So’nggi yangiliklar

19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  0 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  0 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  2 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  5 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  7 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  12 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  22

Murod Ismoilov: “Stadion mamuriyati o'yin vaqtini klub bilan maslahatlashgan xolda aniqlasa yaxshi bo'lardi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Stadion mamuriyati o'yin vaqtini klub bilan maslahatlashgan xolda aniqlasa yaxshi bo'lardi”

“Neftchi” – “Olmaliq” (3:1) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida farg'onaliklar ustozi Murod Ismoilov ishtirok etdi.

- Avvalo o'yingohga kelib jamoamizga hayrihohlik qilgan ashaddiy ishqibozlarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugun havo juda issiq edi. Ayniqsa bu birinchi bo'limda futbolchilarga muammo tug'dirdi. Uchrashuvni biroz kechroq boshlasak ham bo'lardi. Bu masalani kelishib oldik. Klub rahbariyati bilan maslahatlashib vaqtni aniqlash kerakligini stadion xodimlariga tushuntirib o'tildi. CHunki har xi muxlis bor. Rahbariyat va stadionga kelgan ishqibozlar uchun g'alaba kerak bo'ladi. Bu esa o'z-o'zidan kelmaydi. SHuning uchun biz ham yutish uchun tayyorgarlik ko'ryapmiz. Stadion mamuriyati ham bamaslahat ish tutsa maqsadga muvofiq bo'lardi – deya gap boshladi Murod Muzaffarovich. 

- “Olmaliq” etakchilarga jiddiy qarshilik tug'dirib, shu bilan birga o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoadir. Hamma infratuzilmasi joyida. Murabbiylar shtabidan to futbolchilarigacha yaxshi xarakat qilib kelayotgandi. Bunday issiq havoda o'ynashdan tashqari bizga yana o'z maydonimizda katta bosim ostida o'ynash qiyinchilik tug'dirardi. Xudoga shukur, o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. To'g'ri, ayrim vaziyatlarda yigitlar xatoga yo'l qo'yishdi. Lekin shunday bo'lsada, baribir ularga katta rahmat aytmoqchiman. Qo'yilgan vazifani bajardik. Ko'p vaziyatlarda bizni Yaratganni o'zi saqladi. Yaqqol vaziyatlarda, darvozabonimiz sabab bo'ldi, keyin himoyachilar. Raqib jamoaga esa keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- Futbol jamoaviy o'yin. SHuning uchun ham bitta jamoa deyiladi. To'g'ri, bugun ikkita golni himoyachilarimiz kiritdi. Asosiysi g'alaba qozondik. Dilyor Ermatovni gol urishini oldindan uqtirganimiz yo'q. SHunchaki u o'yindagi vaziyatdan kelib chiqib, ish tutdi. Buni sezish qobilyati deydi. Jarimadan esa Po'latov to'p kiritdi. Lekin u bilan mashg'ulotlar chog'ida ishlagandik. Agarda jarima zarbalari bo'lsa, uni SHukurali tepishini oldindan aytgandik. 

- “Olmaliq” kuchli jamoa. Xudoga shukur qilishimiz kerak, bugun bizga shunday gollarni berdi. Bugun yirik hisobda yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Tezkor gollar rejamizni baroridan keltirdi.  

- Keyingi turda “Qo'qon-1912” mehmoni bo'lamiz. “Olmaliq”, “Andijon” umuman oldingi o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak, bo'lajak bahsga ham shu tarzda hozirlik ko'ramiz. Bugunning o'zidanoq “Qo'qon-1912”ga tayyorgarlikni boshlaymiz. Masalan men keyingi o'yin haqida bugundanoq bosh qotiraman. Futbolchilarga keladigan bo'lsak, 8 iyun kuni SHerzod Hakimovni nikoh to'yi. SHuni o'tkazib olib, mashg'ulotlarni boshlaymiz. Biz murabbiylarni ish rejamiz bor. O'sha kunga qanday koncpekt qilgan bo'lsak, shu asosda mashg'ulot o'tkazib, futbolchilarga qanday yuklama berish yoki taktik uslub tanlashni aniqlaymiz. SHu tariqa futbolchilarni derbiga tayyorlashga urinamiz.

- Bundan bir oy oldin murabbiylar shtabi bilan maslahatlashgan xolda bosh qotirdik. Birinchi davradan so'ng yuzaga keladigan tanaffusda nimalar qilish kerakligi borasida homaki rejalarni tuzib chiqqanmiz. Qaysi poziciyalarni kuchaytirishimiz lozim? Qaerda yig'in o'tkazamiz? Bular haqida ikkita variantimiz bor. Agarda rahbariyat birinchi variantga ruhsat bersa shuni qilamiz. Aks xolda ikkinchi variantdan foydalanaveramiz. Rejalarimiz qanchalik amalga oshadi, buni vaqt ko'rsatadi - deydi Ismoilov.   

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика