So’nggi yangiliklar

21:50"Манчестер Сити" — "Солфорд Сити". Таркиблар маълум!  1 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  2 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  9 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  26 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  1 19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  2 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   4 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  9 17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  4 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  3 17:29Абдуллоҳ Омоналиев "Сўғдиёна"га қайтди  2 17:08Анчелотти: "Реал ТВ"нинг фикр билдиришга ҳаққи бор"  7 16:12Пеп Гвардиола: "Манчестер Сити" трансферлари ҳақида фикр билдирмайман"  45 16:03Асадбек Раҳимжонов "Бунёдкор"га қайтди  1

Murod Ismoilov: “Bugun o'ylagan rejamiz amalga oshdi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Bugun o'ylagan rejamiz amalga oshdi”

“Neftchi” – “Navbahor” (1:0) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Murod Ismoilov jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Hammamiz bilamiz, “Navbahor” jamoasi bugunga kelib juda yaxshi shakllangan – deya gap boshladi Murod Muzaffarovich. - Oxirgi paytlarda mazmunli va chiroyli o'yin ko'rsatmoqda. SHu bois bu jamoaga qarshi tayyorgarlik ko'rish jarayonida bu narsa tashvish tug'dirishi ayon edi. SHunga monand biz mashg'ulotlarda astoydil ishlab, harakat qildik. Bugungi uchrashuvda o'ylaymanki muxlislar yutdi. CHunki birinchi bo'limda ozgina himoyadan o'ynashimizga qaramasdan ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz stadionga kelgan barcha muxlis va mutaxassislarga yoqdi. O'yining birinchi bo'limida “Navbahor” juda ko'p hujumlar uyushtirdi. SHunga qaramay avvaldan ishlab chiqilgan rejamiz asosida o'yin yuritdik.  Maydon va ob-havoni hisobga olgan xolda, shunga yarasha reja tuzib qo'ygandik. Yaratganga shukur buni amalga oshira oldik. 

- Stadionga kelgan barcha ishqibozlarni, Namangandanmi Farg'onadanmi yoki qo'qonlik muxlis bo'ladimi ularning barchasiga minnatdorchilik bildirib qolaman. Ayniqsa bugun qo'qonlik muxlislar bizni juda yaxshi qo'llab-quvvatlab turishdi. Sobiq futbolchisi sifatida shuni aytishim mumkinki, bunday muhitda futbol o'ynash doimo maroqli. Mukofot puli har qancha ko'p bo'lmasin, baribir bo'm-bo'sh tribunali stadionlarda futbol o'ynashdan ko'ra, minglab muxlislar qarshisida futbol o'ynashning gashti boshqacha. Bugun har ikkala jamoa futbolchilarida shunday ishtiyoq ko'zga tashlandiki, stadionga tashrif buyurgan muxlislarni o'z uyiga xursandchilik bilan qaytishini taminlash yo'lida o'ynashdi. Bugun bizga omad kulib boqdi. Muhim g'alabaga erishdik. Jamoamizsha befarq bo'lmagan kishilarni tabriklayman. “Navbahor” jamoasiga esa keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman. 

- Birinchi bo'limda esib turgan shamolga qarshi o'ynash ham extiyotkorlikni oshirishni talab etardi. Reja bo'yicha ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridan boshlab Smolyachenko bilan Hakimovni maydonga tushirib, shu tariqa o'yinni yanada kuchaytirish edi. Ko'rdinglar bu almashtirishlar o'zini oqladi. Qolaversa baxtimizga raqib jamoa imkoniyatlardan unumli foydalan olmadi. Umuman olganda bugun yigitlar berilgan ko'rsatmalarni to'liq badarishdi. Muhimi kerakli natijani qo'lga qiritdik. 

- SHaroitdan kelib chiqib bugungi o'yinni Qo'qonda o'tkazdik. Rahbariyat jamoani o'yinga tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Uchrashuvdan bir kun oldin Qo'qon shahridagi mehmonxonaga kelib joylashdik va kecha ushbu stadionda o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdik. Buning bitta noqulaylik tomoni shunda bo'ldiki, farg'onalik muxlislarning Qo'qonga kelib ketishida muammo tug'dirgan bo'lsa kerak.

- O'yin davomida hissiyotlarga berilib, ayrmi vaziyatlarni nazardan chetda qoldirgan bo'lishimiz mumkin. Lekin mutaxassislarning o'zi jamoamiz o'yinida o'sish ko'zga tashlanayotganini aytgan bo'lsa, albatta bundan xursandmiz. Bu yo'lda doimo ishlashda davom etamiz. Bilasizmi bugungi rejamiz amalga oshmasdan qolishi ham mumkin edi. Agarda “Navbahor” birinchi bo'limdagi vaziyatlardan unumli foydalanganida, hammasi o'zgarib ketishi ham hech gap emasdi. Yaratganga shukurki, biz o'ylagan reja amalga oshib, maqsadimizga erishdik. Ikkinchi bo'limni oladigan bo'lsak, “Neftchi” haqiqiy o'z nomiga mos ravishda o'ynadi.

- Jamoamizda ijobiy tomonga o'zgarishlar kuzatilmoqda. Ichki muhit yaxshilanib bormoqda. Futbolchilarda o'sish ko'zga tashlanmoqda. Rahbariyat tomonidan ham etibor yaxshi. Elkama-elka turib bizni qo'llab-quvvatlamoqda. Moddiy jihatdan ham muammo yo'q. 

- Davralar oralig'ida tarkibimizga yangi kelib qo'shilgan o'yinchilar asta-sekin o'yinimizga moslashib bormoqda. Ularning har birida har xil xolat. Qaysidir futbolchi qisqa fursat ichida kirishib ketgan bo'lsa, yana kimdir endi-endi moslashib bormoqda. 

- Akmal Xolmatov bu Xolmatovdir. O'z mehnati bilan nom qozongan futbolchi. Uning mashg'ulotlardagi mehnatsevarligi va tirishqoqligiga hech qanday shubha yo'q. Xolmatov bilan jamoamizga qaytishidan oldin gaplashganimizda, u bizga imkoniyat darajasida, qo'ldan kelganicha yordam berishini aytgandi. Uning xizmatidan oqilona foydalansak, Akmal bizga hali ko'p foyda keltiradi. Evropadan misol keltirib aytadigan bo'lsak, “Manchester Yunayted” klubining sobiq murabbiyi Ser Aleks Fergyusson futbolchilik davrining so'nggi yillarini o'tkazayotgan Pol Skoulz va Rayan Giggzni 15-20 daqiqa o'ynatib, kerakli natijaga erishgan. Yoki keyingi o'yinga tayyor bo'lishi uchun, mashg'ulotlarda dam bergan. Bunday yoshda futbolchi hamisha mashg'ulotda va o'yinda to'liq qatnasha olmaydi. Umid qilamanki, Akmal Xolmatov bizga hali ko'p asqotadi – deydi Ismoilov.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика