So’nggi yangiliklar

20:35U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:2 (матнли трансляция)  54 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  0 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

Murod Ismoilov: "Hokim kubogi" turniri qizg'in kechmoqda" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Hokim kubogi" turniri qizg'in kechmoqda"

Kuni kecha “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Murod Ismoilov Farg'onadagi “Ruxsor” FM radiosiga “Hokim kubogi-2016” turniri borasida intervyu berdi.

- “Hokim kubogi” turniri azaldan katta qiziqishlarga sabab bo'lib kelgan, - deb gap boshladi Murod Muzaffarovich.  Biroq aytish kerakki, so'nggi yillarda turnirning saviyasi biroz tushgandi. 2016-yilga kelib musobaqa tashkilotchilari birinchi o'rinda “Hokim kubogi”ning saviyasini oshirish borasida keng ko'lamdagi ishlarni olib borishdi va bu o'z samarasini bermoqda. Joriy yildagi turnirda Oliy liganing bir qator kuchli klublari o'zlarining asosiy tarkiblari bilan ishtirok etishmoqda. Biz ham PFL kubogidan ko'ra, “Hokim kubogi”da ishtirok etishni afzal bildik. Men musobaqa tashkilotchilaridan keyingi yillari turnirni yanada keng ko'lamda o'tkazishlarini, ko'proq Oliy liganing kuchli klublarini Farg'onaga taklif qilishlarini so'ragan bo'lardim. Farg'ona shahrida bir-biridan zamonaviy mehmonxonalar faoliyat ko'rsatib turibdi. Barcha sharoitlar bor. Toshkentda yoki xorij mamlakatlaridagi 10-15 kunlik yig'inlarni mana shu Farg'onada o'tkazib, “Hokim kubogi”da ishtirok etishsa musobaqaning saviyasida yanada oshardi. Bu mening shaxsiy fikrim. Bilasizmi, xar yili “Hokim kubogi” o'yinlari paytida ob-havo biroz noqulay kelar edi. O'yinlar asosan qor bosgan maydonlarda o'tardi. Quvonarli tomoni, bu yili futbol o'ynash uchun ajoyib quyoshli ob-havo bo'lmoqda va o'yinchilar ham rohatlanib maydonda to'p tepishyapti. SHuningdek, o'yindan-o'yinga muxlislarning stadionga tashrifi ortayotgani meni quvontirmoqda. Musobaqa tashkilotchilariga katta rahmat.


- “Hokim kubogi-2016”ning final bosqichiga yo'l olish uchun qaysi jamoaning imkoniyatlari ko'proq deb hisoblaysiz ?

- Hamma jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholayman. “Qo'qon-1912” “Andijon”, “Qizilqum” va albatta “Neftchi” jamoasida finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor. Qo'qon jamoasi PFL kubogida ham ishtirok etsa bo'lardi. Lekin biz “Hokim kubogi”ni tanladik. CHunki turnirdagi o'yinlarning ko'pligi, uchrashuvlarning zich joylashuvi biz uchun juda qulay bo'ldi.

- “Neftchi” jamoasining shu darajaga etishishida sizning xissangiz katta. Jamoaning o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?

Albatta. “Neftchi” xar doim yuqori natijalarga erishib kelgan jamoadir. Faqat so'nggi yillardagi muvaffaqiyatlarda biroz xissamiz qo'shildi xolos deb o'ylayman. Xa, “Neftchi”ning o'yinlarini kuzatib boryapman. “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi o'yinni ham ko'rdim. Yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi.  Ayniqsa “Neftchi” yoshlari jamoasi ham yaxshi shakllanmoqda. Baxrom Haydarov o'z shogirdlari bilan samarali ishlayotgani bilinib turibdi.  “Neftchi” yoshlari Qo'qon jamoasining asosiy tarkibiga qarshi bahsda ham jiddiy qarshilik ko'rsatishdi.



 - Balki kunlar kelib “Neftchi”ga  yana qaytasizmi ?

- Nasib qilsa, yana “Neftchi”ga qaytaman. Mana qarang, xozir ham suhbatga “Neftchi” libosida keldim. Niyatim, “Qo'qon-1912”da ham o'z bilimlarimni ishga solib Qo'qon futbolining rivojiga o'z xissamni qo'shishdir. Agar vaziyat shuni taqozo etsa, xar doim “Neftchi”ga kelib mehnat qilishga va Farg'ona futboli istiqboli yo'lida mehnat qilishga tayyorman.

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- Muxlislarga doim sog'liq tilayman. Oilalari tinch bo'lsin. Xar doim stadionlarni to'ldirib bir-biridan qiziqarli o'yinlarni tomosha qilishlarini tilab qolaman. Muxlislar xamisha o'z sevimli jamoalarining o'yinlariga kelib, futbolchilarni yuksak darajada qo'llashlarini so'rab qolaman.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика