Murod Ismoilov: "So'g'diyona"ning hozirgi holati o'ziga yarashmaydi"
25 apr 2015 20:42
Yangiliklar

Murod Ismoilov: "So'g'diyona"ning hozirgi holati o'ziga yarashmaydi"
"Neftchi" - "So'g'diyona" o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari ustozi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
"Birinchi navbatda ikki-uch yildan buyon "So'g'diyona"ga qarshi o'yinlarda g'alaba qozona olmayotgandi. Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. "So'g'diyona"ning hozirgi holati o'ziga yarashmaydi. Ularning murabbiyini iqtidorli deb bilaman. Muammolar tufayli jamoaning aksar futbolchilari boshqa klublarga o'tib ketishdi. SHu bois Davron Fayziev yangi jamoa tuzmoqda. Ikkitadan ko'p gol urdik, demak bu oddiy g'alaba bo'lmadi", - deydi Ismoilov.
- "Neftchi"ni "Bunyodkor"ga qarshi o'yin kutib turibdi...
- Har bir o'yinga iloji boricha 100 foiz tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Stadionga kelgan barcha muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga urinamiz. Maqsadimiz shu, har bir o'yinda oxirigacha kurashish. Natija esa yaratgandan. "Bunyodkor"dan oldin kubokda "Oq-tepa"ga qarshi o'yinimiz bor. Bu uchrashuvga ham etibor yuqori. Agar yigitlar bugungidek ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishsa g'alaba bilan qaytamiz.

Fikrlar