Murod Bobojonov nima uchun testdan o'ta olmagani malum qilindi
01 mar 2018 17:10
Yangiliklar
Murod Bobojonov nima uchun testdan o'ta olmagani malum qilindi
Qishki yig'in chog'ida "Neftchi" safiga qaytgan xorazmlik hujumchi Murodbek Bobojonov "Nasaf"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Bugun matbuotda Bobojonovni normativ testlarini topshira olmaganligi haqida xabarlar berildi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati mazkur vaziyatga oydilik kiritadi: O'tgan mavsumda "Loko" safida to'p surgan Bobojonov toshkentliklarning yig'inida jarohat olgandi va salomatligi hali to'liq tiklanmasdan "Neftchi"ning Toshkentdagi yig'iniga qo'shildi. Futbolchi jamoaning nafaqat Toshkentdagi balki chempionat startiga qadar bo'lib o'tgan barcha mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etmadi. SHu sabab o'yinchi mavsumning ilk turini o'tkazib yuboradi. O'yinchida jarohat borligi uchun uning normativ testlari muvaffaqiyatli natija bermagan. Murod Bobojonov jarohatdan tiklangach normativ testlarni qaytadan topshiradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar