Murod Ismoilov: "Metallurg" haqli g'alabaga erishdi"
30 apr 2016 19:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204265_original.jpg)
![](/upload/storage/204265_220.jpg)
Murod Ismoilov: "Metallurg" haqli g'alabaga erishdi"
"Metallurg" - "Qo'qon-1912" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun raqibimiz haqli ravishda 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Hisobni ochib tashabbusga erishayotgandik, biroq bizga etishmayotgan barqarorlik pand berib qo'ydi. SHu bois tezda javob to'pini qo'yib yubordik. Ikkinchi bo'limdagi ketma-ket ikkita gol rejalarimizni buzib yubordi. Otaqo'ziev va Alimovni maydonga tushirdim, afsuski ular o'yinga yaxshi qo'shilib keta olishmadi. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ruhiy tomonlama yigitlarga dalda bo'lish lozim", - deydi Murod Ismoilov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar