So’nggi yangiliklar

00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Дарвозабоннинг ПСЖ билан шартномаси 2026 йилда тугайди, футболчи КЖЧ битимни узайтириш борасида қарор қабул қилади  0 23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  17 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  15 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2

Murod Ismoilov: "Ikki mag'lubiyatdan so'ng ortga yo'l yo'q edi" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Ikki mag'lubiyatdan so'ng ortga yo'l yo'q edi"

"Neftchi" bosh murabbiyi Murod Ismoilov "Andijon" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi uchrashuvlardan keyin jamoamizda ozgina tushkun kayfiyat mavjud edi. "Andijon"ga qarshi bahsga juda puxta tayyorgarlik ko'rdik. "Andijon" jamoasi ham avvalgi mag'lubiyatdan keyin derbiga yaxshi tayyorgarlik ko'rganliklari aniq edi. O'yindan avval yo'qotishlarga ega edik.

Baxtiyor Yoqubov, Javohir Rasulov va SHukurali Po'latovlar bugun maydonga tusha olmadilar. Xudoga shukr, bugun jamoamizning tajribali (faxriy) o'yinchilari judayam chiroyli o'yin namoyish etishdi. Ularning hali aytadigan so'zlari bor edi va biz ulardan kerakli paytda foydalanishga erishmoqdamiz.

"Andijon" ham bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Keyingi o'yinlarda "Andijon" jamoasiga omadlar tilayman. Biz ham to'xtab qolish niyatimiz yo'q. Keyingi "Olmaliq"qa qarshi bahs uchun tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. 

Aytib o'tganimdek, avvalgi ikki mag'lubiyatdan keyin orqaga yo'l yo'q edi. SHogirdlarim ham masuliyatni his qilib turgan edilar. Avvalgi mag'lubiyatlar uchun rahbariyatimiz va muxlislarimiz oldida judayam xijolatda edik. Bugungi g'alabada etakchi o'yinchilarimiz Mansur Saidov va Akmal Xolmatovlar asosiy rolni o'ynadilar deb bemalol aytaveraman. Uchrashuv boshidan jarohatidan endigina forig' bo'layotgan Ro'zimboy Ahmedov va SHerzod Hakimovlarni tushirdim. Bu o'ylagan qarorlarimiz bugun o'zini 100% oqladi deb o'ylayman. Juda havas qildimki, "Andijon" muxlislari jamoasi yutqazayotgan bo'lsalar ham qo'llab-quvvatlashdan to'xtamadilar. Bu ishni hamma joyda ham qila olishmaydi. "Andijon" muxlislariga va bizni qo'llab-quvvatlagan sodiq muxlislarimizga kattakon rahmat. 

Bizning asosiy maqsadimiz, har bir o'yinda muxlislarimizni xursand qilish. Muxlis o'yinni ko'rish uchun 2-3 soat vaqtini ajratadi. SHu vaqt davomida biz ularga bir olam quvonch baxsh eta olishimiz kerak. Bugungi chiroyli o'yinimiz orqali muxlislarimizni xursand qildik deb o'ylayman.

Inson bajara oladigan narsasinigina vada berishi kerak. Aqli etgan inson vada berishi kerak. Vada berdimi uni bajarishi shart! Avvalgi yili jamoamiz 9-o'rinni egallagan edi. O'tgan yili "Futbol SHarhi" ko'rsatuvida vada berib qo'yib bir yil davomida qiynaldim. 8-o'rinni egallashimiz oxirgi turlargacha aniq emasdi. Erkak kishi gapiga javob berishi kerak. Har bir o'yinda muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishga vada beraman.


Komiljon Ikromov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика