Murod Bobojonov “Lokomotiv” safidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi
25 jan 2017 17:55
Yangiliklar
Murod Bobojonov “Lokomotiv” safidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi
Xabaringiz bor, O'zbekiston chempioni – “Lokomotiv” yangi mavsum tayyorgarliklari doirasida ilk xorij yig'inini BAAning Dubay shahrida o'tkazdi va 22 yanvar sanasida Toshkentga qaytib keldi.
Mana 4 kunlik qisqa tatildan so'ng “temiryo'lchilar” yana jamoa qarorgohida yig'ildi va bugundan yana mashg'ulotlarga kirishildi. Bugungi mashg'ulotda terma jamoa bilan birgalikda BAA yig'inida qatnashgan futbolchilarimizdan boshqa barcha ishtirok etdi. “Loko”ga yangi kelib qo'shilgan istedodli hujumchi Murod Bobojonov ham mashg'ulot jarayonida astoydil mehnat qildi.
Mashg'ulot avvalida futbolchilar Mirko Yelichich boshchiligida engil yugurib olgach, chigalyozdi mashqlari bajarishdi. So'ng to'p bilan muomala mashg'ulotlariga o'tildi. Kunning ikkinchi qismida esa mashg'ulotlar trenajyor zalida davom ettirildi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar