So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Murod Ismoilov: “O'ylaymanki bugun munosib ravishda g'alaba qozondik” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “O'ylaymanki bugun munosib ravishda g'alaba qozondik”

“Neftchi” – “Navbahor” uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida farg'onaliklar ustozi Murod Ismoilov qatnashdi.
-Bu jamoalar o'rtasidagi bahs har doim mana shunday jiddiy kurashlarga boy bo'ladi. Bugungi o'yin ham bundan mustasno emas. O'yinga tayyorlanish chog'ida raqibni ko'p jihatlariga etibor qaratgandik – deya gap boshladi Murod Muzaffarovich.

- OTJdagi o'yinchilarimiz safardan qaytib kelishgandi. Bugun ularning ham xizmatidan foydalandik. Oldindan o'ylagan rejamiz bugun ish berdi deb hisoblayman. Zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o'yinni kuchaytira oldi va g'alabaga munosib hissa qo'shdi. “Navbahor” jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Qolaversa bugungi o'yinda bizni stadionga kelib qo'llab-quvvatlagan ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi o'yinlarda ham mana shunday muxlislik qilib, bizni qo'llab-quvvatlashini so'rab qolaman.

- SHerzod Hakimovni biz o'yinni kuchaytirish uchun maydonga chiqardik. Lekin bunday tez o'yin bo'layotgan uchrashuvga kirishib ketish har bir futbolchiga qiyin. Agarda qarshi hujumlarda Hakimov qulay paslar bilan taminlanganida balki u biz kutgan rejani yanada amalga oshirib berardi. Uning mahoratiga shubha yo'q. Oldindan rejamizda bo'lgan barcha futbolchilarni maydonga tushirishga xarakat qildik.

- Klubda har bir futbolchining o'z o'rni bor. SHu jumladan olimpiya terma jamoasiga nomzod o'yinchilarimizni ham. Albatta ularning foydasi katta bo'ladi. Bizning ishimiz ularning kuchidan oqilona foydalanishdir. Biz shuni to'g'ri amalga oshira olsak, natija ham ijobiy bo'ladi.

- Maydon xolati hali to'liq tayyor bo'lmagani bois kombinacion o'yin namoyish etish qiyin edi. Lekin shunga qaramay yigitlar baribir ayrim xolatlarda qandaydir bog'liqlik va qandaydir kombinaciyalar chiqarishga xarakat qilishdi. Buning uchun ularga katta rahmat.

- G'alabamiz tasodif emas. Bizda ko'proq imkoniyat bo'ldi. Navbahor yaxshi shakllangan, kuchli jamoa. Bugun ularni ikkita hujumchi bilan o'ynashini kutmagandik. SHunga qaramay himoyachilarimiz yaxshi o'ynashdi. O'ylaymanki bugun munosib ravishda g'alaba qozondik.
- Otabek Haydarovni ikkinchi hujumchi sifatida maydonga tushirdik. Lekin u gol urayotganida uzoqroqdan zarba berdi. O'yinning xolati shuni taqozo etdi. Qolaversa unga ko'proq oldinga xarakat qilishini uqtirgandik. Gol bo'lgan vaziyatda sezgi ustunlik qildi.

- Nima uchun Qo'qondagi stadionda o'ynaganimiz haqida men biron narsa deya olmayman. Bu savol menga emas. Lekin baribir o'yin sifatimizga bu narsa xalaqit berdi. Quvonarlisi esa ikkinchi bor “Navbahor” bilan Qo'qonda o'ynab, g'alaba qozondik. Bundan juda xursandmiz – deydi Ismoilov.


Islombek Rustambekov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика