Murod Ismoilov: “Bugungi o'yinda g'alaba suv va havodek zarur edi”

Narzulla Saydullayev
17 okt 2014, 19:00
“Dinamo” – “Neftchi” (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bugungi o'yinda har ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. O'yin sifatidan qoniqdim bizga bugungi o'yinda g'alaba suv va havodek zarur edi, afsus ko'zlagan maqsadimizga erisha olmadik”,  - deb gap boshladi Ismoilov.

-   Jamoa keyingi o'yinlarni “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi...
- Bu o'yinlar o'ziga yarasha qiziq bo'ladi. Biz uchun katta sinov vazifasini ham o'tab beradi. Har qanday jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi. Buning uchun jamoaga sal bo'lsada omad ham kerak bo'ladi. Bizning jamoada himoya chizig'i yaxshi ekanligi tufayli biz boshqa jamolarga qaraganda kamroq gol o'tkazib yuborganmiz. Biz endi bor e'tiborimizni keyingi o'yinlarga qaratamiz. O'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijalrni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. 

Damir Kabilov yozib oldi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia