So’nggi yangiliklar

22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  0 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  0 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  7 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  12 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  1 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  6 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  26 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  58

Murod Ismoilov: "Ketma-ket mag'lubiyatlar baribir futbolchilarga o'z tasirini o'tkazyapti" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Ketma-ket mag'lubiyatlar baribir futbolchilarga o'z tasirini o'tkazyapti"

"Neftchi" - "Olmaliq" bahsidan so'ng mezbonlar katta murabbiy Murod Ismoilov jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Olmaliq" -  yaxshi jamoa. Bugun ular bizda yaxshi taassurot qoldirishdi. Olmaliqliklar himoya chizig'ida tartibli o'yin namoyish etishdi. Standartlarga ham ko'p urg'u berishdi. Aynan yon chiziqdan to'p tashlab berilgan vaziyatda bizning darvozamizni ishg'ol etishdi. Bevosita o'zimizning o'yinimiz haqida gapiradigan bo'lsam, bugun yigitlar to'pni nazorat qilish borasida raqibdan ustunlikka erishishdi. Darvozalarga berilgan zarbalar borasida ham shunday fikr bildirib o'tish mumkin. Mazkur o'yinda ko'proq hujumga etibor qildik. Lekin jismoniy tarafdan "Olmaliq" futbolchilari o'z ustunliklarini ko'rsatishdi. Ijobiy tomoni, yigitlar mag'lubiyat bilan yakunlanayotgan o'yin natijasini o'zgartirishga erishishdi. Afsuski, g'alaba qozona olmadik. Endi navbatdagi bahslarga etibor qaratamiz.

Ketma-ket mag'lubiyatlar baribir futbolchilarga o'z tasirini o'tkazyapti. Ruhiy tarafdan ularga dalda berishga harakat qilyapmiz. Biroq ko'p narsa ularning o'zlariga bog'liq. Biz yaxshi saviyadagi futbolchilarni yiqqanmiz. Men ularni mahoratiga shubha qilmayman. Ayni paytdagi eng muhim vazifamiz futbolchilarni o'zlariga bo'lgan ishonchini qaytarishdir, - dedi Murod Ismoilov


"Neftchi" matbuot xizmati
Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика