va Otabek Haydarov singari yaxshi futbolchilarimiz bor. Ular yaxshi saviyadagi hujumchilar. SHuningdek, Azizxon Ibragimovga imkoniyat beryapmiz. Bu futbolchi "Neftchi"da o'ynagan.

- Jamoa xorijda yig'in o'tkazishni rejalashtirganmi?

- CHetda yig'in o'tkazish rejada bor edi. Ammo rahbariyat bilan gaplashganimizda, undan ko'ra yangi futbolchilar olishni, yaxshiroq, sifatliroq libos sotib olishga ko'proq etibor qaratishga kelishib oldik.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика