Murod Ismoilov: Biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz
21 mar 2015 23:34
Yangiliklar

Murod Ismoilov: Biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz
22 mart kuni bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Neftchi” uchrashuvidan oldin, jamoaning tayyorgarligi va ertangi o'yinga qanday vazifalar qo'yilganligi xaqida jamoa bosh murabbiyi M.Ismoilov va jamoa sardori A.Xolmatovda qisqa intervyu oldik.
Murod Ismoilov: "Eng avvalo, jamoamiz rahbariyati, murabbiylar va futbolchilari nomidan butun Farg'ona futbol muxlislarini xalqimizning yangilanish bayrami – “Navro'z” bilan tabriklab, ularga barcha orzu-havaslari ijobat bo'lishiga tilakdoshman.
- “Lokomotiv” hozirgacha o'z maydonida “Neftchi” bilan 10ta uchrashuv o'tkazib, undan 7tasida g'alaba qozongan. 22 martda bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik xususida gapirib bersangiz.
Murod Ismoilov: - Biz har bir o'yinga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Jamoalarni hammasini birdek ko'ramiz va tayyorgarlik ham shunga munosib bo'ladi. Jamoa uchrashuvga tayyor, yigitlarni o'yinga alohida yo'naltirish shart emas. Futbolchilar yuqori saviyada o'ynashga shay bo'lib turishibdi. “Lokomotiv” har qanday holatda ham yuqori saviyada o'yinashga qodir, kuchli jamoa. Malumki, “Neftchi” chempionatimizda yoshlarga asoslangan jamoalarda biri. Hozirda 5ta asosiy futbolchimiz Olimpiya terma jamoasi ixtiyorida va biz 1-turda bo'lganiday, hozir ham optimal tarkibda maydonga tusha olmayapmiz. Lekin shunga qaramay, “Lokomotiv” bilan bo'ladigan uchrashuvda barcha mahoratimizni ishga solamiz va yaxshi natija ko'rsatish uchun xarakat qilamiz.
-Akmal siz yaqingacha “Lokomotiv”da asosiy o'yinchilardan biri bo'lib kelgansiz. Jamoaning shu kunlarda o'yinlari unchalik qovushmayotganday. Ertangi uchrashuv xaqida nimalar ayta olasiz?
Akmal Xolmatov – “Lokomotiv” jamosi xaqida ortiqcha gapirishni hojati yo'q. Jamoa yaqinda O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritdi. Jamoa so'ngi uchrashuvlarida natija ko'rsataolmayotgani, bu o'tkinchi hol. Qolaversa bu ularning muammosi. Men o'z jamoamiz haqida gapira olaman. Yigitlar har tomonlama uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan va ertaga maydonga faqat g'alaba uchun tushishga shay. Futbol muxlislarini ishontirib aytamanki, uchrashuv yuqori saviyada o'tadi.

Fikrlar