So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  0 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  37 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Murod Ismoilov: “Paxtakor”da qolish-qolmasligim yangi yilgacha hal bo'ladi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Paxtakor”da qolish-qolmasligim yangi yilgacha hal bo'ladi”

Murabbiy bo'lish juda og'ir kasb. Buni faqat ushbu sohada ishlayotganlargina bilishadi.
G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat murabbiyniki deb bejizga aytishmagan. “Paxtakor” bosh murabbiyi Murod Ismoilov uchun bu yil og'ir bo'ldi. Sababi uning shogirdlari ko'zlangan vazifani bajara olishmadi. O'tgan yili chempion bo'lishganida hamma jamoaga shu qatorda Ismoilovga ham iliq fikrlar bildirishgan. Ushbu mavsumda esa sovrinsiz qolib ketishgach Murod Ismoilovga jiddiy tanqidlar aytildi. Hozirgi paytda u malakasini yanada oshirish uchun tashkil etilgan Pro licenziyasi uchun kursda tahsil olyapti. U bilan uyushtirgan suhbatimiz ochiq-oydin ko'rinishida kechdi.

- Toshkentda murabbiylar uchun tashkil qilingan Pro licenziyasining kurslarida o'qimoqdamiz. Bu boradagi ishtiyoqqa o'zingiz sababchi bo'ldingizmi yoki klubmi?

- U erda o'qishni o'zim xohladim. Xorijdan mutaxassislar kelib bilimlari bilan o'rtoqlashadilar, shuning uchun har qanday murabbiy uchun bunday kurslar foydadan holi bo'lmaydi. SHu kungacha olgan bilimlarimdan to'xtab qolmasdan qiyin bo'lsada, Pro uchun o'qishga kirishdim.

- Bu orqali bilimingizni yanada oshirmoqchisiz-da!
- Albatta. Xitoyga borib bo'lsa ham ilm o'rganinglar deb bejizga aytilmagan. Xudoga shukurki, yurtimizda mana shunday kurslarning tashkillashtirilayotgani barchamizning yutug'imizdir. Oldimizda bo'layotgan bunday imkoniyatdan foydalanmasak bo'lmasdi. U erda yanada yangi bilimlarni o'rganib uni hayotga tadbiq qilishga harakat qilaman.

- Pro licenziyasiga o'qish o'z-o'zidan bo'lmaydi. Uning badal puli 22 millionni tashkil etadi. Moddiy tomondan ushbu masalaga qanday echim topdingiz?

- To'g'risini aytsam, qo'limda bor bo'lgan barcha pulni va tanish-bilishlarimning yordami bilan yarmini to'ladim. Nasib qilsa qolganini ham bir amallab to'lab olaman. Xullas o'z bilimim uchun shaxsiy mablag'imga o'qiyapman.

- Sir bo'lmasa, qancha mablag' o'tkazdingiz?
- 8,5 million to'ladim.

- Ayni paytda ishsiz qolgan murabbiy emas balki, “Paxtakor” bosh murabbiyisiz. SHunday ekan nega klub sizni qo'llab-quvvatlamadi?
- Menimcha hozircha jamoaning bunga imkoniyati bo'lmasa kerak. Lekin meni fikrim sal boshqacharoq. Murabbiy har doim yollanma ishchi hisoblanadi. Umuman, murabbiyda imkoniyat bo'lsa o'qib olgani yaxshi. Sizga rostini aytsam, jamoa rahbariyatiga ushbu o'qish uchun mablag' o'tkazib berishlari haqida bir marta aytdim, undan keyin ortiq bu haqida gap ochmadim. Sababi, klubning hozirgi holatini yaxshi bilgan holda bu mavzuga qaytmaslikka qaror qildim. Qolaversa, “Paxtakor”dan Pro licenziyasi uchun mendan tashqari yana bir ikkita murabbiylar ham talim olmoqdalar. Hamma uchun mablag' to'lash bu qiyin masala.

-  Baribir jamoada o'z o'rningiz va mehnatlaringiz bor. SHu bois qadringizga achinmayapsizmi?

- Achinish bor. Lekin “Paxtakor” meni tanilishimda, o'z o'rnimga ega bo'lishimda katta ahamiyatga ega. SHu sababli ushbu jamoani hurmat qilaman. Futbolchilik faoliyatimni “Neftchi”da tugatgan bo'lsamda, ular menga ish taklif qilishmagan. “Andijon”da malum vaqt faoliyat ko'rsatganman. O'sha paytda “Paxtakor” menga o'z imkoniyatlarimni ko'rsatib berish uchun katta sharoit yaratib bergan. SHuni hurmatidan men klubga hech qanday etiroz bildira olmayman. Lekin biz doimo professional bo'lishimiz lozim. Men birovning bo'yniga osilib olishni yomon ko'raman. Kimnidir orqasidan o'z ishlarimni hal qilish odatim yo'q. 

- O'tgan yili “Paxtakor” qiyin ahvolda qolganida bosh murabbiylik lavozimini egallab yakunda chempionlikni nishonladinglar. O'shanda xamma sizni “osmonga” olib chiqdi. Bu yil esa 4-o'rinni egallab sovrindorsiz qolib ketdinglar. Tabiiyki, sizga tanqid toshlari otildi.

- Bunaqa holat futbolning ajralmas qismi deb o'ylayman. Murabbiy hamma vaqt mana shunaqangi vaziyatlarga tayyor turishi kerak. CHindan ham o'tgan yili chempion bo'lganimiz sababli siz aytgandek hammadan iliq gaplarni eshitdik. Bu yil esa aksincha bo'ldi. Biroq o'tgan yilgidan ko'ra ushbu mavsum men uchun qadrliroq o'tdi. Qo'l ostimizdagi yigitlar bilan katta o'sishga erishdik. CHempionat davomida o'ta qiyin ahvollarda qolib ketdik. Ammo buni hech kimga bilintirmasdan ikkinchi davrada yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Asosiy raqiblarimizni o'z uylarida mag'lub etishga muvaffaq bo'ldik. Aynan “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Nasaf” kabi jamoalarga qarshi uchrashuvlarda biz mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizni namoyish qildik. Afsuski, o'z maydonimizda “Olmaliq” va safarda “Buxoro” bilan kechgan o'yinlarda xatolarimiz evaziga alamli mag'lubiyatlarga uchradik. Lekin taqibchilarimizdan 12 ochko ortda qolayotganimizda ham ularga yaqinlashishga muvaffaq bo'ldik. Agarda hozirgi tarkibni 2-3 yil saqlay olsak katta yutuqlarga erishadigan jamoaga aylanadi.

- Murabbiy sifatida bildirilayotgan tanqidlarni qabul qilish va ularni “ko'tarish” qiyin kchmayaptimi?

- Mening xatoim bilan bir nima bo'lsa har qancha tanqid va haqoratlarga chidayman. Ammo xatoim bo'lmagan joylarda ham tanqidlar bo'lsa buni ko'tarish og'ir. Stadionga har xil insonlar keladi. Bazilari futbolni yaxshi tushunadi, haqiqiy ishqibozi bo'ladi. Ulardan hech qachon yomon gaplar chiqmaydi. Biroq vaqtini nimaga sarflashni bilmasdan futbolga adashib kirib qolganlar ham bor, hammaga ham insof bersin. Ular o'ylashadiki, futbolchi, murabbiylar pulni ichida, maishatni ichida hayot kechirishadi deyishadi. O'sha haqorat qilayotganlar yonimizga kelib bir kun ishimizni kuzatishsin o'shanda bilishadi qanaqaligini. Biz katta sharoitlarga, imkoniyatlarga ega emasmiz. Ustozim bitta narsani qattiq o'rgatgan, futbolni pul uchun yaxshi ko'rish kerak emas, uni chinakamiga yurakdan qadrlash lozim. Men o'ylagan narsalarimni, imkoniyatlarimi ozmi-ko'pmi ro'yobga chiqarib olyapman. Yana o'ylab qo'ygan g'oyalarim, fikrlarim ko'p. Ammo sharoit taqozosi bilan ularni yuzaga chiqara olmayapman. SHunga qaramay hammasi uchun albatta vaqti keladi. Hozir esa o'rganish jarayonidaman.

- Yangi mavsumdagi faoliyatingizn yana “Paxtakor” bilan bog'laysizmi? Bu borada aniqlik kiritib olganmisiz?

- Hozircha menga ortiqcha gap aytilgani yo'q. 20 dekabrdan to'planamiz va dekabr oxirigacha tiklanish jarayonini o'tkazamiz. 3 yanvarda yig'ilamiz ertasiga Dubayga jo'nab ketamiz. U erda ikki hafta mashg'ulotlar o'tkazib to'rtta o'yin o'tkaziladi. 17 yanvar kuni Xarkovning “Metallist” klubiga qarshi to'p surishimiz aniq. Qaytib kelganimizdan keyin yana Toshkentda shug'ullanib 7 fevraldan 21 fevralgacha Turkiyada mashg'uot olib boramiz. Qishki tayyorgarligimizni besh bosqichga bo'lganmiz. “Paxtakor”da qolish-qolmasligim yangi yilga qadar aniq bo'ladi.

- Aytmoqchimanki, yangi mavsumni boshqa klubda boshlash haqida eshitgandek bo'lgandim.
- Boshqa jamoa haqida hali hech qanday gap-so'z bo'lgani yo'q. Faqat O'zbekiston olimpiya terma jamoasida SHuhrat Maqsudovga yordam beraman. O'zimga boshqa klublardan murojaat bo'lgani yo'q.

- “Paxtakor” shonli tarixiga ega bo'lgan jamoa. Uni boshqarish har qanday murabbiyga qiyin bo'ladi. CHunki “Paxtakor”dek klubga ustozlik qilish murabbiy katta bosim yuklaydi. U erda ishlab ana shunday “og'irliklarga” qanday dosh beryapsiz?
- Faqat izlanish bilan o'tkazyapman. Agar to'xtab qolsam yoki o'sha haqida o'ylaydigan bo'lsam albatta ruhiy tomondan og'ir bo'ladi. “Paxtakor”da hamma ham o'ynayvermaydi, hamma ham ishlayvermaydi. Bu erda kimlar to'p surmagan deysiz. Boshqa jamoalarda etakchilik qilib bu erga kelsa o'sha o'yinchi darhol o'z o'yinini topib keta olmaydi. CHunki “Paxtakor”ning salobati har qanday odamni bosadi. Futbolni yaxshi ko'rishim shu narsalarga chidab kelishimga sabab bo'lyapti.

- Olimpiya terma jamoasida ishlashingizni qanday qabul qildingiz?
- Bu yangi bosqich deb o'ylayman. Har bir murabbiyga mana shunday imkoniyat berilsa buni faxr bilan qabul qilish kerak. Men uchun olimpiya terma jamoasi murabbiylik sohamda yangi davrni boshlab beradi. Bu erda kim bosh kim yordamchi murabbiy bo'lishida emas. Muhimi, bir jamoa sifatida g'alabalarga erishishimiz kerak. Muxlislarimiz anchadan beri katta muvaffaqiyatlarga erishishimizni sog'inib qolishgan. SHuningdek, terma jamoada ishlab ko'p narsalarni o'rganishga harakat qilaman.

- Olimpiya terma jamoasiga sizni bosh murabbiylikka taklif qilishlarini kutganmidingiz?
- Bosh murabbiylikka nomzodlar qatorida borligimni tashqaridan eshitgandim. Lekin aynan bosh murabbiy bo'laman deb bunga intilganim yo'q. Hozir aytganimdek, bosh yoki yordamchi murabbiy bo'lib ishlashning farqi yo'q. CHunki maqsadimiz bitta – xalqimiz sog'inib qolgan g'alabalarga erishib ularning ko'nglini ko'tarishdan iborat. Bundan avval yoshlar terma jamoasida mehnat qilganman. U erda qanaqa ishlarni bajarganimni ko'rgan bilganlar bilishadi. Ammo men uni eslayotganim yo'q. SHunday bo'lsada, eslashi kerak bo'lgan odamlar bor edi. Lekin bundan xafa emasman. Ustozim aytardiki, sen qilishing kerak bo'lgan ishni alo darajada qilgin, xukmini yaratganga qo'yib qo'ygin derdi. Mening ish principip shunaqa. Kecha ko'chada tursam bitta haydovchi kelib yonimga to'xtab manzilimga olib borib qo'yaman dedi, keyin bilsam u meni tanib to'xtagan ekan. Mashinaga chiqqanimdan so'ng “ hamma futbolchi-yu, murabbiylarning mashinasi bor, nega sizda yo'q” deb savol berdi. Men esa mashinam yo'qligi esimda ham yo'q, shuncha payt futbol bilan yurib ovora bo'lib qolibman deb javob berdim.

- O'sha gapdan keyin mashina xarid qilish istagingiz tug'ildimi?
- (kuladi) Nasib qilsa olarmiz. Ammo bu men uchun asosiy maqsad emas. Hashamatli uy-joyga ega bo'lish, mashinalar haydash yoki katta pul topish asosiy vazifamga kirmaydi. Maqsadim o'zbekistonlik futbolchilardan kim bo'lishidan qatiy nazar “Real, “Barselona”, “Milan” yoki “Bavariya” kabi nomdor klublarning birida hamyurtimiz to'p sursa deyman. SHuningdek, yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz jahon chempionatlariga chiqishyapti. Milliy terma jamoamizni ham jahon chempionatida va olimpiya terma jamoamizni olimpiadada ko'rish maqsadimga aylangan. Bulardan tashqari men ishlaydigan jamoa qaysi bo'lishidan qatiy nazar Osiyo chempionlar Ligasini yutish orzuim. Murabbiy sifatida mana uchta maqsadim bor. CHunki bular tarixda qoladi va xalqimizni tub-tubida qoladigan orzulardir.  

SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика